72
II.
BOB. PEDAGOGIK DIAGNOSTIKANING AMALIY ASOSLARI
7-mavzu. O‘quv jarayonini tashkil etishning umumiy diagnostikasi
Reja:
1. Psixologik-pedagogik metodikalar va ularning ta’lim jarayonini tashxislashdagi
o‘rni.
2. P.I.Tretyakovning “Ta’lim olganlik darajasini tashxislash” metodikasi.
3. G.A.Russkiy tomonidan asoslangan “O‘quvchilarning o‘quv
materiallari
matni bilan mustaqil ishlashga tayyorlik darajasini tashxislash” kabi metodikasi.
Tayanch tushunchalar:
metod, tashxis metodi, metodika, tashxislovchi
metodika.
I. Psixologik-pedagogik metodikalar va ularning ta’lim jarayonini
tashxislashdagi o‘rni.
Uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida pedagogik
diagnostikani tashkil qilishda tashxislovchi metodlar
bilan birga psixologik-
pedagogik xarakterga ega mualliflik metodikalari ham qo‘llaniladi.
Psixologik-pedagogik diagnostika metodikalari shaxsning individual
psixologik o‘ziga xosliklari hamda axloqiy fazilatlarga egalik darajasini
o‘lchash hamda baholashga qaratilgan faoliyatning shakl, metod va
vositalari yig‘indisi.
Psixologik hamda pedagogik adabiyotlarning aksariyatida tashxislash
maqsadida qo‘llaniladigan barcha psixologik-pedagogik metodikalar bir nom bilan
“psixologik testlar”
deb nomlanadi
63
. Metodikalarning bunday nomlanishi xato.
Zero, metodikalar sifatida birgina testlardan foydalanilmaydi. Qolaversa,
“metodika” tushunchasi negizida faqatgina metodlar ifodalanmaydi.
Shu sababli
ayni o‘rinda “metodika” tushunchasining mohiyatinitushunib olish talab qilinadi.
Metod (yun. “methodos” — put issledovaniya ili poznaniya) – ta’lim
(tarbiya) maqsadiga erishishning yo‘li, usuli; “doimiy ravishda
rivojlanib va shaklan o‘zgarib boradigan usul yoki uslublar, usullar va
qadamlar, harakatlar”
64
.
E
timologik nuqtai nazardan “metodika” tushunchasi “metod” + “ika”
qo‘shimchasi yordamida hosil qilingan. Rus tilida “ika” (eka, teka, dika)
qo‘shimchasi “saqlanadigan joy”, “jamlanma” ma’nolarini bildiradi. Masalan,
Biblio
Dostları ilə paylaş: