60
6-mavzu. Uzluksiz ta’limda pedagogik nazoratni
tashkil qilishning ilmiy asoslari
Reja:
1. Pedagogik nazorat, uning tuzilishi va mazmuni.
2. Pedagogik nazorat turlari.
3. Pedagogik nazorat funksiyalari.
4. Pedagogik nazorat tamoyillari.
5. Pedagogik nazoratning psixologik va pedagogik jihatlari.
Tayanch tushunchalar:
nazorat,
pedagogik nazorat, pedagogik nazoratning
tuzilishi, pedagogik nazorat turlari, pedagogik nazorat funksiyalari,
pedagogik
nazorat tamoyillari.
I. Pedagogik nazorat, uning tuzilishi va mazmuni.
Ta’lim-tarbiya
jarayonini tashkil qilishda pedagogik nazorat olib borish muhim ahamiyatga ega.
Binobarin,
nazorat p
edagogik jarayonining muhim tarkbiy qismlaridan biri
hisoblanadi.
Nazorat jarayoni o‘ziga xos mohiyat va xususiyatlarga ega.
O‘qituvchi nazorat va hisobga olishni to‘g‘ri tashkil etsa, ta’lim
jarayonining
samaradorligi ortadi. Buning uchun o‘qituvchi o‘quvchining o‘quv materiallarini
o‘zlashtirish darajasini aniqlab berishi lozim.
Nazorat (ta’lim jarayonida) – ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma va
malakalari darajasini aniqlash, o‘lchash va baholash jarayoni.
Pedagogik nazorat – uning yetakchiligi va tashkilotchiligi asosida
o‘qituvchi va o‘quvchilarning faoliyatini o‘zaro birlashtirgan holda
o‘quv hamda tarbiya jarayonlarining natijalarini baholashga qaratilgan
tekshirish xarakteriga ega yagona didaktik va metodik tizim.
Nazorat yordamida ta’lim muassasasining rahbariga o‘quvchilarning
yutuqlarini
baholash, bilimlarni o‘zalshtirishdagi muammolarlarni aniqlash,
rejalashtirilgan, amalga oshirilgan va erishilgan ta’lim darajalari o‘rtasida o‘zaro
bog‘liqlikni ta’minlash, innovatsion xarakterdagi o‘qitish metodlarining afzalliklari
va kamchiliklarini anglash, o‘qituvchilarning mehnatini tenglashtirish, shuningdek,
boshqaruv qarorlarini qabul qilish hamda boshqa yana bir qagcha vazifalarni hal
qilish uchun ob’ektiv ma’lumotlar taqdim qilinadi.
Nazorat qilishda fan mazmunini o‘zlashtirish talablarini
standartlashtirish
muhim ahamiyat kasb etadi. Alohida fanlar bo‘yicha o‘quv jarayoni natijalarini
nazorat qilish mazmuni davlat ta’lim standartlari (DTS)da bo‘lib, unda majburiy
minimal mazmun va bitiruvchilarning rivojlanish darajasiga qo‘yiladigan talablar
bilan belgilanadi.
Ta’lim natijalarini baholovchi nazorat mazmuni o‘quvchilarning
intellektual
xususiyatlarini
umumiy
nuqtai
nazaridan
o‘rganishni taqozo qiladi.
O‘quvchilarning bilim darajasini baholashda o‘qituvchilar tomonidan ta’lim
mazmuni va o‘qitish metodlarining puxta o‘zlashtirilganligi ahamiyatidir.
Nazoratning mazmuni nafaqat o‘qitiladigan va ular o‘qishning natijasi sifatida
ko‘rishni xohlagan narsani aks ettiradi, balki o‘rganishning ma’lum
61
ustuvorliklarini belgilaydi. Nazorat jarayonida, ayniqsa nazorat tashqi ko‘rinishda
bo‘lsa va baholar ta’limda ma’muriy qarorlar qabul qilish uchun ishlatilsa ta’lim
yutuqlariga qo‘yiladigan talablar muqarrar ravishda o‘qituvchining kundalik ishida
ko‘rsatma bo‘lib qoladi.
Nazorat va baholovchi faoliyat muayyan tarkibiy asoslarga ega. Ular:
mavzular, bo‘limlar va boshqalarni ajratib ko‘rsatish orqali tushunchali
ko‘rsatkichlarni ajratish;
empirik ko‘rsatkichlarni shakllantirish (savol, topshiriq va boshqalar);
kutilayotgan natijalarni qo‘lga kiritish jarayonini nazorat qiluvchi modelni
yaratish;
nazorat tadbirlarini o‘tkazish;
model va o‘quvchilarning haqqoniy javoblarini solishtirish;
baholovchi g‘oyalarni shakllantirish va ular yordamida nazorat yoki baholar
qo‘yishni davom ettirish yuzasidan qarorlar qabul qilish.
Qayd etilgan tarkibiy asoslar o‘qituvchining nazorat-baholovchi faoliyatining
tuzilmasida mavjud bo‘ladi. Pedagogik nazorat an’anaviy vositalar yoki testlardan
foydalanish asosida amalga oshiriladi. Nazoratning asosiy mohiyati o‘quvchilar
tomonidan o‘zlashtirilayotgan nazariy bilimlarni amaliyotga izchil tatbiq etilishini
o‘rganishdir.
O‘qituvchining nazorat va baholash faoliyati tuzilmasining
tarkibiy qismlari
orasida nazorat mazmunini hamda baholashning asosiy ko‘rsatkichlarini ajratib
olish muhim hisoblanadi.
Kundalik o‘quv jarayonida o‘quvchilar tomonidan yangi bilimlarning
o‘zlashtirish natijalarini aniqlash, baholash, tahlil qilish pedagogik nazorat orqali
amalga oshiriladi.
Pedagogik jarayon natijalarini aniqlash va o‘lchash jarayoni tekshirish deb
ham ataladi.
Dostları ilə paylaş: