2.5. Qutbli shkala (qarama-qarshi tomonli, ya’ni, musbat (+) va manfiy (–)ga ajratuvchi shkala). Ahamiyatli qarama-qarshi belgilar (masalan, mehribon
– qahri qattiq, issiq – sovuq, yaxshi – yomon va shu kabilar) chekka nuqtalari
bo‘lgan ushbu usul shartli shkalani baholash uchun tavsiya qilinadi.
Qutblar orasi ixtiyoriy miqdordagi qism (ball)larga ajratiladi.
Masalan, o‘quvchining matematika faniga bo‘lgan ishonch darajasi qutblar
oralig‘idagi quyidagi shkalalardan birini ko‘rsatishi lozim (qutblar o‘qituvchi yoki
mutaxassis tomonidan mustaqil tanlanadi):
(Juda qiziqadi) 1
0 – 9 – 8 – 7 – 6 – 5 – 4 – 3 – 2 – 1 (Mutlaqo qiziqmaydi).
3. Intervalli shkala (intervalli o‘lchash). Bu turdagi shkala ham pedagogik
diagnostika va tadqiqotlarda muhim ahamiyatga ega.
Intervalli shkala (intervalli o‘lchash) – ob’ektlar orasidagi masofa aniqlanganda hamda barcha ob’ektlar uchun umumiy turg‘un o‘lchov birligi belgilanganda ob’ektlar soniga beriladigan tartib, maqomni ifodalovchi shkala. Boshqacha aytganda, intervalli shkalada o‘lchashning birligi va mashstablari
ifodalanadi. Shkalaning boshlang‘ich (nol) nuqtasi ixtiyoriy tanlanadi. Masalan,
test sinovi shkalasi, o‘quvchi tomonidan muayyan fanni o‘zlashtirish dinamikasini
qayd etuvchi shkala.
Intervalli shkala – miqdoriy ko‘rsatkich bo‘lib, unga misol qilib sonlarda,
bo‘lish amalidan tashqari, ifodalanadigan barcha arifmetik amallarni ko‘rsatish
mumkin. Ammo, intervalli shkala test nazoratida bir ob’ektning ustunligini uning
javoblari (10 ta to‘g‘ri javob)ini boshqa ob’ektning kam nisbatan javoblari (5 ta
to‘g‘ri javob)i asosida belgilashga xizmat qilmaydi.
4. Munosabatlar shkalasi. Bu shkala intervalli shkaladan shunisi bilan farq
qiladiki, uning boshlang‘ich (nol) nuqtasi ixtiyoriy tanlanmaydi, balki to‘la holda
o‘lchanadigan xususiyatlarning mavjud bo‘lmasligini ko‘rsatishga xizmat qiladi.
Bunga qandaydir ko‘plikka asoslangan ob’ektlarni qaytadan sanash asosida
olingan barcha miqdoriy ko‘rsatkichlar (o‘quvchilar, darslar, sinovlar va imtihonlar
soni kabilar) kiritiladi
56
.
Pedagogik diagnostika va tadqiqotlarda barcha sohalardagi ilmiy izlanishlarda
bo‘lgani kabi olingan natijalarning ishonchliligi, asoslanganligi hamda amaliy
qiymatga
ega
bo‘lishiga e’tibor qaratiladi. Natijalarning ishonchliligi,
asoslanganligi hamda amaliy qiymatga egaligi pedagogik o‘lchash sifatining turli
jihatlarini anglatuvchi o‘zaro bog‘langan muhim xususiyatlari sanaladi.