48
3-bosqich: kompyuterga ma’lumotlarni kiritish.
Zamonaviy
sharoitda
tashxislash va tadqiqot ma’lumotlarini muayyan muddatda saqlashning eng
samarali yo‘li – ularni kompyuterga kiritish hisoblanadi.
Kompyuterga kiritilgan
ma’lumotlar, odatda, elektron jadval yoki ma’lumotlar matrisasi ko‘rinishida
ifodalanadi.
4-bosqich: ma’lumotlarni turkumlashtirish.
O‘qituvchi yoki tadqiqotchi
o‘zini qiziqtirgan holatlar bo‘yicha ma’lumotlarni ma’lum guruhlarga ajratadi. Har
bir guruhdagi ma’lumotlarning muayyan tartibda bo‘lishiga e’tibor qaratiladi.
Odatda, ma’lumotlar aniq belgilangan mezon yoki
shartlarga muvofiq saralanadi,
tasniflanadi. Ishonchsiz dalillar olib tashlanadi, yetishmayotgan ma’lumotlar
to‘ldiriladi.
5-bosqich: ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish.
Taqdim
etilayotgan
ma’lumotlarning tushunarli bo‘lishi, oson qabul qilinishi uchun ularni vizual
shaklda taqdim etish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun kerakli ma’lumotlar
jadval, tasvir, sxema, diagramma, gistogramma va boshqa grafikli
ko‘rinishlarda ifodalanadi.
Dostları ilə paylaş: