62
1. Boshlang‘ich nazorat.
Bu nazorat turi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida
tizimli tarzda amalga oshirilmaydi. U o‘quvchilarni tanlov asosida ixtisoslashgan,
muayyan kasbga yo‘naltirilgan sinflarga tanlab olish davrida o‘qituvchining
tashabbusi
bilan
tashkil
etiladi
va
asosiy
e’tibor ta’lim jarayonini
individuallashtirishga qratiladi. Shaxsga yo‘naltirilgan, rivojlantiruvchi ta’limni
maktab amaliyotiga tatbiq qilishda boshlang‘ich nazorat “o‘rtamiyona shaxsni
shakllantirishga qaratilgan” an’anaviy o‘qitishdan voz kechgan holda yangi o‘quv
materialining bir qadar kuchli yoki kuchsiz o‘quvchilar tomonidan individual
o‘zlashtirilishi uchun imkoniyat yaratishni ta’minlaydi. Ekspress- nazorat (tezkor
nazorat) xarakteriga ega bo‘lgan pedagogik testlar boshlang‘ich nazoratning
samarali bo‘lishini xizmat qiladigan vositadir.
Dostları ilə paylaş: