45
1. ... – ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiya ishlari jarayonini o‘rganish
asosida tadqiq etilishi zarur bo‘lgan
pedagogik muammoni aniqlash,
uning
yechimini topish maqsadida qo‘llaniladigan usul.
a) pedagogik tajriba;
b) pedagogik kuzatish;
c) hujjatlarni tahlil qilish;
d) kontent-tahlil.
2. Tabiiy tajriba; laboratoriya tajribasi; tajriba ishi – bular ....
a) pedagogik tajribaning metodlari;
b) pedagogik tajribaning shakllari;
c) pedagogik tajribaning turlari;
d) pedagogik tajribaning texnologiyalari.
3. Individual, guruhli hamda ommaviy suhbat – bular ...
a) suhbat shakllari;
b) suhbat turlari;
c) suhbat metodlari;
d) suhbat texnologiyalari.
4. Respondent e’tiboriga turkum savollarni havola
etish orqali uning tadqiq
etilayotgan muammo, yoki umumiy muammoning
biror jihatini yorituvchi
hodisaga nisbatan munosabatini o‘rganish metodi – bu ...
a) blis-so‘rov;
b) savol-javob;
c) suhbat;
d) intervyu.
5. Ochiq va yopiq savollarga asoslanadigan yozma so‘rov metodi – bu ...
a) yozma ish;
b) anketa;
c) test;
d) kontent-tahlil.
6. ... – bir nechta javob variantlariga asoslangan savollardan tashkil topadigan
metod.
a) yozma ish;
b) anketa;
c) test;
d) kontent-tahlil.
7. O‘quv mashg‘ulotlarining jadvali; o‘quv dasturi;
guruh jurnallari;
o‘quvchilarning
shaxsiy varaqalari;
buyruqlar; Pedagogik kengash yig‘ilishi
bayonnomalari va qarorlari; tarbiyaviy ishlar rejasi va boshqalar. Ular - ...
Dostları ilə paylaş: