M maxsudova muloqot psixologiyasi o'quv qo'llanma toshkent «turon-iqbol» 2006


almashinuvini anglatadi. Hayvonlar o'rtasidagi signallar almashinuvi



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/62
tarix08.11.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#131224
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
32. Muloqot psixologiyasi (M.M) @profayling uz

almashinuvini anglatadi. Hayvonlar o'rtasidagi signallar almashinuvi,
insonning texnik vositalar bilan aloqa qilishi — bulaming barchasi
kommunikatsiya. Muloqot esa faqat insonlar o'rtasidagina amalga
oshirilishi mumkin. Inson bolasi aynan boshqalar bilan muloqotda va
munosabatda bo'lish jarayonida shaxsga aylanib boradi, ijtimoiy tajriba
va madaniyatni egallab boradi. Muloqot ijtimoiy faollikning ontogenezda
(individual rivojlanish yo'li) paydo bo'ladigan birinchi turidir. Faoliyat
davomida insonlar o'rtasida yangi-yangi munosabatlar va aloqalar
shakllanadi. Demak, faoliyat va muloqot o'zaro chambarchas bog'liqdir.
Kishilar munosabatga kirishishda awalo tilga murojaat qiladilar.
Muloqotning yana bir jihati munosabatga kirishuvchilarning o'zaro
birgalikdagi harakati — nutq jarayonida faqat so'zlar bilan emas,
balki harakatlar bilan ham muloqot yuritishdan iborat. Munosabatning
keyingi jihati muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta
olishlaridir. Masalan, biz bir kishi bilan muloqotga kirishishdan awal
uni hurmat qilib yoki mensimasdan munosabatda bo'lamiz. Demak,
muloqot jarayonida 
kommunikativ
 (axborot uzatish), interaktiv (o'zaro
birgalikda harakat qilish) va 
perseptiv
 (o'zaro birgalikda) idrok etish
amalga oshiriladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Har b ir kishining o'z «Men«i atrofdagilar bilan bo'ladigan 
muloqot jarayonida shakllanadi. Shaxsning hayot yo'llari awal oilada, 
bog'cha, maktab, institut, ishxona, keksalar orasida, ya’ ni guruh va 
jamoalarda rivojlanadi. Muloqotga bo'lgan ehtiyojimiz qondirilmasa, 
ongimiz ham rivojlanmaydi. Kim lar bilandir bo'lgan muloqotdan 
qoniqish hosil qilamiz, ayrim hollarda esa qoniqmaslikni his qilamiz.
Pedagogik muloqot bu — muloqot turlaridan biri bo'lib, pedagogik 
faoliyatda muhim o 'rin tutadi.

Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin