Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/218
tarix01.11.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#131063
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   218
дарслик педагогика. ХРахматова

Aqliy rivojlanish – shaxs fikrlash qobiliyati, tafakkurining rivojlanishi
intellektual salohiyati darajasining oshishi
71
.
 
Umumiy holda fiziologik va intellektual jihatdan turli yosh davrlari 
shaxsning muayyan darajada fikrlash qobiliyati, tafakkur darajasini ega bo‘lishini 
namoyon qiladi. Biroq, bu degani ma’lum intellektual rivojlanish darajasi ayni bir 
davrdagi yosh xususiyatlariga bog‘liq, degani emas. Ba’zi 5-6 yoshli bolaning 
xotirasi, nutqi, fikrlash qobiliyati, mantiqiy mulohazalari 30-40, hatto 50 yoshli 
kishining bu turdagi rivojlanish holatidan yuqori bo‘lishi mumkin. Bu holat 
psixologiyada noyob qobiliyat, deb yuritiladi.
Masalan, buyuk mutafakkir, hazrati Alisher Navoiy 5 yoshida Fariduddun 
Attorning “mantiq ut-tayr” asarini to‘la yod olgan
72
bo‘lsa, rus she’riyatining 
dahosi Aleksandr Pushkin esa o‘z xotiralarida “13 she’rlar yozishni va xuddi shu 
davrdan ularni chop ettirishni boshladim”
73
, deb yozgan edi.
71
Большая психологическая энциклопедия / Самое полное современное издание. – М.: Эксмо, 
2007. – С. 160.
72
 
Фаридиддин Аттор (1145-1221) // https://ziyouz.uz/jahon-sheriyati/fors-tojik-sheriyati/fariduddin-
attor.
 
73
Биография Александра Сергеевича Пушкина (1799-1837) // 
https://pushkinland.ru/2018/
pushkin/ 
push1.php.


86
Shaxs (o‘quvchi)ning aqliy rivojlanish darajasi – shaxs fikrlash qobiliyati, 
tafakkuri, intellektual salohiyatining muayyan pog‘onasi, holati. 
 
Uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida ta’lim sifatini tahlil qilish va 
baholashda ta’lim oluvchining aqliy rivojlanish darajasi tashxislanadi. Odatda 
ta’lim tizimida shaxsning aqliy rivojlanish darajasi o‘quvchi tomonidan o‘quv 
fanlarini o‘zlashtirish, turli murakkablikdagi savollarga javob topish, topshiriqlarni 
bajarish, muammoli vaziyatlarning yechimini hal qilishdagi layoqati, imkoniyati 
bilan belgilanadi.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin