O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 017 yil fevraldagi 4947-sonli



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/102
tarix08.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#131222
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

Buxgalteriya hisobi
– bu ichki boshqaruv va tashqi iste’molchilar uchun 
joriy, yakuniy ma’lumotlarni tayyorlash, taqdim qilish maqsadida ularga uzluksiz 
hamda o‘zaro bog‘liq kuzatishlar, o‘lchovlar, ro‘yxatga olish, ma’lumotlarni qayta 
ishlash va korxonalar, birlashmalar, muassasalarning xo‘jalik faoliyati ustidan 
nazorat o‘rnatish tizimidir. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilik shakllari turli xil bo‘lgan 
subyektlarning tashkil topish jarayonida ularni boshqarish, faoliyatini nazorat va 
tahlil qilish; ma’muriyat tomonidan tezkor qarorlarning qabul qilinishiga asos 
bo‘ladigan zarur ma’lumotlarni asosan buxgalteriya hisobi taqdim etadi. 
Shu bilan birga bu fan boshqa mamlakatlar buxgalteriya hisobini yuritish 
usullarining ilg‘or shakllarini iqtisodiyot tarmoqlariga joriy etish yo‘llarini ishlab 
chiqadi va amaliyotga joriy etishga tavsiya etadi. 
Har bir jamiyatning ham asosiy maqsadi zaruriy buyumlarni ishlab 
chiqarish, ayirboshlash, taqsimlashdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirish uchun 
kishilar ijtimoiy hayotida sodir bo‘layotgan voqea va hodisalarni kuzatish, 
jamiyatda mavjud bo‘lgan mehnat buyumlari, mehnat qurollarini, hamda mehnat 
jarayonlarini hisobga olib borish zarur bo‘ladi.
Tovar ayirboshlash davrida iqtisodiyot hisobi ahamiyati ko‘paydi, chunki 
tovar ayirboshlash uchun umumiy ekvivalent talab etiladi. Umumiy ekvivalent esa 
faqat hisob-kitobni tahlil etish, to‘g‘ri yurgizish orqaligina ega bo‘lishi mumkin, 
7 B.Nidiz, H. Anderson, D. Kolduyell “Princibles of Accounting” 
8 B.Nidiz, H. Anderson, D. Kolduyell “Princibles of Accounting” 


19 
ya’ni almashtiriladigan tovarni ishlab chiqarishga sarflangan ijtimoiy zaruriy 
mehnat miqdorini aniqlash kerak bo‘ladi. Ishlab chiqarish kengaytirilgan takror 
ishlab chiqarish jarayonini o‘sishi natijasida xo‘jalik faoliyatiga rahbarlik qilish 
murakkablashgan va moddiy ishlab chiqarish asosida vujudga kelgan iqtisodiyot 
hisobi ahamiyati oshgan, jamiyatni hamma sohalarida mulklarni hisobga olish 
borasidagi, iqtisodiy faoliyatini boshqarishdagi roli oshib borgan. 
Xo‘jalik hisobi asosan quyidagi funksiyalarni bajaradi: 
a) iqtisodiyot tarmoqlarida sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayonlarini kuzatib 
borish; 
b) kuzatish orqali olingan ma’lumotlarni miqdoriy ko‘rsatmalarda ifodalash; 
c) korxona, tashkilot, muassasa xo‘jalik faoliyatlarini kuzatish natijalarini 
maxsus hujjatlarda qayd etish; 
d) maxsus hujjatlarda aks ettirilgan ma’lumotlarni umumlashtirish va 
guruhlashtirish, xo‘jalik jarayonlari ustidan nazorat o‘rnatish hamda ularga ta’sir 
etish. 
Xo‘jalik hisobining yuqoridagi funksiyalari ayrim korxona, muassasa, 
tashkilot va umuman butun iqtisodiyotning iqtisodiy jihatdan asoslangan joriy va 
kelgusidagi reja ko‘rsatkichlarini tuzishda, ular bajarilishini ustidan nazorat olib 
borishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Iqtisodiy jarayonlarni kuzatish, tashkil qilish tegishli manbalarni 
o‘zgarishiga olib kelish bilan birga ularga bo‘lgan talabni o‘rganish imkonini 
beradi. Bu imkoniyatni faqat hisob yuritish yo‘li bilan amalga oshirish mumkin. 
Ishlab chiqarishni o‘sib borishi tovar ayirboshlashni kuchayishiga olib keladi.
Iqtisodiy o‘zgarishlarni o‘rganishda, mulkiy munosabatlarni tartibga 
solishda hisobning o‘rni alohida bo‘lib, uning yordamida korxona mablag‘larini 
to‘liqligi, boshqaruv tizimini takomillashtirishda hisob ko‘rsatkichlaridan to‘g‘ri 
foydalanish, 
korxona 
xarajatlarini 
kamaytirish, 
mablag‘lardan 
samarali 
foydalanishga olib keladi. 
Hisobni takomillashib borishiga birinchidan, ishlab chiqarishni o‘sib borishi 
o‘z ta’sirini o‘tkazib borsa, ikkinchidan, boshqaruv tizimidagi o‘zgarishlar ham 
hisobni rivojlanib borishiga asos yaratadi. 
Hisob yordamida turli mulkchilikka asoslangan korxona va tashkilotlarda 
amalga oshirilgan iqtisodiy jarayonlar (o‘zgarishlar) kuzatiladi. 
Xo‘jalik hisobining turlarini quyidagi chizmada ko‘rishimiz mumkin: 


20 
1-chizma.

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin