O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 017 yil fevraldagi 4947-sonli


  2.5. Mablag‘larning vujudga kelish manbalari va maqsadli tayinlanishi



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/102
tarix08.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#131222
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   102
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

 


37 
2.5. Mablag‘larning vujudga kelish manbalari va maqsadli tayinlanishi 
bo‘yicha turkumlanishi 
Har bir korxona tashkil qilinish davridao‘z faoliyatining hajmi va 
harakteriga qarab mablag‘larini shakllantiradi. Agar ularda qo‘shimcha mablag‘ga 
vaqtinchalik ehtiyoj tug‘ilib qolsa, unda mablag‘larni muayyan manbalardan 
olishlari mumkin. Ishlab chiqarish natijasida olingan foydaning bir qismi yoki 
maxsus maqsadlarda jamg‘arilgan fondlardan, davlat grantlari va subsidiyalaridan 
foydalanadi. Shunday qilib, korxona mablag‘larini hosil qilish rejali xarakterga 
egadir. Korxona tomonidan har qanday manbadan olinadigan mablag‘lar ma’lum 
maqsadlar uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. 
 
 
4-chizma.
Mablag‘lar tashkil topish manbalari tarkibi 
Korxona mablag‘larini tashkil topish manbalari va qanday maqsadlarga 
mo‘ljallanganligi ularni ushbu korxonaga kelib tushish darajasiga qarab amalga 
Mablag‘lar manbalari 
(passiv) 
Ustav kapitali 
Qisqa muddatli qarzlar 
Kelgusi xarajatlar va to‘lovlar 
uchun zaxiralar 
Rezerv kapital 
Uzoq muddatli qarzlar 
O‘z mablag‘lari manbalari 
Majburiyatlar 
Qo‘shilgan kapital 
Sotib olinganxususiy aksiyalar 
Taqsimlanmagan foyda 
Maqsadli tushumlar 


38 
oshiriladi. Mablag‘lar manbalarining tusi (xarakteri) mulkchilikning shaklini aks 
ettiradi. Korxonalar eng avvalo o‘zining butun yashash davri uchun umumdavlat 
fondidan (davlat korxonalari) yoki o‘zlarining muassislaridan, banklardan, boshqa 
korxona, tashkilotlardan vaqtinchalik foydalanish uchun mablag‘lar oladi.
Shunday qilib, korxona mablag‘larining tashkil topish manbalari va qanday 
maqsadlarga yo‘naltirilganligiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi: o‘z 
mablag‘lari, qarzga olingan (jalb qilingan) mablag‘lar. 
O‘z mablag‘lari davlat korxonalarida, faoliyatining hamma davrida beriladi 
va unga biriktirib qo‘yiladi. 
Davlat korxonalarining mablag‘laridan farqli o‘laroq, boshqa mulkchilik 
shaklidagi korxonalarning o‘z mablag‘lari ayrim yuridik va jismoniy shaxslarning 
qo‘shma yoki individual mulkidan iborat bo‘ladi. 
Kapital (fond)lar - bozor iqtisodiyoti sharoitlaridan kelib chiqqan holda 
korxonaning ixtiyori bilan shakllantiriladigan ustav kapitali (fondi) va zaxira 
(rezerv) kapitalidan tashkil topadi. 
Ustav kapitali (fondi) korxonaga uni tashkil qilish paytida umumdavlat 
fondidan (davlat korxonalarining kapitali) kelib tushgan mablag‘larni ifodalab, u 
davlat korxonalari miqyosida foydalaniladigan buxgalteriya atamasidir. Ustav 
kapitali esa aksincha, muassislardan (mulkchilikning boshqa shakllarida) kelib 
tushgan mablag‘lardan iborat bo‘lib, u nodavlat sektordagi korxonalarning 
buxgalteriya hisobida foydalaniladigan iqtisodiy atamasidir.
Qo‘shilgan kapital aksiyalarni nominal qiymatidan baland narxlarda 
dastlabki sotishdan olinadigan emissiya daromadini aks ettiradi.
Zaxira kapitali mol-mulkni qayta baholash chog‘ida hosil bo‘ladigan 
inflyatsiya zahiralarini, shuningdek, tekinga olingan mol-mulk qiymatini aks 
ettiradi.
Taqsimlanmagan foyda foydaning jamg‘arilayotganini ifodalaydi va 
mulkdorlarning qaroriga binoan ustav kapitaliga qo‘shilishi mumkin.
Maqsadli tushumlarga maqsadli tadbirlarni amalga oshirish uchun 
mo‘ljallangan va qaytarib berilmaydigan maqsadli moliyalashtirish mablag‘lari va 
boshqa tushumlar kiradi. Bundaylarga grantlar, subsidiyalar, a’zolik badallari
maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari va boshqa maqsadli tushumlar misol 
bo‘ladi.
Kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari uchun zaxiralarga xarajatlar va 
to‘lovlarni xarajatlarga bir tekisda qo‘shish uchun belgilangan tartibda tashkil 
etiladigan zaxiralar kiradi.
Qarzga olingan (jalb qilingan) mablag‘lar korxonaga vaqtinchalik 
foydalanish uchun ma’lum bir vaqtga, ma’lum shartlar asosida beriladi va uning 
muddati tugagandan keyin ular o‘z egalariga qaytarilishi lozim. Ularning manbai 


39 
uzoq muddatli kreditlar va qarzga olingan mablag‘lar, qisqa muddatli kreditorlik 
qarz va taqsimotga doir majburiyatlar hisoblanadi. 
Kreditlar va jalb qilingan mablag‘larga banklarning qisqa muddatli, uzoq 
muddatli hamda yuridik, jismoniy shaxslardan qarzga olingan mablag‘lari kiradi. 
Qisqa muddatli bank kreditlari va qarzga olingan mablag‘lar korxonaning 
vaqtinchalik ehtiyojlari uchun qo‘shimcha mablag‘larning asosiy manbai 
hisoblanadi. Bu tovar - moddiy boyliklar, yo‘ldagi hisob-kitob hujjatlar va 
boshqalar yuzasidan olingan kreditlardir. Ular qisqa muddatli kreditlash tartibida, 
ya’ni uncha uzoq bo‘lmagan muddatga (bir yilgacha), shu muddatning o‘tishi bilan 
ularni bankka albatta qaytarish sharti bilan beriladi. 
Uzoq muddatli bank kreditlari va qarzlari korxonaga vaqtinchalik, lekin 
uzoqroq bo‘lgan muddatga olinadigan qo‘shimcha mablag‘lar manbaini ko‘rsatadi. 
Bunday kreditlar, yangi texnikani joriy etish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash 
va ishlab chiqarish texnologiyasini yaxshilash; yangi mahsulotni ishlab chiqarishni 
tashkil etish tadbirlariga, buyumlarning sifatini, ishonchliligini va chidamliligini 
ko‘tarish; o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalash o‘rniga kapital sarflarga va boshqa 
ehtiyojlarga xarajatlar qilish uchun beriladi. 
Uzoq muddatli kreditlar va qarzga olingan mablag‘lar ham muddatli va 
qaytariladigan xususiyatlarga ega bo‘lib, bir necha yilga beriladi. 
Kreditorlik qarzlarining guruhi - mol yetkazib beruvchilar va boshqa 
kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni o‘z ichiga oladi. 
Mol yetkazib beruvchilar deb, korxonaga moddiy boyliklarni sotadigan 
tashkilotlarga aytiladi. Moddiy boyliklar bo‘yicha qilinadigan hisob - kitob 
tizimiga binoan, boyliklarni olish vaqti bilan ularga haq to‘lanishi o‘rtasida 
birqancha vaqt o‘tadi. Shu davr davomida mazkur korxona o‘zlarining mol 
yetkazib beruvchilari oldida qarzdor bo‘lib qoladilar. Natijada mol yetkazib 
beruvchilarga bo‘lgan qarz ushbu korxona mablag‘lari uchun vaqtinchalik 
qo‘shimcha manbaga aylanadi.
Boshqa kreditorlar - korxonaga boshqa (tovarsiz) muomalalar bo‘yicha 
qarzdor bo‘lgan tashkilotlar (yoki shaxslar) kiradi. Ularga ijtimoiy sug‘urta 
organlariga, pensiya, ish bilan ta’minlash jamg‘armalariga va hokazolarga qarzlar, 
boshqa hisob-kitoblar kiradi. Bular - ishchi va xizmatchilarga ularning o‘z 
(individual) ehtiyojlari uchun berilgan ssudalar bo‘yicha, sud organlarining qarori 
asosida ishchi va xizmatchilarning ish haqlaridan har xil tashkilot va ayrim 
shaxslar foydasiga ushlab qolingan summalar bo‘yicha, ishchi va xizmatchilar 
tomonidan o‘z vaqtida talab qilib olinmagan ish haqlari bo‘yicha korxonaning 
qarzlaridir. 
Ma’lumki, yalpi foyda amalda mahsulot sotishdan sof tushum va ishlab 
chiqarishga ketgan harajatlar o‘rtasidagi farq sifatida namoyon bo‘ladi. U 


40 
markazlashtirilgan davlat sof daromadi va korxona sof daromadiga bo‘linadi. 
Markazlashtirilgan davlat sof daromadi qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i va 
foydadan ajratmalardan hosil bo‘ladi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i 
korxona mahsulotining realizatsiyasi jarayonida qat’iy me’yorlar bo‘yicha 
undiriladi, foydadan ajratmalar korxona tomonidan uni taqsimlash paytida davlat 
byudjetiga kiritiladi. Foydaning boshqa qismi korxonaning ixtiyorida qoldiriladi va 
davr harajatlari, moliyaviy faoliyatdan talofotlar, dividendlarni to‘lash va boshqa 
ehtiyojlar harajatlarini qoplash uchun ishlatiladi. Shunday qilib, korxona 
tomonidan olingan yalpi foyda ikki tomonlama yo‘nalishga ega: uning bir qismi 
davlat daromadiga ajratiladi, boshqa qismi esa korxona ixtiyorida qoldiriladi. 
Buxgalteriya hisobi mazkur korxona va uning xo‘jalik bo‘linmalari ega bo‘lgan 
mablag‘lari va ulardan foydalanishning samaradorligi kerakli axborot bilan 
ta’minlagan holda, ularning samarasini oshirishga yordam berishi kerak. 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin