Amaliyot.
Bilishning negizini amaliyot tashkil etadi. Bu insonning
butun bilish jarayoni
sezgilardan boshlab ilmiy mavhumliklarga qadar ijtimoiy-amaliy faoliyat asosida rivojlanishi,
uning ehtiyojlari va muvaffaqiyatlari bilan belgilanishi va yo‘lga solinishini anglatadi.
Amaliyotning tarkibiy qismlari: 1) maqsad; 2) maqsadga muvofiq faoliyat; 3) amaliyot
vositalari; 4) amaliy harakat ob’ekti; 5) harakat natijasi kabilar. Maqsad sub’ektga yoki odamlar
guruhiga xos. Maqsad – erishish mo‘ljallangan kelajakning sub’ektiv obrazi.
Pirovard maqsad
muqarrar tarzda muayyan predmetlarga bog‘lanadi, deb o‘ylash yaramaydi. Insonning chegara
bilmas intilishi bilan tavsiflanadigan ideal ham maqsad bo‘lishi mumkin. Maqsad haqidagi
falsafiy ta’limot – teleologiya, deb ataladi. Amaliyot o‘z maqsadlarini ko‘zlovchi
odamning
faoliyatidir. Shu sababli u maqsadga muvofiq faoliyat hisoblanadi. Bu faoliyatning o‘zi maqsad
timsoli sifatida amal qiladi. Bu erda sub’ekt muqarrar tarzda g‘ayri niyatni emas, balki kuchni
tan oladigan tabiat bilan to‘qnashadi. Inson tabiatga tabiiy kuch sifatida qarshi turadi.
Maqsadga erishish uchun ishga solinadigan hamma narsa amaliyot vositasi deb ataladi. Bu
nafaqat mashinalar, mehnat qurollari, balki odamlarning bilimlari va hayot tajribasi hamdir.
Harakat qaratilgan narsa amaliyot ob’ekti deb ataladi. Faoliyat mahsulotda to‘xtaydi, maqsad
ro‘yobga chiqadi. Ro‘yobga chiqqan maqsad maqsad emas. Imkoniyat borliqqa aylanadi; amaliy
harakat bajariladi. Amaliy harakatlar estafetasi inson amaliyoti, uning faol hayotini tashkil etadi.
Amaliyot natijasiga erishish bosqichida sub’ekt o‘z harakatlarining samaradorligini, ularga
yo‘ldosh bo‘lgan emotsional va oqilona jihatlarni baholash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Amaliyot
haqiqat mezoniga aylanadi. Amaliyot haqiqatning birdan-bir mezoni emas,
biroq u haqiqatni
baholashning bosh mezonlaridan biri sifatida tan olinadi. Inson o‘z tafakkurining haqiqiyligini,
uning butun qudratini amaliyotda isbotlab berishi lozim. Amaliyot tarkibida har xil ahamiyatga
ega bo‘lgan nisbatan mustaqil jihatlar mavjud bo‘lib ular falsafiy ta’limotlar mazmunida o‘z
aksini topadi. Kantchilar amaliyotni tahlil qilishda sub’ektning faolligidan kelib chiqadilar.
Markschilar amaliyot vositalarini birinchi o‘ringa qo‘yadi. Vaholanki,
amaliyot yaxlit hodisa
bo‘lib, bu erda hamma narsa o‘zaro bog‘langandir. Amaliyotni tarkibiy qismlarga ajratish va ular
o‘rtasida subordinatsiya o‘rnatish doim ham o‘rinli bo‘lavermaydi. Dunyodagi barcha narsalar va
hodisalar kabi amaliyot ham u yoki bu darajada rivojlangan shakllarda mavjud bo‘ladi. Nafaqat
ijtimoiy ishlab chiqarish,balki insonning har qanday faoliyati amaliyot hisoblanadi. Masalan,
individual tafakkur jarayoni ham amaliyotdir. Amaliyotda nafaqat ishchi va muhandis,
balki
siyosatchi, olim, xullas, har bir odam ishtirok etadi. Agar tabiiy jarayonlar inson faoliyati sohasi
bilan bog‘liq bo‘lmasa, ular amaliyot sohasiga kirmaydi. Nazariya va amaliyot o‘rtasidagi
tafovutni bartaraf etish lozimligi to‘g‘risida ko‘p so‘z yuritiladi, demak, nazariya amaliyotga zid
bo‘lishi mumkin.
Boshqa bir yondashuvga ko‘ra, yaxshi nazariyadan amaliyroq narsa yo‘q. Nazariya va amaliyot
o‘rtasidagi soxta tafovutni bartaraf etish emas, balki amaliyotni rivojlantirish, uning
samaradorligini oshirish muhim vazifadir. Samarali ish ko‘radigan sub’ekt
va jamiyat yaxshi
amaliyotchidir. Amaliyot shakllariga kelsak, ular inson faoliyatining tarkibiga muvofiq ancha
ko‘p. Masalan, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy hayot amaliyoti, san’at va fan amaliyoti, til
amaliyoti va hokazolar bor. Falsafa amaliyotga kategoriyalar, ya’ni
amaliyotning barcha
shakllariga xos bo‘lgan umumiy jihatlar nuqtai nazaridan yondashadi.