215
Yo‘naltirish –
shaxsning ish-harakati yoki faoliyatini aniq maqsad asosida
muayyan tomonga burish, ma’lum yo‘lga solish.
Kasbga yo‘naltirish
– yoshlar, shu jumladan, o‘quvchilarning shaxsiy
layoqat, qiziqish va qobiliyatlari, shuningdek, ayni vaqtning o‘zida jamiyatning
turli kasb mutaxassislari va ularning malaka darajasiga bo‘lgan talablarini inobatga
olgan holda aniq maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat asosida tashkil etiluvchi ularni
muayyan kasbga tayyorlash jarayoni.
Kasb
– maxsus tayyorgarlik va ish tajribasi natijasida ma’lum bir sohada
mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun lozim bo‘lgan nazariy bilimlar, amaliy
ko‘nikma, malakalar majmuasini egallagan, jismoniy, aqliy qobiliyat va yuridik
huquqlari ta’minlangan mehnat faoliyati (mashg‘uloti)ning turi; muayyan shaxsiy
sifatlarga tayanilgan holda tashkil etiluvchi mehnat faoliyati, mashg‘ulotning
ko‘rinishidir
130
.
Dostları ilə paylaş: