93
Tiklash qiymati – bu hozirgi sharoitda asosiy vositalarni
qayta barpo etish
qiymati. Bu qiymati asosiy vositalarning qayta baholash yo‘li bilan aniqlanadi.
Amortizatsiyalanadigan qiymat - moliyaviy hisobotlarda faraz qilinayotgan
(baholangan) tugatish qiymatini chegirgan holda ko‘rsatilgan aktivning
boshlang‘ich (tiklash) qiymati summasi.
Tovar-moddiy zaxiralar (TMZ) shikastlanganda,
qisman yoki butunlay
eskirganda, komplektlashga yoki sotuvni tashkil qilish xarajatlari oshganda,
sotuv
narxi pasaygan holatlarda, tovar-moddiy zaxiralari o‘z
tannarxidan past bahoda
realizatsiya qiymatida baholanishi mumkin.
Sof realizatsiya qiymati- tovar sotilishining taxminiy qiymatidan tovarlarni
sotuv oldidan tayyorlash va uni sotish xarajatlarining ayirmasidir.
Yuqorida
ko‘rsatilgan
me’yoriy hujjatlarning
qoidalarga muvofiq
materiallarni kirim qilishda quyidagi usullar bo‘yicha baholash belgilangan.
Korxona tomonidan maxsus tartibda foydalaniladigan (qimmatbaho
metallar, qimmatbaho toshlar va h.k.) va bir-birining o‘rnini bosmaydigan (ya’ni,
ular oddiy tarzda bir-birini o‘rnini bosmaydi) hamda maxsus loyihalar uchun ishlab
chiqarilgan va mo‘ljallangan (foydalaniladigan) tovar-moddiy zaxiralar tegishli
birligining identifikatsiyalangan tannarxi bo‘yicha baholanadi.
Ushbu usulda maxsus xarajatlar tovar-moddiy zaxiralarning alohida turlarida
olib boriladi. Ushbu usul maxsus loyihalarga mo‘ljallangan
buyumlar uchun, ular
sotib olingan yoki ishlab chiqarilganidan qat’iy nazar, mos keladi.
11-chizma.
Dostları ilə paylaş: