186
“Me’yordan xulqiy og‘ish”ning mohiyatini anglash uchun dastlab “me’yor”
tushunchasining lug‘aviy ma’nosini anglash maqsadga muvofiqdir.
Lug‘aviy jihatdan “me’yor” tushunchasi: asosiy o‘lchov, “qabul qilingan
o‘lchovning o‘rtacha kattaligi; mavjud yoki yangi ob’ektlarni yaratishni baholash
uchun andoza yoki o‘rnatilgan standart”
127
ma’nolarini anglatadi.
Shaxsning
rivojlanishiga nisbatan “me’yor” tushunchasining qo‘llanilishi esa uning ruhiy,
jismoniy hamda axloqiy jihatdan mo‘tadil rivojlanishini ifodalaydi.
Me’yordan og‘ish
(lot. “defectus” – kamayish, nuqson) – bolaning mo‘tadil
rivojlanishida buzilishlarni keltirib chiqaruvchi jismoniy, ruhiy, ixtimoiy
yoki pedagogik nuqsonlar.
Ijtimoiy sub’ektlar, jumladan, o‘quvchilar o‘rtasida turli jihatdan “me’yordan
og‘ish” holatlari kuzatiladi. Ular (30-rasm):
Me’yordan og‘ish turlaridan bir jismoniy og‘ish sanaladi.
Jismoniy og‘ish – shaxsning fiziologik o‘sishi va salomatligida
kuzatilayotgan nuqsonlar bo‘lib, asosan, tibbiy ko‘rsatkichlar (tananing
og‘irligi, bo‘yi, hajmi va hokazolar) bilan bog‘liq holda namoyon
bo‘ladi.
Odatda jismoniy og‘ish kasalliklar, ko‘rish va eshitish qobiliyatining buzilishi,
tayanch-harakat apparatlarining nuqsonlari ko‘rinishida namoyon bo‘ladi
128
.
Shunga ko‘ra, jismoniy og‘ish quyidagi holatlarning mavjudligi bilan belgilanadi:
kasallik, xastalikning kelib chiqishi (ruhiy va fiziologik funksiyalarning
buzilishi);
imkoniyatning cheklanishi (aqliy yoki amaliy
faoliyatni bajara olish
qobiliyatining ma’lum darajada vaqtincha yoki umrbod yo‘qotilishi);
nogironlik (aqliy yoki amaliy faoliyatni bajara olish qobiliyatining
deyarli yo‘qotilishi, ishga yaroqsiz bo‘lib qolish, to‘g‘ri fikrlay olmaslik).
Jismoniy og‘ishning yuzaga kelishiga muayyan omillar ta’sir qiladi. Ular:
irsiy omillar;
127
Понятие нормы и отклонения в физическом, психическом, моторном и интеллектуальном
развитии человека // https://katip39.ru/wp-content/uploads/2020/05/Ponyatie-normy-i-otkloneniya-v-
fizicheskom-psihicheskom-motornom-i-intellektualnom-razvitii-cheloveka.pdf.
128
Понятие нормы и отклонения в физическом, психическом, моторном и интеллектуальном
развитии человека // https://katip39.ru/wp-content/uploads/2020/05/Ponyatie-normy-i-otkloneniya-v-
fizicheskom-psihicheskom-motornom-i-intellektualnom-razvitii-cheloveka.pdf.
Ijtimoiy og‘ish
Dostları ilə paylaş: