95
-uzoq muddatli aktivlar (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar);
-aylanma mablag‘lar (xomashyo,
materiallar, ehtiyot qismilar, pul
mablag‘lari va boshqalar);
Korxonalar faoliyatida quyidagi mablag‘larga ham zaruriyat tug‘iladi: -qisqa
va uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar (aksiya, obligatsiya, qarzlar, depozitlar. va
h.k.);
Korxonalarda asosiy vositalar quyidagi usullar orqali kirim qilinadi:
a) sotib olish;
b) ta’sischilarning hissasi tariqasida;
c) bepulga olish;
d) Moliyaviy yoki operativ ijaraga olish.
Asosiy vositalar hisobi 0100–“Asosiy vositalar” aktiv schyotda yuritiladi.
Demak, asosiy vositalar ta’sischilardan hissa tariqasida olinsa,
uning oldin
foydalanilgani va foydalanmaganligiga qarab buxgalteriya yozuvlari aks ettiriladi.
Asosiy vositalarni kirim qilish AV-1, ya’ni “Asosiy vositalarni qabul qilish-
topshirish” dalolatnomasida rasmiylashtiriladi.
Ushbu hujjatda qabul qilinayotgan asosiy vositalar bilan bog‘liq ma’lumotlar
aks ettirilgan bo‘lib, shu ma’lumot asosida buxgalteriya yozuvlari aks ettiriladi.
1-misol. Yangi asosiy vositalar ta’sischilardan olindi. Boshlang‘ich qiymati
1000000 so‘m.
Debet 0110-0190
Kredit 4610
2-misol. Oldin foydalanilgan asosiy vositalar ta’sischilardan hissa sifatida
olindi.
Boshlang‘ich qiymat 1000000 so‘m.
Eskirish summasi 240000 so‘m.
Qoldiq qiymati 760000 so‘m.
Asosiy vositaning boshlang‘ich qiymatiga:
Debet 0110-0190 1000000 so‘m.
Kredit 4610 1000000 so‘m.
Asosiy vositaning eskirish summasiga:
Debet 4610 240000 so‘m.
Kredit 0200 240000 so‘m.
Asosiy vosita xarid qilinganda,
uni sotib olish, keltirish, o‘rnatish va
umuman foydalanish holatiga keltirish bilan bog‘liq hamma xarajatlar 0800–
“Kapital qo‘yilmalar” schyotida yig‘iladi, hamda asosiy vosita qiymatini
oshiruvchi xarajatlar hisoblanadi va ushbu xarajatlar yig‘indisi asosiy vositasining
boshlang‘ich qiymatini tashkil etadi.
3-misol. a) Kompyuter xarid qilish maqsadida “A4TECH” kompaniyasiga
96
to‘lov hisoblandi 500000 so‘m.
Debet 0820 500000 so‘m.
Kredit 6010 500000 so‘m.
b) Transport tashkilotiga asosiy vositani keltirish yuzasidan to‘lov
hisoblandi 20000 so‘m
Debet 0820 20000 so‘m.
Kredit 6990 20000 so‘m.
c) Kompyuterni tayyor holatga keltirish yuzasidan firmaga to‘lov hisoblandi
60,000 so‘m.
Debet 0820 60000 so‘m.
Kredit 6990 60000 so‘m.
d) “TECH” firmasiga kompyuter keltirish uchun to‘lov o‘tkazildi 500.000
so‘m.
Debet 6010 500000 so‘m.
Kredit 5110 500000 so‘m.
e) Transport tashkilotiga to‘lov o‘tkazildi 20000 so‘m.
Debet 6990 20000 so‘m.
Kredit 5110 20000 so‘m.
f) Programmalash xizmati firmaga to‘lov o‘tkazildi 60000 so‘m.
Debet 6990 60000 so‘m.
Kredit 5110 60000 so‘m.
g) Asosiy vositalarni qabul qilish topshirish dalolatnomasi (AV-1)
asosida
asosiy vosita kirim qilindi.
Debet 0150 580000 so‘m.
Kredit 0820 580000 so‘m.
Asosiy vositalar bepul ko‘rinishida ham korxonalarda qabul qilinishi
mumkin. Ushbu jarayon yuzasidan quyidagi xususiyatlarga e’tiborni qaratmoq
kerak:
1.
Asosiy vositalarni yangi va oldin foydalanganligiga;
2.
Asosiy vositalarni davlat yoki nodavlat korxonasiga bepul kirim
qilinayotganligiga.
Korxonada mehnat buyumlarining ta’minoti ham zaruriy ta’minot
jarayonlaridan biri hisoblanadi. mehnat buyumlariga xomashyolar, materiallar,
yoqilg‘i, ehtiyot qismlar va boshqalar misol bo‘lib, ularni xarid qilish baholari
bilan birga tashish, keltirish, tushirish xarajatlari ham mavjudki,
biz ularni
transport-tayyorlov xarajatlari deb ataymiz. Demak, sotib olingan mehnat
buyumlari tannarxini ularni sotib olish qiymati va tayyorlov xarajatlari yig‘inidisi
tashkil etadi.
Mehnat buyumlari hisobi 1000–“Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar”da
97
yuritiladi. Mehnat buyumlari bilan haqiqiy ta’minotning miqdor ko‘rsatkichi ushbu
schyotning debetida reja (shartnoma) tannarxida aks ettiriladi. Mehnat
buyumlarining haqiqiy tannarxi sotib olish qiymati va transport tayyorlov
xarajatlari yig‘indisi sifatida aniqlanadi.
Ta’minot jarayonini hisobga oluvchi schyotlar korxonaning asosiy vositalar,
nomoddiy aktivlar,
xomashyo va materiallar, yoqilg‘i, qurilish materiallari va
o‘rnatiladigan
asbob-uskunalar,
ehtiyot
qismlar
bilan
qay
darajada
ta’minlanganligi, sotib olingan, qurilgan, ishlab chiqarilgan mehnat qurollari va
buyumlarining haqiqiy tannarxi haqida tegishli ma’lumotlar beradi va ular ustidan
to‘la nazorat o‘rnatadi.
Demak,
asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, xomashyo va materiallar,
yoqilg‘i, ehtiyot qismlar va boshqa mehnat buyumlarining haqiqiy tannarxi mol
yetkazib beruvchilarning schyot-fakturasida ko‘rsatilgan qiymati, ta’minot
tashkilotlariga to‘langan ustamalar, transportga yuklash
va tushirish chiqimlari,
tashib keltirish uchun transport tashkilotlariga to‘lovlar, mehnat buyumlarini
tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan xizmat safari chiqimlari, ularni tashib keltirish
yo‘lidagi tabiiy kamayish va boshqa chiqimlardan tashkil topadi.
Dostları ilə paylaş: