Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


Attestatsiya (yoki davlat attestatsiyasi)



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/218
tarix01.11.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#131063
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   218
дарслик педагогика. ХРахматова

 Attestatsiya (yoki davlat attestatsiyasi)bitiruvchilarni tayyorlash 
darajasi va sifatining rasman belgilangan ta’lim darajasi hamda sifatiga 
qo‘yiladigan talablar tizimi (DTS)ga mosligini aniqlashga qaratilgan 
chora-tadbir. 
Bu jarayonni tashkil etishda DST yoki standartlar mavjud bo‘lmagan 
sharoitda amal qiladigan me’yoriy hujjatlarga tayanib ish ko‘riladi. Attestatsiya 
baholarining asosli bo‘lishini ta’minlash maqsadida aksariyat mamlakatlarda test 
nazorati qo‘llaniladi.
Ichki yakuniy nazorat fan o‘qituvchisining o‘zi tomonidan, masalan, 
o‘quvchini sinfdan sinfga ko‘chirish imkonini beradigan maktab imtihonlari 
vaqtida o‘tkaziladi. Imtihonda foydalaniladigan nazorat topshiriqlari – testlar, 
yozma ishlar, loyihalar fan o‘qituvchisining o‘zi tomonidan mustaqil tayyorlanadi.
Tashqi yakuniy nazorat esa Davlat imtihonlari yoki hozirda O‘zbeksitonda 
keng ommalashayotgan PIRLS (Progress in International Reading and Literacy 
Study) – boshlang‘ich 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish 
darajasini baholash, TIMSS (Trends in International Mathematics and Science 
Study) – 4 va 8-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan 
o‘zlashtirish darajasini baholash, PISA (The Programme for International Student 
Assessment) – 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy 
yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash dasturlari bo‘yicha tashkil 
etadigan sinovlar shaklida tashkil etiladi. 
Respublikada so‘nggi ikki yilda o‘quvchilarning xorijiy til (ingliz, nemis, 
fransuz, rus tillari)ni bilish darajasini aniqlashga oid milliy baholash tizimi ishlab 
chiqildi va tizim asosida tashqi yakuniy nazorat yo‘lga qo‘yilmoqda.
Ayni o‘rinda shuni ham qayd etib o‘tish joizki, O‘zbekistonda rahbar va 
pedagog kadrlarning umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitish va ta’lim olish 
muhitini hamda o‘qituvchilarning ish sharoitlarini o‘rganish uchun xalqaro 
baholash tizimi TALIS (The Teaching and Learning International Survey) joriy 
qilinmoqda.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin