3.Kutubxonachilik ishining davlat xarakteri. O‘zbekistonda kutubxonachilik ishiga davlat rahbarligida amalga oshiriladi.
Boshqarishning davlat- jamoatchilik organlari kutubxonachilik xizmatiga bo‘lgan
talablarni hisobga olgan holda kutubxonachilik xizmati ko‘rsatishning samarali
tizimini barpo etishga zarur mablag‘lar bilan ta’minlash, davlatning ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyoti rejalari va byudjetlarni ko‘rib chiqishda kutubxonalar
ehtiyojini himoya qiladi va ularni maqsadga muvofiq ta’minlashga erishadi,
kutubxonachilik ishi rivojiga ajratilgan mablag‘larni to‘la va samarali ishlatishga
yordam beradi, kutubxonalar va ularni boshqarish organlari tashabbusini
manfaatdorligini oshiruvchi yangi xo‘jalik mexanizmini yaratish ishlari bilan
shug‘ullanadi.
Kutubxonachilik
ishini
boshqarishning
davlat-jamoatchilik
organlari
kutubxonachilik qurilishining huquqiy va normativ asoslarini shakllantiradi,
kutubxonachilik qonunlari va tegishli huquqiy
hujjatlarning mukammal tizimini ishlab chiqadi.
4. Mustaqil kutubxonachilik siyosatini yuritish. Bu yangilanish davridagi kutubxonalarnig eng muhim prinsiplaridan biri bo‘lib, u
mehnat jamaosi qatnashuvida o‘z dasturini qabul qilish va uning bajarilishini
ta’minlash; boshqarish jarayonida o‘zini-o‘zi rivojlantirish tizimi sifatidagi
imkoniyatlarni amalga oshirish, iqtisodiy mustaqillik va huquqiy kafolat kabi
kutubxonachilik siyosatini yuritishni taqozo etadi. Bu pritsipga ko‘ra kutubxonalar
mavjud xarajatlar doirasida o‘z xodimlari miqdori va kutubxona tuzilishini
aniqlashga, ularning ustavida hamda kutubxonachilik ishini rivojlantirishning
umumrespublika va xududiy dasturida qayd qilingan maqsad va funksiyalarga
muvofiq faoliyatning aniq yo‘nalishlari va shakllarini belgilashga huquqlidir.
Davlat kutubxonalari ommabop kutubxona tarzida barcha uchun ochiq bo‘lishi va
asosiy kutubxonachilik xizmatini bepul amalga oshirmoqlari lozim. Ular turli
yo‘lllar bilan kelib tushadigan harajatlardan, eng avvalo respublika va mahalliy
byudjetlardan, o‘z xizmati evaziga tushgan mablag‘lar, jamoatchilik tashkilotlari
harajatlari, jamoa va shaxsiy hayr- ehsonlar hisobidan mablag‘ bilan
ta’minlanadilar.
Tub
iqtisodiy islohotlarning o‘tkazilishi va yangi ishlab chiqarish
munosabatlarning shakllanishi jarayonida xilma-xil tijorat kutubxonalari paydo
bo‘ladi. O‘zini –o‘z mablag‘ bilan ta’minlash prinsipiga amal qilib, bunday
kutubxonalar pullik kutubxonachilik- axborot xizmati shakllarini kengaytirishdan
manfaatdor bo‘ladi.