Kontent-tahlil metodi (inglizcha “contens”–mazmun) – hujjatlarda aks
ettirilgan turli dalillar va an’analarlarni aniqlash yoki o‘lchash maqsadida ularning mazmunini sifat hamda miqdor ko‘rsatkichlari asosida tahlil qilish usuli. Ushbu metodning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u hujjatlarni ijtimoiy
ahamiyatlilik nuqtai nazaridan o‘rganishga xizmat qiladi. Pedagogik tadqiqotlarda
kontent-tahlil metodi asosiy metod sifatida turli, masalan, gazetaning siyosiy
yo‘nalishini, muayyan ijtimoiy guruhning jamiyatdagi mavqeini o‘rganish uchun
matnning mazmunini tahlil qilish maqsadida qo‘llanilishi mumkin. Shuningdek,
ushbu metod pedagogik tadqiqotlarda qo‘shimcha metod sifatida ham
foydalaniladi.
Hamma hujjatlar ham mazmun nuqtai nazaridan tahlil qilinmaydi. Metodni
qo‘llash uchun kontent-tahlilning aniq maqsadi belgilanishi lozim. Bunda tadqiq
qilinayotgan mazmun zarur tavsiflarni ishonchli qayd qilish (rasmiylashtirish
tamoyiliga muvofiq), tadqiqotchini qiziqtirayotgan mazmunning tarkibiy
elementlarini muayyan izchilikda qo‘lga kirita olish (statistik ahamiyatlilik
tamoyili asosida) imkoniyatiga ega bo‘lishi zarur.
Aksariyat holatlarda kontent-tahlilning ob’ektlari sifatida radio, televidenie
hamda matbuot xabarlari, uchrashuvlarga oid bayonnomalar, rasmiy va norasmiy
xatlar, mas’ul tashkilotlar tomonidan chiqarilgan buyruqlar, ko‘rsatmalar,
yo‘riqnomalar, shuningdek, intervyu hamda ochiq anketalarning ma’lumotlaridan
foydalaniladi
46
.
Kontent-tahlil, asosan, uchta yo‘nalishga ega. Ular:
1) matn bilan tanishgunga qadar nima sodir bo‘lganligi hamda u yoki bu
holatning nima uchun ushbu matnda aks etganliginini aniqlash (bu yerda matn
o‘rganilayotgan ob’ektning ma’lum jihati: borliq, muallif yoki matn yo‘naltirilgan
shaxsning holatini yoritadigan indikator sifatida namoyon bo‘ladi);
2) matnni faqat undagina mavjud bo‘lgan muayyan belgilar (til xususiyati,
tarkibiy tuzilmasi, xabarning janri, nutqning sur’ati (ritmi) yoki ohangi kabilar)
asosida o‘rganish;
3) matn e’lon qilinganidan keyin, aniqrog‘i, matn u tegishli bo‘lgan shaxs
(adresant)ga yetib borganidan keyin sodir bo‘ladigan holatni aniqlash (turli
ta’sirlarning samarasini baholash)
47
.