O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 017 yil fevraldagi 4947-sonli


 Buxgalteriya hisobining obyektlari va subyektlari



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/102
tarix08.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#131222
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   102
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

 
2.3. Buxgalteriya hisobining obyektlari va subyektlari 
Asosiy va joriy aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zaxiralar, 
daromadlar va xarajatlar, foyda, zararlar hamda ularning harakati bilan bog‘liq 


32 
xo‘jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining obyektlaridir. Buxgalteriya 
hisobining obyektlari jamlama schyotlarda aks ettiriladi. Analitik hisobni yuritish 
tartibi buxgalteriya hisobi subyekti tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. 
Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunga binoan, buxgalteriya hisobining 
subyektlari bo‘lib, Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, O‘zbekiston 
Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar, ularning O‘zbekiston 
Respublikasi hududida hamda uning tashqarisida joylashgan shu’ba korxonalari, 
filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari hisoblanadi. Yuridik 
shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda buxgalteriya hisobini yuritadi va buxgalteriya 
(moliya) hisobotini taqdim etadi. Kichik korxonalar 20-sonli “Kichik tadbirkorlik 
subyektlari tomonidan soddalashtirilgan buxgalteriya hisobi va hisobotini tuzish 
tartibi to‘g‘risida” deb nomlangan buxgalteriya hisobining milliy standarti asosida 
buxgalteriya hisobini soddalashtirilgan tartibda yuritadilar.
 
2.4. Xo‘jalik mablag‘larning tarkibi va ishlab chiqarish jarayonidagi 
funksional roli bo‘yicha turkumlanishi 
Xo‘jalik jarayonlari ma’lum mablag‘lar zaxirasini talab etadi. Shuning 
uchun ham, ishlab chiqarish korxonalari imoratlar, mashinalar, uskunalar, 
materiallar, pul mablag‘lari, nomoddiy aktivlar va shu kabi boshqa mablag‘larga 
ega bo‘ladi. Korxona mablag‘larining manbaalari - davlat fondidan aksiyalarini 
chiqarish va sotish, muassislarning badallaridan, banklarning kreditlari hisobidan, 
boshqa korxonalar va tashkilotlardan olingan qarzlar hisobidan, foydadan va 
boshqalardan tashkil etiladi. Xo‘jalik faoliyatini to‘g‘ri boshqarishda korxonaning 
qanday mablag‘larga egaligini, ularning joylashuvi hamda bu mablag‘lar 
manbaalarini, maqsadlarini bilish kerak. 
Shunga qarab korxonaning barcha mablag‘lari ikki qismga guruhlanadi: 
birinchidan, ularning turlari va joylashganligiga qarab, ikkinchidan, tashkil topish 
manbai va qanday maqsadlarga yo‘naltirilganligiga qarab. 
Xo‘jalik mablag‘larining tarkibi va joylashishi bo‘yicha hisobga olish 
korxonaning muayyan mablag‘lari (mashinalar, bino va inshootlar, material va 
mahsulotlar va h.k.) to‘g‘risida ma’lumot bersa, ularni vujudga kelish manbalari va 
tayinlanishi bo‘yicha hisobda aks ettirish esa, bu mablag‘larning xususiy mulk 
hamda ularning korxonaga biriktirilganligi yoki vaqtincha ishlatilayotganligi va 
xo‘jalik mablag‘larining qanday maqsadlarga mo‘ljallanganligini aniqlash 
imkonini beradi. 
Mablag‘larni turlari va joylanishi bo‘yicha guruhlash korxona xo‘jalik 
faoliyatining xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Sanoat korxonalariga birinchi 


33 
navbatda ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun korxonaning mablag‘i 
bo‘lishi kerak. Undan tashqari u muomala jarayonining ikki - ta’minot va 
realizatsiya bosqichida ishlatiladigan mablag‘larga ega bo‘lishi kerak. Odatda 
korxonalar o‘z xodimlarining ehtiyojlariga xizmat qiladigan noishlab chiqarish 
sohasidagi mablag‘larga ham ega bo‘ladi. Shunday qilib, korxona mablag‘lari 
o‘zlarining turlari va joylashishi bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi: ishlab 
chiqarish vositalari; muomala sohasidagi mablag‘lar; noishlab chiqarish sohasidagi 
mablag‘lar. 
Ishlab chiqarish vositalari mehnat vositalari va mehnat buyumlaridan iborat. 
Mehnat vositalari - insonning yaratayotgan buyumlariga o‘z ta’sirini 
o‘tkazuvchi vositalar hisoblanadi. Mehnat vositalari tarkibida ishlab chiqarish 
qurollari (mashinalar, asbob - uskunalar, asboblar) yetakchi rolni o‘ynaydi. Ishlab 
chiqarish qurollari yordamida ishchilar mehnat buyumlarini tashqi ko‘rinishini 
o‘zgartiradilar, ularga yangi tus beradilar va mehnat mahsuliga aylantiradilar. 
Mehnat vositalariga shuningdek, imoratlar, inshootlar, transport vositalari va 
xo‘jalik inventarlari ham kiradi. Ular ishlab chiqarish jarayonini normal amalga 
oshirish uchun kerakli sharoitlar yaratib, uni to‘g‘ri tashkil etishga yordam beradi. 
3-chizma.

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin