85
jarayoni ko‘rsatkichi miqdoriga esa, xo‘jalik yurituvchi
subyektning faoliyat
ko‘lami hamda turli ichki va tashqi omillar ta’sir etadi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt
iqtisodiyotning sanoat tarmog‘iga qarashli bo‘lsa, sotish jarayoni ko‘rsatkichi
mazkur korxonada sotilgan tayyor mahsulotning umumiy miqdori, hamda alohida
turlari bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lish imkoniyatini beradi. Savdo korxonalarida
sotilgan tovarlarning umumiy va alohida turlari bo‘yicha
olingan miqdoriy
ko‘rsatkich sotish jarayoni haqidagi ma’lumotni beradi. Agar korxona qurilish
tashkiloti bo‘lsa, ushbu korxona bajargan va sotilgan ishlari qiymati mazkur
korxona sotish jarayonining miqdoriy ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Iqtisodiyotning tarmoqlari turlicha bo‘lib, ular orasida xizmat ko‘rsatuvchi
sohalar ham mavjud. Masalan, maishiy xizmat ko‘rsatuvchi
korxonalar, bank
muassasalari, mehmonxonalar va hokazo.
Mehmonxona, shifoxonalar uchun asosiy miqdoriy ko‘rsatkichlardan biri
bo‘lib, xizmat ko‘rsatilgan mijozlar soni, oliy o‘quv yurtlari uchun esa
tayyorlangan mutaxassislar soni hisoblanadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mahsulot (ish, xizmat)
sotish
jarayonlaridagi miqdoriy ko‘rsatkichlar nafaqat umumiy, balki mahsulot (ish,
xizmat) alohida turlari bo‘yicha ham zarur bo‘lib, ushbu ko‘rsatkichlarni o‘rganish,
tahlil etish natijasida korxonalar moliyaviy xo‘jalik faoliyatini yanada rivojlantirish
imkoniyatini beruvchi ichki va tashqi omillari aniqlanadi.
Miqdoriy ko‘rsatkichlarga nafaqat sotish jarayoni ko‘rsatkichlari balki,
ta’minot, ishlab chiqarish jarayoni ko‘rsatkichlari ham misol bo‘ladi. Ta’minot va
ishlab chiqarish jarayonlari miqdoriy ko‘rsatkichlarining qay darajadaligi bevosita
sotish jarayoni miqdoriy ko‘rsatkichiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: