90
belgilovchi “tayanch nuqta”ga aylandi. Bu esa o‘z navbatida kreativ fikrlovchi
shaxsni tarbiyalash masalasining dolzarblik kasb etishiga olib keldi
76
.
“Kreativlik” (ingl. “create” – yaratish, “creative”) tushunchasi esa lug‘aviy
jihatdan “yaratuvchanlik”, “ijodkorlik”
77
ma’nolarini anglatib,
mutaxassis
tomonidan kasbiy faoliyatni tashkil etish jarayonida uning muvaffaqiyatini
ta’minlash yo‘lida tashqi va ichki omillar ta’sirisiz ham kutilmagan fikrlarni ilgari
surish, muammoli vaziyatlarda ham o‘ziga xos orginal yechimlarni topish,
takrorlanmas mahsulotlarni yaratish qobiliyatiga egalikni ifodalaydi. Ya’ni, kreativ
mahsulotni yarata olishi uchun mutaxassisga tashqi (ob’ekt, predmet, buyum,
hodisa) yoki ichki (hissiy kechinma: zavqlanish, quvonish, qayg‘urish, g‘amga
botish va) omillarning ta’sir ko‘rsatishi shart emas
va u bunday natijaga yuqori
darajada kompetentlik sifatlariga egaligi tufayligina muvaffaq bo‘la oladi.
Boshqacha aytganda, kreativlik ijodkorlik negizida rivojlanib, uning yuqori
darajasi sanaladi. Agarda ijod mahsulotlari ijtimoiy sub’ektlarga hissiy,
estetik
ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lsa, kreativ mahsulotlar o‘zida ikki jihatni
namoyon qiladi: birinchidan, shaxsga hissiy, estetik ta’sir ko‘rsatadi, ikkinchidan,
amaliy qiymatga ega bo‘lib, undan turli ehtiyojlarni qondirish (masalan, ozuqa
sifatida iste’mol qilish, maishiy buyum sifatida foydalanish va h.k.) uchun xizmat
qiladi.
1922 yilda Ray M.Simpson tomonidan chop etilgan “Creative Imagination”
(“Kreativ tasavvur”) nomli asarda “kreativlik” tushunchasi ilk marta qo‘llanilgan
bo‘lib, u yuqori darajadagi fikriy jarayon sifatida ifodalangan
78
.
Bugungi kunda shaxs,
jumladan, o‘quvchilarda kreativ qobiliyatni
rivojlantirish maqsadida quyidagi metodlardan samarali foydalanilmoqda:
1.
Dostları ilə paylaş: