183
3-topshiriq.
N.S.Luskanovaning “Ustuvor bo‘lgan o‘quv
motivlarini
aniqlash” anketasi yordamida 4 nafar o‘quvchining o‘quv
predmetlari asoslarini
o‘zlashtirishga bo‘lgan munosabatini aniqlang.
“Ustuvor bo‘lgan o‘quv motivlarini aniqlash”
nomli anketai (N.S.Luskanova)
Hurmatli, o‘quvchi! Ma’lum o‘quv fanlarini o‘zlashtira
olmaslikni bartaraf
qilish bo‘yicha ishlash uchun o‘qituvchi sening anglangan motivlarini ko‘proq va
nomma-nom bilishi zarur.
Shu sababli, iltimos, ko‘rsatilgan motivning to‘g‘risiga
ko‘rsatilgan ballni qo‘y!
1. O‘quvchi yaxshi o‘qishi kerakligini tushunaman.
2. Maktabni bitirishni va o‘qishni davom ettirishni xohlayman.
3. Bilim mening istiqbolim uchun zarurligini tushunaman.
4. Madaniyatli va har tomonlama rivojlangan kishi bo‘lishni xohlayman.
5. Yaxshi baholar olishni xohlayman.
6. Ota-onalardan maqtov eshitishni xohlayman.
7. Sinfdoshlarimning men haqimdagi fikrlari ijobiy bo‘lishini xohlayman.
8. Sinfda eng yaxshi o‘quvchi bo‘lishni xohlayman.
9. Darslarda mening javoblarim eng yaxshi bo‘lishini xohlayman.
10. Sinfdagi eng yaxshi o‘quvchilar orasidan
munosib joy egallashni
istayman.
11. Menga ta’lim olish yoqadi.
12. Yangi ma’lumotlarni bilishni xohlayman.
13. O‘qituvchilarning g‘ayrioddiy va nostandart darslari yoqadi.
14. Menga o‘quv faoliyatidagi qiyinchiliklarni bartaraf qilish yoqadi.
15. Fikrlashga imkon beriladigan darslar yoqadi.
16. O‘qituvchilarning ta’limdagi muvaffaqiyatlarimni
adolatli baholashlarini
yoqtiraman.
Dostları ilə paylaş: