178
Chizmachilik
“Iqtisodiy bilim asoslari”
Jamiyatshunoslik
Matematika
Motivlar:
Predmet mazmunining qiziqarli ekanligi
Darslarning qiziqarli o‘tilishi
O‘quv predmetining amaliy ahamiyatga egaligi
O‘qituvchini hurmat qilishim
Qo‘shimcha bilimlarni egallashni xohlashim
III.
“O‘quvchining maktabdagi muvaffaqiyatlarini
aniqlash” nomli anketa (N.A.Shamova)
(o‘quv va o‘qituvchining nuqtai nazariga ko‘ra)
1. Darsdagi ishchanlik qobiliyatining darajasi: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 (kerakli
raqamni chizing).
2. Diqqatning dars vaqtidagi holati: doimo yuqori; ba’zan yuqori – ba’zan
past; tez-tez bo‘linadi; diqqatni jamlash qiyin.
3. Darslarda topshiriqlarni bajaradi: to‘la holda; xohishiga qarab, qachonki,
topshiriq qiziqarli, oson,
tushunarli, o‘ziga xos bo‘lsa va ijodiy yondashuvni
taqozo qilsa; qisman, onda-sonda.
4. O‘qituvchining tushuntirishini diqqat bilan tinglaydi.
5. Qiziqarli savollar beradi.
6. Yozma va og‘zaki matnlarda o‘ziga xos mulohazalarni bildiradi.
7. Ijodiy topshiriqlarni sidqidildan bajaradi.
8. O‘quv predmeti bo‘yicha qo‘shimcha mashg‘ulotlarga qatnashadi.
9. Predmetni tushunadi: chuqur; yuzaki; qisman; yomon.
10. Mikroguruh (sinf)dagi o‘rni: yetakchi rolini bajaradi, sustkash,
muhokamalarda faol ishtirok etadi.
11. Sidqidildan: doskada javob beradi;
ijodiy topshiriqni bajaradi; yozma
ishlarni bajaradi.
12. O‘quv predmet o‘zlashtirganman deb hisoblaydi: chuqur; yetarlicha;
qisman.
13. O‘quv predmeti bo‘yicha yuqori baholarni olishni yaxshi ko‘radi.
14. Bordi-yu, o‘qituvchi o‘quv faoliyatidan norzi bo‘lsa, u holda tashvishga
tushadi.
15. O‘quv materiallarini kerakli sur’at (zarur vaqt)da o‘zlashtira olmayapman,
shu sababli o‘qituvchining maxsus yordamiga ehtiyojim bor.
16. Topshiriqlarni bajara olaman:
istalgan murakkablikdagi; yetarlicha
murakkab bo‘lgan; o‘rtacha murakkablikdagi; oddiy masalalarni.
17. O‘quv topshiriqlarini va ularni bajarishni yoqtiraman: mustaqil; ota-
onamning yordami bilan; o‘qituvchining yordami bilan;
sinfdagi tengdoshlarim
bilan birgalikda.
179
18. Darsdagi xulq-atvori: tartibli; kamdan kam holatlarda tartibni buzadi;
o‘quvchiga o‘qituvchining “quyushqondan chiqarishi” yoqadi; o‘quvchi
boshqalarning g‘ashini keltiradigan qiliqlar qiladi; darslarda qo‘pollik qiladi.
19. O‘qituvchiga assistent, yordamchi sifatida ko‘maklashadi.
20. Turli hayotiy va muammoli masalalar bo‘yicha o‘qituvchi bilan
maslahatlashishni yoqtiradi.
Shunday qilib, pedagogik diagnostikaning muhim tarkibiy elementi,
tashxislash natijasida aniqlangan salbiy holatlarni
bartaraf etishning natijasi
korreksiyalash (pedagogik tuzatish) sanaladi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida
ko‘p kuzatiladigan salbiy hodisalar fanlarni o‘zlashtira olmaslik hamda xulqiy
me’yordan og‘ish sanaladi. Pedagogik tashxislash natijalariga ko‘ra tashkil
etiladigan korreksiyalash (pedagogik tuzatish) fanlarni o‘zlashtira olmaslik hamda
xulqiy me’yordan og‘ish kabi salbiy holatlarni to‘liq yoki qisman bartaraf qilish
imkonini yaratadi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kuzatiladigan fanlarni o‘zlashtira olmaslik
o‘quvchining o‘qish,
hisoblash, tahlil qilish va sintezlash qobiliyatining pastligi,
mantiqiy fikrlash olmaslik, fikrni og‘zaki hamda yozma bayon qila olmaslik
kabilar bilan izohlanadi. Fanlarni o‘zlashtira olmaslik bir qator pedagogik,
ijtitmoiy, psixologik va biologik sabablarga ko‘ra yuzaga keladi.
Korreksiyalash
(pedagogik tuzatish)da fanlarni o‘zlashtira olmaslikni keltirib chiqaruvchi
sabablarni o‘rganish, uning darajasini tashxislash muhim ahamiyatga ega.
Maqsaddan kelib chiqqan holda o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtira olmasligini
korreksion faoliyat bir necha bosqich (pedagogik tashxislash, pedagogik
konsilium,
tibbiy tekshirish va tahlil, ota-onalar uchun psixologik-pedagogik
maslahat, korreksion-rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar, pedagogik refleksiya,
pedagogik strategiya)da amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: