Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə211/218
tarix01.11.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#131063
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   218
дарслик педагогика. ХРахматова

kspert baholash metodi
– malakali mutaxassislar tomonidan o‘rtacha 
arifmetik qiymatni topish yo‘li bilan shaxs faoliyati, ma’lum jarayon, tizimning 
sifat ko‘rsatkichlarini baholashga xizmat qiladigan usul.
O‘zaro ziddiyatga borish (konfrontatsiya)
– ikki qarama-qarshi taraflar 
tomonidan bir-birlarining ob’ektiv va sub’ektiv xarakterga ega pozisiyalarini qabul 
qilmaslik sanalib, vaziyatni ijobiy hal qilishni qiyinlashtiradi. 
O‘zini o‘zi baholash
– shaxsning o‘z imkoniyatlari, sifatlari, yutuqlari, 
kamchiliklari hamda boshqa kishilar orasidagi o‘rnini mustaqil baholay olishi
137

shaxs tomonidan o‘z xatti-harakatlari, ma’naviy fazilatlari, qarashlari, 
motivlarining axloqiy baholanishi.
O‘zini o‘zi boshqarish
– shaxsning muloqot, xulq-atvor hamda faoliyatda o‘z 
faolligini boshqarish asosida maqsadga muvofiq holda o‘zgarishi. Ijodiy jarayon 
bo‘lgan o‘zini o‘zi boshqarish shaxsning muhim vaziyatlarda o‘zini anglashi, yangi 
maqsadlarni o‘z oldiga qo‘yishi, ularga erishish yo‘lida to‘g‘ri qarorga kelish 
vositalarini izlashini ifodalovchi ijodiy jarayon sanaladi.
O‘zini o‘zi nazorat qilish
– shaxsning zarur irodaviy sifatlarini namoyon 
etgan holda turli vazifatlarda o‘z qarashlari, o‘y-fikrlari, his-tuyg‘ulari, xulq-
atvorini nazorat ostiga olish malakasiga egalik.
 
O‘lchash natijalarining asoslanganligi
(ingl. “
validity
” – yaroqlilik 
(haqqoniylik, qonuniylik) – qo‘llanilgan metodika hamda muayyan sharoitlarda 
amalga oshirilgan tadqiqot natijalarining haqqoniyligi va yaroqliligi.
O‘lchash natijalarining ishonchliligi
(ing. “reliability”) – olingan 
natijalarning aniqligi va ularning tasodifiy omillarga ta’siriga barqarorligini 
ifodalovchi tavsif.

Natijalarning ishonchliligi o‘lchash ishlarining haqiqatda, 
tashxislash yoki tadqiqot maqsadidan kelib chiqqan holda belgilangan talab, 
aniqlangan mezonlarga muvofiq amalga oshirilganligini anglatadi. 

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin