O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 017 yil fevraldagi 4947-sonli


 Ishlab chiqarish jarayonining hisobi



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/102
tarix08.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#131222
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   102
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

 
5.5. Ishlab chiqarish jarayonining hisobi 
Korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyati uning uchun zarur bo‘lgan pul 
mablag‘lari, xomashyo, asosiy materiallar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar 
va butlovchi buyumlar, yordamchi materiallar, asbob-uskunalar, imorat, inshoot va 
boshqa moddiy boyliklar bilan ta’minlangandan so‘ng boshlanishi mumkin. Ishlab 
chiqarish jarayonida yuqorida sanab o‘tilgan mehnat buyumlariga kishilar mehnat 
qurollari bilan ta’sir qilib, mehnat buyumlarining shakl va ko‘rinishlarini 
o‘zgartiradi, natijada ishlab chiqarish xarajatlari paydo bo‘ladi. Bu xarajatlar ishlab 
chiqarilayotgan 
tayyor 
mahsulotning 
asosini 
tashkil 
qiladigan 
mehnat 
buyumlarining qiymati, ularning shaklini o‘zgartirishga ta’sir qilgan ishchilar ish 
haqi va ish haqiga nisbatan hisoblangan har xil ajratmalar summasi, mehnat 
buyumlariga 
ta’sir qilishda ishchilar tomonidan foydalanilgan mehnat 
qurollarining amortizatsiya summasi hamda ishlab chiqarish faoliyatini boshqarish 
va unga rahbarlik qilish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab sarf-xarajatlar yig‘indisidan 
iborat bo‘ladi. 
Ishlab chiqarish jarayoni bilan aloqador sintetik schyotlar to‘g‘risida 
qisqacha tavsif berib chiqish yo‘li bilan ishlab chiqarish jarayoni hisobining 
vazifalari va ahamiyati haqida talabalarni tanishtirib chiqamiz. 
Ishlab chiqarish jarayonida xo‘jalik yurituvchi subyektlarda tayyor mahsulot 
yaratiladi. Tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun uning turiga qarab xarajatlar 


98 
qilinadi. Mazkur xarajatlar tarkibi esa, “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab 
chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni 
shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi” Nizomda keltirilgan.
Korxonalarda mahsulot ishlab chiqarishda sarflanadigan xarajatlar 2010–
“Asosiy ishlab chiqarish” schyotida asta-sekinlik bilan yig‘ilib boradi. Ishlab 
chiqarish jarayonida buxgalteriya hisobining oldiga quyidagi vazifalar belgilanadi:
-ishlab chiqarish haqiqiy hajmlarni aniqlash bunda jami ishlab chiqarilgan 
mahsulot, hamda mahsulot har bir turi bo‘yicha miqdor ko‘rsatkichlarga ega 
bo‘linadi. Olingan ma’lumotlar ham natura, ham pul o‘lchov birligida bo‘ladi;
-mahsulot haqiqiy tannarxini hisoblash. Buning uchun ishlab chiqarilgan 
barcha mahsulot va uning har bir turi bo‘yicha tannarxga kiritilgan xarajatlar 
xaqidagi 
ma’lumotlardan 
foydalaniladi. Masalan, ishlab chiqarishdagi 
ishchilarning mehnat haqi, materiallar qiymati, mahsulot ishlab chiqarishda 
bevosita qatnashgan asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasi hamda ishlab 
chiqarishga xizmat qiluvchi yordamchi va umumishlab chiqarish xarajatlari.
Ishlab chiqarish hisobini yuritish uchun bir qancha schyotlar qo‘llanilib, 
ulardan asosiysi 2010–“Asosiy ishlab chiqarish” aktiv schyotidir. Mazkur schyot 
yordamida ishlab chiqarish umumiy hajmi aniqlandi. Mahsulot tayyor bo‘lganidan 
so‘ng esa, 2010 schyoti kretidan 2800–“Tayyor mahsulotlar” schyotining debetiga 
o‘tkaziladi.
16-jadval 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin