5-mavzu: Bilish falsafasi (Gnoseologiya) reja: 1


Mantiqiy bilish darajasi va uning shakllari



Yüklə 210,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/12
tarix25.10.2023
ölçüsü210,58 Kb.
#130943
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
5-mavzu Bilish falsafasi (Gnoseologiya) reja 1

 Mantiqiy bilish darajasi va uning shakllari.
Inson hamisha nimalar haqidadir o‘ylaydi. 
O‘ysiz holat ham, psixologlar fikriga ko‘ra, amalda hech bo‘lmasa hech narsa haqida 
o‘ylamaslikni o‘ylash holatidir. Bilishning dialektik yo‘li sezgi a’zolari orqali bilish, dalillarni 
aniqlashdan mantiqiy tafakkur sari olib boradi. Tafakkur – bu insonning narsalar muhim 
xossalari va munosabatlarini izchil, bilvosita va umumiy aks ettirishidir. Ijodiy tafakkurlash 
amaliyot, fan, texnikada yangi natijalar olishga qaratiladi. Tafakkurlash muammolar qo‘yish va 
ularni echishga qaratilgan faol jarayon. Tirishqoqlik –fikrlayotgan odamning muhim belgisi. 
Sezgidan fikrga o‘tish zamirida bilish ob’ektining ichki va tashqi mohiyatning ifodasi, ayrim va 
umumiyga bo‘linishi yotadi. Zotan, ilmiy va falsafiy bilim faqat sezgi va tasavvurlardan iborat 
emas: sezgi idroki naqadar go‘zal bo‘lmasin, mazmunan qashshoqdir – u narsaning mohiyatini 
yoritmaydi.
Tafakkur va borliqning birligi.
Tafakkur bilan borliq o‘rtasida bir-lik mav jud. Tafakkur 
va borliqning birligi zamirida mantiqiy shakllar va tafakkur qonun larini shakllantiruvchi 
ijtimoiy amaliyot yotadi. Dunyo rivojlanishining ob’ektiv umumiy qonuniyatlaridan mantiqiy 
qonuniyatlarning farqi shundaki, inson mantiqiy qonuniyatlarni ongli ravishda qo‘llashi mum- 
kin, tabiatda esa dunyoning rivojlanish qonuniyatlari o‘ziga ongsiz tarzda yo‘l ochadi.
Tafakkurning asosiy shakllari.
Tafakkur jarayonining oqilona mazmuni tarixiy 
rivojlanish jarayonida yaratilgan mantiqiy shakllar qobig‘iga o‘raladi. Tafakkur o‘zining asosiy 
shakllari tushunchalar, mulohazalar va xulosalar ko‘rinishida yuzaga kelgan, rivojlanmoqda va 
amalga oshirilmoqda.
Tushuncha
– narsalar va hodisalarning umumiy, muhim xossa va aloqalari aks etuvchi 
fikr.
Tushuncha – tafakkur, tushunish faoliyatining mahsuli. Ular nafaqat narsalar va 
hodisalarning umumiy jihatlarini aks ettiradi, balki ularni bir-biridan ajratadi, ular o‘rtasida 
mavjud farqlarga qarab ularni guruhlaydi, tasniflaydi. Bundan tashqari, biz biror narsa haqida 
tushunchaga egaekanligimizni ta’kidlar ekanmiz, bunda mazkur ob’ektning mohiyatini 
tushunishimizni nazarda tutamiz. Masalan, «inson» tushunchasi nafaqat muhim umumiy, ya’ni 
barcha odamlarga xos bo‘lgan jihatni, balki har qanday odamning boshqa har qanday narsalardan 
farqini ham aks ettiradi, mazkur odamning mohiyatini tushunish esa, umuman insonning 
mohiyati, ya’ni inson haqidagi tushunchaning mazmunini bilishni nazarda tutadi: «Inson – aql, 
so‘zlashish va mehnat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan bioijtimoiy mavjudot». Sezgi, idrok va 
tasavvurlardan farqli o‘laroq, tushunchalar ko‘rgazmalilik yoki hissiylikdan xolidir. Idrok 
daraxtlarni, tushuncha – umuman daraxtni aks ettiradi. Tushunchaning mazmunini ko‘pincha 
aniq obraz ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin emas. Inson, masalan, yaxshi odamni tasavvur 
qilishi mumkin, biroq u yaxshilik, yomonlik, go‘zallik, qonun, yorug‘lik tezligi, sabab, qiymat 
kabi tushunchalar va jarayonlarni sezgi obrazi ko‘rinishida tasavvur qila olmaydi. Har qanday 
3
Эйнштейн А. Физика в жизни моего поколения. –М.: 1963 г. с. 89 


fanning barcha tushunchalari haqida shu fikrni aytish mumkin. Ularning ob’ektiv ta’rifi 
ko‘rgazmalilik chegaralaridan tashqarida bilvosita aniqlanadi. 

Yüklə 210,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin