O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 017 yil fevraldagi 4947-sonli



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/102
tarix08.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#131222
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   102
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

 
9.4. Korxona hisob siyosati 
Hisob siyosati buxgalteriya hisobini yo‘lga qo‘yish usullarining tartiboti 
bo‘lib, ustav va boshqacha faoliyatning iqtisodiy hodisalar faktini dastlabki 
kuzatish (hujjatlashtirish va inventarizatsiya), qiymat o‘lchovida ifodalash 
(baholash va kalkulyatsiya), joriy guruhlash (schyotlar va ikkiyoqlama yozuv) va 
yakuniy umumlashtirish (balanslashtirish va hisobot)dan iborat. Buxgalteriya 
hisobining bir xildagi metodini har xil korxonalarda amalga oshiradigan hisob 
siyosati turlicha bo‘ladi. Baholash, kalkulyatsiya, xo‘jalik operatsiyalarini aks 


179 
ettirish tartibi va hokazolarning muayyan usullarini tanlash imkoniyati 
korxonaning hisob siyosatini shakllantirishdagi tanlash erkinligini bildiradi. 
Hisob siyosatining asosiy vazifasi – korxona faoliyatini yuqori darajada 
obyektiv aks ettirish, uning faoliyatini samarali boshqarish maqsadida to‘liq va 
ishonchli axborotlarni shakllantirishdan iborat. 
Jumladan, korxona hisob siyosati quyidagilarni ta’minlashi lozim: 
­
xo‘jalik faoliyatining barcha faktlarini buxgalteriya hisobida to‘liq aks 
ettirish (to‘liqlik tamoyili); 
­
xo‘jalik faoliyati faktlarini buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda o‘z 
vaqtida aks ettirish (o‘z vaqtidalik tamoyili); 
­
mumkin bo‘lgan daromadlar va aktivlarga qaraganda xarajatlar va 
majburiyatlarni buxgalteriya hisobida tan olishga tayyor turish, yashirin rezervlar 
yaratilishiga yo‘l qo‘ymasdan (ehtiyotkorlik tamoyili); 
­
xo‘jalik faoliyati faktlarini nafaqat ularning huquqiy shaklidan kelib 
chiqqan holda, balki iqtisodiy mazmuni va xo‘jalik yuritish sharoitlaridan kelib 
chiqqan holda buxgalteriya hisobida aks ettirish (mazmunning shakldan ustuvorligi 
tamoyili); 
­
har oy oxiriga sintetik hisob schyotlari bo‘yicha qoldiq va oborotlarning 
analitik hisob ma’lumotlariga tengligi (o‘zaro zid bo‘lmaslik tamoyili); 
­
korxonaning hajmi va xo‘jalik faoliyatining shart-sharoitlaridan kelib 
chiqqan holda buxgalteriya hisobini oqilona yuritish (oqilonalik tamoyili). 
Buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS) xo‘jalik yurituvchi 
subyektning turli hisobot davrlaridagi moliyaviy hisobotlari, shuningdek turli 
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy hisobotlari qiyoslanishini ta’minlash 
maqsadida xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotini shakllantirish va tuzish 
uchun asoslarni belgilab beradi. 
Bu maqsadga erishish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisob 
siyosati va moliyaviy hisobotiga asos bo‘ladigan konsepsiyalar hamda moliyaviy 
hisobotning mazmuniga eng kam miqdordagi talablar ko‘zda tutilgan. 
Ayrim operatsiyalar va voqealarni aks ettirish, ularni o‘lchash hamda ochib 
berish uchun batafsil talablar BHMSlarda bayon qilinadi. 
Moliyaviy hisobotdan tashqari taqdim etilishi lozim bo‘lgan axborotlarga 
talablarni bayon qilmaydi. Masalan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy 
hisobotga qo‘shimcha axborot sifatida moliyaviy sharhlarni taqdim etishlari 
mumkin. 
Hisob siyosatini buxgalteriya hisobini yuritish subyektlarining mablag‘larini 
hisobot yilida baholashning uslubiy qoidalarining yig‘indisi deb ta’riflash mumkin. 
Endilikda har qanday mulkchilik shaklidagi, tashkiliy-huquqiy tuzilishdagi 
va tarmoqqa tegishli subyektlar quyidagi sohalar bo‘yicha o‘zining hisob siyosatini 


180 
tanlab olishi mumkin: 
-
asosiy vositalarning amortizatsiyasini hisoblash; 
-
asosiy vositalarni ta’mirlash sarflarini hisobga olish; 
-
materiallarni sotib olish sarflarini hisobga olish; 
-
moddiy aylanma mablaglarining hisobini tashkil qilish va baholash; 
-
ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish; 
-
materiallar, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot, jo‘natilgan 
tovarlarni baholash; 
-
ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotni hisobda aks ettirish; 
-
mahsulot (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasini hisobga olish; 
-
shubhali qarzlar bo‘yicha har xil zaxira (rezerv)larni yaratish; 
-
sof foyda hisobidan har xil jamg‘armalarni xosil qilish va boshqa masalalar 
bo‘yicha. 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin