26
Ma’lumki, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlarda faoliyat muayyan shakl,
metod, vosita va texnologiyalar yordamida tashkil etiladi. Kutilgan natijani qo‘lga
kiritishda ularning to‘g‘ri tanlanganligi muhim bo‘lsa, ular o‘rtasida o‘zaro birlikni
qaror toptirish ham shunchalik muhimdir.
8.
Tashxis texnologiyasining maqsadga muvofiqligi.
Texnologik yondashuv
o‘z mohiyatiga ko‘ra faoliyatni muayyan izchillikda, tizimli, uzluksiz amalga
oshirilishini tavsiflaydi. Pedagogik tashxis jarayonining texnologiyalashtirilishi
bosqichli harakatlarning og‘ishmay, bir maromda tashkil etilishiga olib keladi.
9.
Tashxis natijalarining ishonchliligi va ularning xolis baholanishi.
O‘quvchilarning mavjud bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini ko‘rsatuvchi
natijalarning haqqoniy va ishonchli bo‘lishi uchun tashxislanuvchilarning tajriba
hamda nazorat guruhlariga ajratilishi, barcha tashxislanuvchilarning anketa, test
topshiriqlariga bevosita va xolis javob berishlari, amaliy, ijodiy topshiriqni
bajarishda belgilangan vaqt reglamentiga rioya qilishlari maqsadga muvofiqdir.
Binobarin, tashxis natijalarning haqqoniy va ishonchli bo‘lishi istiqbol vazifalarini
belgilashga, korreksion ishlarni tashkil etishga imkon beradi.
10.
Natijalarning maqsadga muvofiqligi.
Tashxislash natijalari qo‘yilgan
maqsadning xarakteriga mos bo‘lishi, o‘rganilayotgan holatni ifodalay olishi zarur.
Bordi-yu, olingan natijalar maqsad negizida ko‘zda tutilgan holatlarni yorita
olmasa, u holda tashxislash jarayonini noto‘g‘ri tashkil etilgan, degan xulosaga
kelinadi.
2. Pedagogik diagnostika darajalari va bosqichlari.
Qaysi sohada
bo‘lishidan qat’i nazar diagnostika natijalari turli darajalarda namoyon bo‘ladi.
Pedagogik diagnostikaning asosiy darajalari quyidagilardir (7-rasm):
Dostları ilə paylaş: