O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 017 yil fevraldagi 4947-sonli



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/102
tarix08.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#131222
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   102
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

birligi
 
Bahosi
 
Boshlang‘ich
 
qoldiq
 
Kirim
 
Chiqim
 
Oxirgi qoldiq
 
miqdori
 
summa
 
miqdori
 
summa
 
miqdori
 
summa
 
miqdori
 
summa
 
 
4.5. Buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi 
 
Schyotlar rejasi

buxgalteriya hisobi tizimidagi axborotning umumiy 
tuzilishini, uning xo‘jalik mexanizmiga muvofiq holda iqtisodiy tavsifini aniqlab 
beradi. 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2002 yil 9 sentyabrdagi 103 
- sonli buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining Milliy 
standarti (21-BHMS) «Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy - xo‘jalik 
faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha 
yo‘riqnoma»ni tasdiqladi va u O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 
tomonidan 2002 yil 23 oktyabrda 1181-son bilan qayd qilindi. 
Ushbu standart, byudjet muassasalari va banklardan tashqari, mulk 
shakllaridan qat’iy nazar barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan 2004 yil 
1-yanvardan boshlab ijro etila boshladi. 
Ushbu schyotlar rejasini tizimga keltirilgan schyotlar ro‘yxati deb ta’riflash 
mumkin. 
Yangi schyotlar rejasi jami bo‘lib 249 ta balansli va 14 ta balansdan tashqari 
schyotlardan iborat bo‘lib, u moliyaviy hisobotlarni tuzishga moslashtirilgan.


74 
Barcha schyotlar oltita qism bo‘yicha tizimga keltirilgan: 
I.
Uzoq muddatli aktivlar; 
II.
Joriy aktivlar; 
III.
Majburiyatlar; 
IV.
Joriy kapital; 
V.
Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilishi; 
VI.
Balansdan tashqari schyotlar. 
Birinchi to‘rt qism schyotlarining majburiyatlariga asosan moliyaviy 
hisobotning I-shakliga balans tuziladi. Beshinchi qism «Moliyaviy natijalarning 
shakllanishi va ishlatilishi» schyotlarning ma’lumotlariga asosan moliyaviy 
natijalar to‘g‘risidagi hisobot ( 2- shakl ) tuziladi. 
Schyotlar rejasida barcha schyotlar 9 bo‘limda quyidagi tizimda keltirilib 
ko‘rsatilgan: 
1-bo‘lim. Asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa uzoq muddatli aktivlar; 
2-bo‘lim. Tovar-moddiy zaxiralar; 
3-bo‘lim. Kelgusi davr xarajatlari va muddati uzaytirilgan xarajatlar - joriy 
qismi; 
4-bo‘lim. Olinadigan schyotlar-joriy qismi; 
5-bo‘lim. Pul mablag‘lari, qisqa muddatli investitsiyalar va boshqa joriy 
aktivlar; 
6-bo‘lim. Joriy majburiyatlar; 
7-bo‘lim. Uzoq muddatli majburiyatlar; 
8-bo‘lim. Kapital, taqsimlanmagan foyda va rezervlar; 
9-bo‘lim. Daromadlar va xarajatlar. 
Birinchidan sakkizinchi bo‘limgacha bo‘lgan schyotlar balans tuzilishiga 
mos kelsa, 9-bo‘lim schyotlari moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot tuzilishiga 
mos keladi. 
Schyotlar rejasining birinchi qismi bir bo‘lim (1- bo‘lim) dan iborat bo‘lsa, 
ikkinchi qismi to‘rt bo‘lim (2, 3, 4, va 5)lardan, uchinchi qismi ikki (6 va 7) 
bo‘limlardan, to‘rtinchi qism bir (8-bo‘lim) bo‘limdan va beshinchi qism bir (9- 
bo‘lim) bo‘limdan iborat. 
Yangi schyotlar rejasida schyotlar besh guruhga bo‘lib ko‘rsatilgan. 
Schyotlarni buxgalterlar tomonidan eslab qolishni osonlashtirish va 
axborotlarni avtomatlashtirish zaruriyati schyotlarga nomerlar berkitishni taqozo 
etadi. Schyotlar rejasidagi schyotlar kodlaridan tashqari nomiga ham ega. 
Schyotning nomi - bu tub ma’noda schyotning o‘zidir. Chunonchi, har bir 
shaxsning familiyasi, uning o‘zini ramzi bo‘lganidek, schyotning nomi o‘zini 
anglatadi. Schyotlar bilan ish olib borganda asosan ularning tayinlanishi va 
foydalanish tamoyillarini bilish zarur. Hisob subyektlari tomonidan qo‘llaniladigan 


75 
schyotlarning to‘liq ro‘yxati schyotlar rejasidir. Ayrim subyektlar tomonidan 
qo‘llaniladigan schyotlar ro‘yxatida farqlarning mavjudligi ikki xil schyotlar 
rejasini taqozo etadi: birinchisi-namunali, qonunchilik bilan belgilangan schyotlar 
rejasi, ikkinchisi-buxgalteriya hisobining ish schyotlar rejasi. Har bir korxona 
umumiy qonunchilik bilan belgilangan schyotlar rejasiga asosan o‘z ish schyotlar 
rejasini tuzib olishlari kerak. Ish schyotlar rejasida tanlab olingan schyotlar 
miqdori xo‘jalik faoliyati turiga qarab barcha qo‘llaniladigan xo‘jalik muomalalari 
hisobini ta’minlashi kerak. 
Hisobning barcha subyektlari namunali schyotlar rejasidan foydalanishga 
majbur. Schyotlar rejasida ko‘rsatilmagan schyotlarni qo‘llash faqat O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin