O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 017 yil fevraldagi 4947-sonli


Dt Materiallar Kt Dt Asosiy ishlab chiqarish Kt



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/102
tarix08.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#131222
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   102
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

Dt Materiallar Kt Dt Asosiy ishlab chiqarish Kt 
1000 000 600 000 600 000 
540 000540 000 
Aksincha, yozilishi kerak bo‘lgan summadan kam summa yozilgani 
aniqlansa, «qo‘shimcha yozuv» usulidan foydalaniladi. 
Masalan, xodimlarga hisoblangan ish haqidan 170 000 so‘m daromad solig‘i 
ushlab qolindi. Xo‘jalik jarayoni buxgalteriya hisob registrida quyidagi 
buxgalteriya provodkasi asosida aks ettiriladi: 
Debet «Xodimlar bilan mehnat haqi « yuzasidan hisob-kitob. 
Kredit «Byudjet bilan hisob-kitob» 
Xato yozuv orqali yuqoridagi schyotlar uchun yuritiladigan buxgalteriya 
hisob registriga 170 000 soni o‘rniga 120 000 soni yozilgani aniqlandi. 
170 000 – 120 000 = 50 000 
Xato yozuv to‘g‘rilanishi uchun 50 000 qo‘shimcha yozuv aks ettirilishi 
kerak. 
Materiallar qiymatida farqlar ijobiy yoki salbiy bo‘lishiga ko‘ra tegishli 
schyotlarga «qo‘shimcha yozuv» yoki «qizil yozuv» usuli orqali aks ettiriladi. 
 
7.4. Buxgalteriya hisobining shakllari: memorial-order, Bosh jurnal, jurnal-
order, informatsion texnologiyalarga asoslangan va soddalashtirilgan shakl 
Buxgalteriya hisobining shakli deb hisob registrlaridan foydalanishning 
ketma-ketligi va bajarilish texnikasini yuzaga chiqaradigan ma’lum tizimga 
aytiladi. 
Registrlarning shakli va tuzilishi, sintetik va analitik hisob registrlarining 
o‘zaro xronologik va sistematik bog‘liqligi, yozuv ketma-ketligi va bajarilish 
texnikasi buxgalteriya hisobining shaklini aniqlaydigan asosiy belgidir. 
Korxonalar faoliyati hisobi yuritilar ekan, bunda bir necha buxgalteriya 
hisob shakllaridan foydalanadi. Korxonada qo‘llaniladigan hisob shakllarini 
tanlash quyidagi omillarga bog‘liq bo‘ladi: 
-
korxona hisob ishlarini hajmi ko‘p yoki kamligiga; 
-
korxona buxgalteriya xodimlarining malaka va tajribalariga va hokazo. 
Korxonada qaysi hisob shakli qo‘llanilishidan qat’iy nazar, O‘zbekiston 
Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuniga to‘liq amal qilinishi 
shart. Buxgalteriya hisobi shakllari quyidagi turlarga bo‘linadi: 

memorial order shakli 

bosh daftar shakli


136 

jurnal order shakli 

elektron-avtomatlashtirilgan shakl 
Buxgalteriya hisobi shakllari bir biridan quyidagi xususiyatlariga ko‘ra farq 
qiladi: 
1. 
Shakldagi registrlarning soni, vazifasiga ko‘ra. 
2. 
Registrlar tashqi ko‘rinishiga ko‘ra. 
3. 
Registrlarda xronologik va tizimli yozuvlar aks ettirilishiga ko‘ra. 
4. 
Sintetik va analitik hisob ma’lumotlarini birgalikda yozish tartibiga ko‘ra. 
5. 
Yozuvlarni yozish tartibi va texnika vositalarning qo‘llash tartibiga ko‘ra. 
Memorial - order shakl 
Amaliyotda memorial-orderlar bir turdagi bir oylik xo‘jalik muomalalari 
jami bo‘yicha tuziladi. Ushbu muomalalarni rasmiylashtiradigan memorial-
orderlarga oldindan raqam berilgan bo‘ladi. Masalan, «Kassa» schyotining debeti 
va u bilan korrespondensiyalanadigan schyotlarning krediti bo‘yicha muomalalarni 
yozish uchun №1 memorial-order, «Kassa» schyotining krediti bo‘yicha esa №2 
memorial-order tuziladi. Bunday tajriba oy davomida analitik schyotlar bo‘yicha 
ularni oy oxirida sintetik schyotga birlashtiruvchi 
yozuvlar bo‘yicha 
rasmiylashtiradigan memorial-order raqami ko‘rsatilgan holda yozib borish 
imkonini beradi.
Memorial-orderni tuzish uchun asos bo‘luvchi barcha hujjatlar unga ilova 
qilinib (biriktirilib), ustiga shtamp bosish yo‘li bilan so‘ndiriladi. Ro‘yxatga olish 
daftarining jami oylik summasi sintetik schyotlar bo‘yicha oborot vedomosti 
oborotlarining jami bilan taqqoslash uchun foydalaniladi. Shu bilan sintetik hisob 
tomonidan xo‘jalik muomalalarining to‘liq qamrab olinishini tekshirishga 
erishiladi. Memorial-orderlar tuzilib, ro‘yxatga olish daftarida qayd qilinganidan 
so‘ng yozuvlar Bosh daftardagi sintetik schyotlarga o‘tkaziladi. Memorial-order 
shaklining Bosh daftari ikki tomonlama yoyiq shaklga ega bo‘lib, har bir sintetik 
schyot uchun alohida yoyiq ikki bet ajratiladi. Ushbu daftarda memorial-
orderlarning yozuvlari har bir schyot bo‘yicha korrespondensiyalanuvchi schyotlar 
ko‘rsatilgan holda yozilib, u yoki bu davr uchun ko‘rsatkichlarni umumlashtirish 
imkonini beradi.
19-jadval 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin