yetakchi, ya’ni yangi psixologik xususiyatlarning shakllanishiga bevosita ta.’sir ko'rsatuvchi faoliyat sifatida gavdalanadi/ "Muloqot inson hayoti va faoliyatining muhim shartidir. Aynan muloqot yordamida insonlar tabiatni o'zlashtirish va o'z ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikda harakat qilish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Muloqot jarayonida inson xulq-atvorining muayyan obraz va modellari shakllanib, keyinchalik ular interiorizatsiyalanadi. Muloqot davomida ijtimoiy va shaxsiy munosabatlar amalga oshadi, uning vositasida hamkorlikdagi faoliyat ro'yobga chiqariladi. Muloqot psixologiyasi sohasidagi bilimlarni yoshlar, ayniqsa, bo'lajak o'qituvchilarga yetkazish ularning psixologik savodxonligini oshiradi, ma’naviy-axloqiy tarbiyasini yuksaltirishga, bo'lg'usi pedagogik faoliyatlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradi. www.ziyouz.com kutubxonasi
Yaratiladigan yangi qo‘llanmalar oldiga o‘quvchi yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, ularning ongiga milliy g‘oya asoslarini singdirish; vatanparvarlik tuyg‘usini tarbiyalash, o‘tmish va buyuk kelajak haqida fikrlash, u bilan faxrlanish hissini, yangicha tafakkurni shakllantirish; bozor iqtisodiyotiga mos keladigan muloqot madaniyatini o‘zlashtirishni ta’minlash kabi maqsadlar qo'yiladi. «Muloqot psixologiyasi» fanidan o'quv qo'llanma hozirga qadar yetarlicha sifat va mazmunda yaratilmagan. Mazkur o'quv qo‘llanmada har bir mavzuni mustahkamlash uchun savollar, psixologik test va masalalar, shuningdek psixologik xususiyatlami aniqlovchi metodikalar (uslubiyat) berilgan. Bular dars samaradorligini oshirib, talabalarni mustaqil va ijodiy fikrlashga o'rgatadi.