c) tashxislovchi metodika;
d) tashxislovchi texnika.
10. Unga asoslangan holda baholash amalga oshiriladigan belgi – bu ....
a) shkala;
b) daraja;
c) ko‘rsatkich;
d) mezon.
Foydalanish uchun adabiyotlar:
1. Ингенкамп, Карлхайнц. Педагогическая диагностика / Пер. с нем. –
М.: Педагогика, 2001. – С. 16-17.
2. Pedagogik diagnostika / Ma’ruza matnlari. Tuzuvchi: X.Raxmatova. –
Namangan: Namangan DU, 2014. – 100 b.
3. Овсянникова С.К. Педагогическая диагностика и коррекция в
воспитательном процессе / Учебно-метод.пособие. – Нижневартовск: Изд-во
Нижневарт.гуманит.унив-а, 2011. – 243 с.
4. Yo‘ldoshev J.G‘., Shirinov M.K., Ochilov F.I. Pedagogik diagnostika /
O‘quv-metod.qo‘ll. – 2014. – 96 b.
16
2-mavzu. O‘quv-tarbiya jarayonida pedagogik diagnostika
Reja:
1. “Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fanining funksiyalari.
2. Pedagogik diagnostikaning asosiy turlari.
3. Pedagogik diagnostikaning o‘ziga xos jihatlari.
Tayanch tushunchalar:
funksiya, “Pedagogik diagnostika va korreksiya”
o‘quv fanining funksiyalari, pedagogik diagnostika turlari, faoliyat, pedagogik
faoliyat, tashxislash, pedagogik faoliyatni tashxislash.
I. “Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fanining funksiyalari.
Pedagogning turli pedagogik vaziyatlarda mavjud muammolarni hech bir
qiyinchiliksiz, oqilona hal etishi uning yuqori darajada kasbiy kompetentlika ega
bo‘lishiga bog‘liq. Qolaversa, inson resurslariga bo‘lgan ehtiyoj tobora o‘sib
borayotgan hamda mehnat bozorida kuchli raqobat yuzaga kelayotgan mavjud
sharoitda pedagogning kasbiy kompetentlikka ega bo‘lishi mazkur muammoning
dolzarbligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Pedagogik tashxislash orqali pedagog faoliyatini aniqlashtirish, uni amaliy
vazifalarni hal qilishga yo‘naltirish, pedagogning kasbiy kompetentliginini
takomillashtirish
19
, o‘quvchilarning bilim hamda tarbiyalanganlik darajasini,
shuningdek, o‘quvchilar jamoasining tarbiyalovchi ta’sirini kuchaytirish mumkin.
Yu.P.Shapran
bo‘lajak biolog o‘qituvchilarning kasbiy kompetentlik darajasini
tashxislash
masalasini
bir
qator
kompetentliklar,
xususan,
qadriyatli-
yo‘naltiruvchi, tabaqalashtirilgan-psixologik, strategik, autopsixologik, tashkiliy,
metodik, axborotli-texnologik, fan, etimologik, salomatlikni asrash, innovatsion-
ijodiy, ijtimoiy-kommunikativ va shaxsiy kompetentlik asosida o‘rgangan.
O‘z mohiyatiga ko‘ra pedagogik tashxislash pedagogik jarayonni baholash
va
korreksiyalash uchun tashxis ob’ekti (pedagogning ma’lum sifati, kasbiy
malakasi, kompetensiyasi, o‘zlashtirish darajasi, tajribasi)ni belgilovchi real
ko‘rsatkich va o‘zgarish an’analari to‘g‘risidagi tezkor axborotga ega bo‘lishni
taqozo etadi.
Tashxislashda eng muhim omil muddatning belgilanishidir. Ya’ni:
tashxislanadigan har qanday holat ma’lum vaqt oralig‘idagina o‘rganiladi. Zero,
ana shu vaqt oralig‘i o‘rganilayotgan holat to‘g‘risida real, ob’ektiv ma’lumotlarni
qo‘lga kiritish imkonini beradi. Tashxislashda kuzatuv muddatlar turlicha bo‘lishi
mumkin. Masalan, 2 soat, 1 hafta, ikki hafta, 1 oy, 6 oy, 1 yil, 3 yil yoki 5 yil.
Har qanday soha, xususan, tibbiyot va psixologiyada bo‘lgani kabi
pedagogikada ham pedagogik tashxis aniq holatlar, ularning darajasini belgilovchi
mezon hamda ko‘rsatkichlarga muvofiq amalga oshiriladi. L.S.Vыgotskiy
shaxsning rivojlanishini tashxislashni quyidagi holatlar bo‘yicha amalga oshirishni
19
Шапран Ю.П. Диагностика профессиональной компетентности будущих учителей биологии
//https://sibac.info/conf/pedagog/xxii/30254.
17
maqsadga muvofiq deb topadi: empirik, etimologik va topologik jihatdan, tashxis,
bashorat hamda korreksiyalash (to‘g‘rilash) nuqtai nazaridan
20
.
“Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fani muayyan funksiyalarni
bajaradi. “Funksiya” (lot. “functio” – ijro etish, bajarish) tushunchasi nazariy
jihatdan “ish-harakat yoki faoliyat doirasi”
21
mazmunini anglatadi. O‘quv fani
quyidagi sohalarda diagnostika va korreksiyalash ishlari
22
ning amalga oshirilishini
ta’minlaydi (2-rasm):
Manbalarda “Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fanining asosiy
funksiyalari quyidagilar ekanini ko‘rsatilgan (3-rasm):
Dostları ilə paylaş: |