57
mezonlarga muvofiq amalga oshirilganligini anglatadi
57
.
O‘lchash natijalarining asoslanganligi
(ingl. “
validity
” – yaroqlilik
(haqqoniylik, qonuniylik) – qo‘llanilgan
metodika hamda muayyan
sharoitlarda amalga oshirilgan tadqiqot natijalarining haqqoniyligi va
yaroqliligi.
Boshqacha
aytganda, natijalarning asoslanganligi (validligi) qo‘llanilgan
metodika hamda tadqiqot natijalarining qo‘yilgan vazifalarga muvofiq
ta’minlovchi o‘lchov sanaladi
58
.
Xulosa
qilib shuni aytganda, pedagogik diagnostika va tadqiqotni tashkil
etishda o‘lchash muhim ahamiyatga ega. Zero, o‘lchash
ishini metodik jihatdan
to‘g‘ri tashkil qilish tashxislash va tadqiqotning samarali borishini ta’minlaydi.
Pedagogik jarayonlarda o‘lchashning bir necha turidan foydlaniladi. Ular orasida
shkalalash alohida o‘rin tutadi. Shkalalashda boshlang‘ich
amaliy natijalar
shkalalarga asoslanuvchi baholashga o‘tkaziladi. Muayyan turdagi shkalalash
belgilangan tartibda o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma,
malakalari, shuningdek,
ularda ma’lum sifatning tarbiyalanganlik darajasini o‘lchash va baholashga imkon
beradi. Shu sababli o‘qituvchi va tadqiqotchilar pedagogik o‘lchash
ishlarini
amalga oshirishga oid bilimlardan xabardor bo‘lishi orqali tashxislash hamda
tadqiqot jarayonini samarali tashkil etish malakalarini o‘zlashtira olishlari zarur.
Dostları ilə paylaş: