47
5-mavzu. Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘lchash va
shkalalashning asosiy yo‘nalishlari
Reja:
1. Pedagogik diagnostikada o‘lchash va shkalalashning maqsadi.
2. Ma’lumotlarni tahlil qilish
3. Ma’lumotlarni vizual ko‘rinishda taqdim qilish.
4. Pedagogik o‘lchovlar.
5. Sifat va miqdor ko‘rsatkichlar.
6. Shkalalash.
Tayanch tushunchalar:
ma’lumot, ma’lumotlarni to‘plash, ma’lumotlarni
tahlil qilish, o‘lchash, shkala, shkalalash, ma’lumotlarni qayta tahlil qilish,
matematik statistika.
I. Pedagogik diagnostikada o‘lchash va shkalalashning maqsadi.
Barcha
pedagogik jarayonlarda bo‘lgani kabi pedagogik diagnostikada ham qo‘lga
kiritilgan ma’lumotlarni tahlil qilish, qayta ishlash va baholash muhim
ahamiyatga ega. Shu bois tashxislash, shuningdek, ilmiy-pedagogik izlanishni olib
borishda mavjud dalillar, ma’lumotlarni qayta ishlashga alohida e’tibor qaratiladi.
Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, o‘qituvchi, tadqiqotchi yoki psixolog
qanchalik mahoratli bo‘lmasin, dalillarning yetarli, to‘liq va ishonchli ekani hal
qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Bordi-yu, pedagogik diagnostika natijalari,
tadqiqotga oid ma’lumotlarni o‘qituvchi, tadqiqotchi yoki psixolog qayta ishlay
olmasa, ular qanchalik ko‘p, xilma-xil bo‘lmasin ta’lim sifatini yaxshilash,
samaradorligini oshirish yoki o‘quvchi shaxsini har tomonlama tarbiyalashda
uchun foydasi bo‘lmaydi. Shu sababli pedagogik diagnostikada eng muhim jarayon
– olingan ma’lumotlarni qayta ishlash sanaladi. Tadqiqot yoki tashxislashga oid
ma’lumotlarni qayta ishlashda ma’lumotlarni statistik qayta ishlash – statistik
metoddan foydalaniladi.
II. Ma’lumotlarni tahlil qilish.
Tadqiqot yoki tashxislashga oid
ma’lumotlarni qayta ishlash bir qadar qiyin, murakkab jarayon sanaladi. Bu
jarayon bir necha bosqichda amalga oshiriladi.
Ma’lumotlarni tahlil qilish jarayoni quyidagi asosiy bosqichlardan iborat:
Dostları ilə paylaş: