Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


“Tamoyil” (lot. “principium” – boshlang‘ich)



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/218
tarix01.11.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#131063
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   218
дарслик педагогика. ХРахматова

“Tamoyil” (lot. “principium” – boshlang‘ich) tushunchasi nazariy 
jihatdan muayyan ta’limot, nazariya, fan yoki qarashlarning asosiy, 
boshlang‘ich holati degan ma’noni anglatadi.
Berilgan ta’rifga tayangan holda “pedagogik diagnostika tamoyillari” 
tushunchasining mazmunini izohlash mumkin.
Pedagogik diagnostika tamoyillari – pedagogik diagnostikaning 
mazmuni, 
maqsadi, 
ijtimoiy-didaktik, 
tarbiyaviy 
ahamiyati, 
qonuniyatlari, o‘ziga xos xususiyatlari, uni qo‘llash shartlarining 
mohiyatini yorituvchi yetakchi, asosiy g‘oyalar. 
 
Quyidagi tamoyillar “Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fanining 
ustuvor tamoyillari
24
sanaladi (6-rasm). 
1.
 
Maqsadning aniqligi.
Tashxislash jarayonida maqsadning aniqligi 
o‘quvchilar duch kelayotgan qiyinchiliklarni aniqlash, muayyan sifatlarga egalik 
darajasini belgilash hamda kutilgan natijalarni bashoratlash imkoniyatini 
ta’minlaydi.
2.
 
Tashxis jarayonining yaxlit o‘rganilishi.
Ob’ekt yoki sub’ektni 
tashxislashga qaratilgan jarayonning yaxlit tashkil etilishi o‘qituvchi ega bo‘lgan 
ma’lumotlarni har tomonlama tahlil qilish, tashxis va baholashda barcha
omillar, tarkibiy qismlarni, 
ularning o‘zaro aloqadorligini inobatga olinishini ta’minlaydi.
 
24
Инназаров М.А. Малака ошириш тизимида педагог кадрлар касбий компетентлигини 
ташхислаш ва баҳолаш технологиялари: пед.фанл.бўйича PhD ...дис. – Т.: 2020. – 50-52-б.


25
3.
 
Tashxis muddatining aniq belgilanishi.
Pedagogik jarayonda tashxis 
muddatlarini to‘g‘ri, oqilona belgilash va ularning aniqligiga erishish olingan 
natijalarning ishonchli, haqqoniy bo‘lishiga yordam beradi. Qolaversa, o‘qituvchi 
o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga erishgan yoki erishmaganligini aniq belgilanishini 
ta’minlaydi. Tashxis muddatining aniqligi natijalarni haqqoniy va ishonch 
bo‘lishiga yordam beradi.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin