52
ma’lum vositalar (nazorat ishlari, test topshiriqlari, loyihalar, imtihon
va sinov savollari) yordamida baholash
53
.
Shuni alohida qayd etib o‘tish joizki,
bugungi kunda ham pedagogik
hodisalarning turli jihatlarini o‘lchash vazifasi hal qilinmagan. Bu “Pedagogik
diagnostika va korreksiya” o‘quv fani oldida turgan asosiy vazifalardan biri
hisoblanadi.
VI. Sifat va miqdor ko‘rsatkichlari.
Psixologik va pedagogik tadqiqotlarda
ma’lumot to‘plashning asosiy muammosi o‘rganilayotgan ob’ektlar va
jarayonlarning sifatiga miqdoriy baho berishdir.
Hanuzgacha tavsiflovchi va empirik fanlar bo‘lib qolayotgan pedagogika
hamda psixologiya sohalarida amalga oshirilayotgan tajribalarda qo‘lga
kiritilayotgan ma’lumotlarning asosiy turi sifat, mazmun xarakteriga ega.
Qandaydir ob’ekt (jarayon)ning sifati uning mavjudligini ta’minlovchi
muhim, barqaror xususiyatlari sanaladi. Shu sababli ob’ekt
(jarayon)ning sifati to‘g‘risidagi ma’lumot uning mohiyati va
mazmunida aks etadi hamda uni tavsiflash uchun zarur sanaladi.
Pedagogikada sifat tavsif (o‘lcham)lari ta’lim-tarbiyaning barcha jarayonlari,
natijalari, faoliyat turlari, pedagogik jarayon ishtirokchilarining o‘zaro
munosabatlari, shaxs hamda jamoaning rivojlanishda
erishgan jamiki yutuqlarini
yoritishga xizmat qiladi. Ta’lim va tarbiyaning asosiy qonuniyatlari va tamoyillari
sifat xarakteriga ega bo‘ladi.
Atrof-muhitning miqdor tavsifi uni anglashda nisbatan yuqori darajani qayd
etadi.
Miqdor – bilish ob’ektining real mavjudligi ifodalovchi ko‘rsatkich
bo‘lib, uni o‘xshash qismlarga ajratish imkonini beradi.
Ob’ektning miqdoriy tavsifi jarayonlarni nazariy-mantiqiy
tahlil qilishdan
ko‘ra ko‘proq bir necha marta chuqurroq tahlil qilish imkonini beradi. Binobarin,
aynan ushbu tavsif uning mavjudligini ko‘rsatadi va turli sifatlar o‘rtasidagi
kattaliklarni baholaydi, qonuniyatlarni namoyon qiladi.
Miqdor hamda sifat tavsiflar bir-biri bilan chambarchas bog‘liq: ular bir-birini
dialektik nuqtai nazardan to‘ldiradi va miqdorning sifatga o‘zgarishi qonuniga
ko‘ra bir-biri bilan o‘zaro almashinadi. Har qanday sifatni ifodalovchi ma’lumot
(axborot) doimo miqdorga ega bo‘ladi va boshqacha darajani o‘zida
namoyon
qiladi.
Afsuski, pedagogik va psixologik fanlar,
ularning amaliyotida miqdor
ko‘rsatkichlarni aniqlovchi metodlar deyarli mavjud emas. Bu holat quyidagilar
bilan izohlanadi: psixologik-pedagogik o‘lchovlarni miqdoriy baholashning muhim
metod
va
vositalarning
ishlab
chiqilmaganligi
yoki
mavjudlarining
takomillashtirilmagani; pedagogik jarayonlarni baholashning o‘ta murakkabligi.
53
Лекция 5. Анализ данных // https://tsput.ru/res/informat/mop/lections/lection_5.htm.