193
1. Maqsadga muvofiqlik tamoyili.
Ijtimoiy
faoliyatda maqsad qonun
maqomiga ega bo‘lib, shaxs harakatlarining xarakteri va uslubini belgilaydi.
Korreksiyalashda shaxsni tarbiyalash va rivojlantirishning umumiy maqsadlari
inobatga olingan holda o‘quvchining ijtimoiy me’yordan og‘ish
holati kuzatilgan
xulqni tuzatish asosiy maqsad sifatida belgilanadi.
2. Korreksion jarayonining tizimligi va yaxlitligi tamoyili.
Agarda pedagogik
jarayon yaxlit tizim sifatida qaralsa, korreksiyalash o‘zaro bog‘liq
tarbiyaviy
xarakterdagi elementlardan biri hisoblanadi. Yaxlitlik korreksion faoliyatni tashkil
etishda ichki va tashqi omillarni, o‘quvchining
ichki imkoniyati, mavjud
pedagogik shart-sharoitlardan unumli foydalanish
maqsadga muvofiqligini
ifodalaydi.
3. Korreksion jarayonni insoniylashtirish tamoyili.Ushbu tamoyil
jamiyat va
shaxs maqsadlarining uyg‘unlashtirish zarurligini, ta’lim
jarayonining bolaning
shaxsiy imkoniyatlari, uning qiziqishlari va ehtiyojlariga yo‘nalishini belgilaydi.
Korreksion jarayonning markazida o‘quvchi
shaxsi turishi, shu sababli
rivojlantiruvchi dasturlarning o‘quvchining ichki imkoniyatlarini to‘la ro‘yobga
chiqarishga xizmat qilishiga erishish asosiy vazifa ekanini anglatadi.
Dostları ilə paylaş: