To‟pni olib yurish.
To‟pni olib yurish cheklangan, asosan tez yorib o‟tishda,
raqib darvozasigacha masofani tez o‟tish zarur bo‟lganida qo‟llanadi. Bu xolda
to‟pni baland sakratib tezkor olib yurish qo‟llanadi. To‟pni o‟ynashda uning bir
martta yerga tushishi uchta qadam bilan birga qo‟shib qo‟llanadi. Olib yurish
to‟pni bir qo‟llab maydonga itarish (urish) bilan bajariladi. To‟p kaftni pastga qilib
uzatiladi va pastki nuqtada sakrash chog‟ida kutib olinadi. Kaft va qo‟lning yuqori
qismi
harakatlanadi, oyoqlar bukiladi.
To‟pni otish.
To‟pni otish bukilgan yoki to‟g‟ri uzatilgan qo‟l bilan turli
dastlabki xolatlardan bajariladi: yuqoridan, yondan, pastdan, bosh orqasidan
bajariladi. Gavda azolari to‟pni ketma-ket quvib o‟tish gavda aylanishi bilan otish
harakatiga mushaklarning yirik guruhlari qo‟shilishi to‟pni otish zarur tezlik va
kuchni beradi. To‟pni otish tayanch xolatdan sakrab yiqilayotib va og‟ib boriladi.
Tayanch xolatdan to‟pni otish berish. Joyida turib yoki harakatda to‟pni qabul
qilib o‟yinchi tup ushlagan qo‟lini pastga va orqaga oladi, chap oyoqda qadam
tashlash bilan bir payitda siltashni bajaradi. Zarba gavdani egish va burish xisobiga
boshlanib qo‟l harakati bilan tugaydi. to‟pni otish qo‟l yelkasi gavda burilishi
xisobiga oldinga chiqqan bo‟ladi.
Sakrab to‟pni otish.
Harakatlanayotib o‟yinchi to‟pni va to‟pni otayotganda
qo‟l yelkasini orqaga oladi. Tepaga depsinib o‟yinchi to‟pni otish bajaradi, bunda
son va gavda faol qatnashadi.
Barcha tayyorgarlik harakatlari yugurish paytida bajariladi. Sakraganda faqat
zarba harakatlari bajariladi.
Yerga depsingan oyoq bilan tushiladi.