78
rozi bo‘lganlaridagina tuziladi. Ko‘p kapital ikkala tomondan birgalikda
yig‘iladi. Ba’zida qo‘shma korxona naqd pul va aktivlar olib kelsa, biznes
rivojlanadi, masalan, ikki advokat birga huquqiy
korxona ochsa yoki uchta
buxgalter birgalashib auditorlik firmasini qo‘shma korxona tarzida ochsa
bo‘ladi.
Hamkorlikda asosiy kelishuv 1961-yilda tuzilgan hamkorlik aktiga asosan
tuziladi. Hamkorlar aktga amal qilmasliklari ham mumkin va ular o‘z
huquqlariga, kapitaliga va foyda/zarariga mos keluvchi boshqa shartnoma yoki
kelishuv tuzishlari mumkin. Hamkorlikning moliyaviy holati haqidagi ma’lumot
va tuzilishi ham yakka tadbirkornikiga o‘xshash bo‘ladi. Ma’lumotlar bilan
qiziquvchi tashkilotlar Ichki hudud daromad kengashi( soliq maqsadlar uchun),
banklar (kapital ta’minotchilari sifatida) va boshqa hamkor bo‘lishni xohlovchi
tashkilotlar bo‘lishi mumkin.
Kompaniyalar. Kompaniya qonuniy tashkilot bo‘lib,
egalaridan alohida
bo‘lib shakllanadi. Yakka tadbirkor va hamkorlarning alohida tashkilot deb
hisoblanishi o‘z egalari va biznes hisoblarining alohida bo‘lishini anglatadi,
lekin o‘z egalari biznes majburiyatlariga to‘liq mas’ul bo‘lishadi. Masalan,
yakka tadbirkor yoki hamkorlardan biri biznes qarzlarini to‘lay olishga qurbi
yetmasa, firma egalarining yoki hamkorlikdagi aktivlar egalaridan o‘z aktivlarini
qarzni yopish uchun to‘lashda foydalanish mumkin.
Qarama-qarshi holda kompaniyada, egallab turilgan
ulushlarga nisbatan
kompaniya egasining yoki kapital egasining majburiyati cheklanadi. Bu
xususiy aktivlar kompaniya qarzlarini yopish uchun ishlatilmaydi degani.
Malayziyada, 1965 yilgi Kompaniyalar akti asosida shakllanadi va Malayziya
Kompaniyalari Komissiyasidan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak. Agar
kompaniya Malayziya Birjasidan ro‘yhatdan o‘tgan bo‘lsa, bu qimmatli
qog‘ozlar malakali tashqi auditorlar tomonidan ommaga ma’lum qilinishidan
avval tekshirilishi kerak.
Biznes faoliyati turlari.
22
Biznesning turli xillari bor. Uning faoliyati,
chunonchi xizmat, savdo va ishlab chiqarish turlariga bo‘linadi.
Shuning
uchun, yakka tadbirkorlar, hamkorlar va kompaniyalar biznes turlari yoki
faoliyatining qismi hisoblanadi. Masalan, savdo-sotiq bilan shug‘ullanuvchi
yakka tadbirkor, ishlab chiqarish yoki savdoni o‘z ichiga oluvchi qonuniy firma
yoki kompaniya kabilarni egallovchi xizmat biznesi mavjud bo‘lgan
hamkorlik va shuningdek, o‘z tashish faoliyati orqali xizmat ko‘rsatishni ham
taklif etadi.
22
Wan Madznah Wan Ibrahim va Mohd Rizal Palil “Fundamentals of business accounting” Oxford university Press,
2014. 10b.