Transport vositalari detallarining ishlash qobiliyatini tiklash I. B. As q arov



Yüklə 8,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/197
tarix24.10.2023
ölçüsü8,44 Mb.
#130877
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   197
TRANSPORT VOSITALARI

1.
4
-rasm. Ichki ishqalanish tushunchasiga oid sxema 
Tashqi va ichki ishqalanishlar orasida qat‘iy chegara mayjud emas. 
Hodisalarga mikroskopik masshtab nuqtayi nazaridan qaraganda sof 
tashqi ishqalanishda ham ichki ishqalanish elemenlari mavjud. 
Ishlash jarayonida ishqalanadigan yuzalarga kuchlar ta‘sir etishi 
natijasida detalning o‗lchami qisqaradi. Bu qisqarishga yeyilish deyiladi.
Ishqalanuvchi sirtlarning nisbiy siljishiga qarab tinch holdagi va 
harakatdagi ishqalanish bo‗lad. 





14 
1.5-rasm. Ishqalanish tasnifi 
Tinch holdagi ishqalanish deb ikkita jismning nisbiy siljishiga 
o‗tgunga qadar juda kichik siljishlardagi ishqalanishga aytiladi. Bunday 
turdagi ishqalanishga sirtlarning boltli birikmalari, ilashish muftasi, 
tormozlar va hokazolar kiradi. 
Harakatdagi ishqalanish deb nisbiy harakatdagi ikkita jismning 
ishqalanishiga aytiladi. Bu turdagi ishqalanishga bir-biriga nisbatan 
siljiydigan barcha sirtlarni kiritsa bo‗ladi. 
Nisbiy harakat xarakteriga qarab harakatdagi ishqalanish sirpanib 
ishqalanish va dumalab ishqalanishga ajratiladi. 
Sirpanib ishqalanish
— shunday harakatdagi ishqalanishki, bunda 
tegish nuqtasida jismlar tezligi ham kattaligi ham yo‗nalishi jihatidan 
yoki shu ikki ko‗rsatkichdan biri jihatidan farq qiladi. 
Dumalab ishqalanish
ikkita qattiq jismning harakatdagi shunday 
ishqalanish turiki, bunda ularning tegish nuqtalaridagi tezliklari ham 
kattaligi, ham yo‗nalishi jihatidan bir xil bo‗ladi (dumalash 
podshipniklari, shesternyalarning tishlashishi va boshqalar). 
Moylash materialisiz ishqalanish
ishqalanish sirtida hech 
qanday turdagi moylash materialining ishlatilmagan holatdagi ikkita 
jismning ishqalanishidir. Bunday ishqalanishda ishqalanish sirtlarida 
temperatura ko‗tariladi, plastik 

Yüklə 8,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin