43
haqidagi ma’lumotlarni bilish kutubxona xodimidan maxsus bilimlarni talab etadi.
Olimlar va mutaxassislarni axborotga bo‘lgan so‘rovlarining mazmuniga
ularni kasbiy faoliyati ta’sir ko‘rsatadi, ularni kutubxona resurslariga bo‘lgan
talablarning aniqlanishi esa mavzuli yo‘nalish orqali belgilanadi. Shuning uchun
maxsus kutubxonalar bir- biri bilan avvalo bilim sohalari bo‘yicha farq qiladi.
Maxsus kutubxonalarni uchta asosiy guruxga ajratish mumkin: ijtimoiy-
ilmiy (gumanitar), tabiiy-ilmiy va amaliy soxa. Keyingi bo‘linish maxsus
kutubxonalarni fan tarmoqlari va ishlab chiqarishga mo‘ljjalangan fondlarni tashkil
etishga qarab amalga oshiriladi (astronomik va geologik, geografik va kartografik,
tarixiy va san’atshunoslik, yuridik, meditsina, qishloq xo‘jaligi, texnika va x.k).
Maxsus kutubxonalarni tabaqalashtirishning
muxim belgilaridan biri
kutubxona mansub bo‘lgan tashkilotning ish faoliyati xisoblanadi. Shunga asosan
ilmiy, o‘quv, ishlab chiqarish va boshqaruv kutubxonalari ajratiladi. Shuningdek
boshqa belgilar bo‘yicha ham guruxlarga ajratish mumkin. Masalan,
kutubxonalarni statusi bo‘yicha- respublika, soha bo‘yicha markaziy, regional,
bosh
kutubxona, shoxobcha. Adabiyotlar turi bo‘yicha - (patent kutubxonasi),
abonentlarga xizmat ko‘rsatish kategoriyasi bo‘yicha (ko‘zi ojizlar kutubxonasi).
O‘zbekiston xududida maxsus kutubxonalar X1X asrning ikkinchi yarmidan
paydo bo‘la boshladi va ular ma’lum gurux kishilariga xizmat ko‘rsatar edi. Ular
dastavval Samarqand va Toshkent shaxrida faoliyat yuritdilar. Bu tipdagi
kutubxonalar avvalo ilmiy-texnik jamiyatlar qoshida tashkil etildi va rus axolisiga
xizmat ko‘rsata boshladi. Ulardan faqat ilmiy va injener-texnik xodimlar,
ma’muriyat va ilmiy muassasalar vakillarigina foydalanishgan.
O‘zbekistondagi eng yoshi ulug‘ maxsus kutubxonalar- O‘zbekiston FA
Astronomiya instituti kutubxonasi( 1873 y.), Samarqand viloyatidagi lalmi
tuproqshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti kutubxonasi (1913 y.), O‘zbekiston Davlat
madaniyat va san’at muzeyi ilmiy-ma’lumot kutubxonasi (1911y.Samarqand)
xisoblanadi.
Respublikadagi yirik maxsus kutubxonalar quyidagilardir:
O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining asosiy kutubxonasi;
Respublika ilmiy pedagogika kutubxonasi;
Respublika
ilmiy meditsina kutubxonasi;
Markaziy ilmiy qishloq xo‘jaligi kutubxonasi.
Ushbu kutubxonalarning fondi million nusxadan oshib ketgan.
O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining sosiy kutubxonasi 1933 yilda tashkil
etilgan.Uni
tarixi
respublikadagi
ilm-fanni
rivojlanishi
bilan
uzviy
bog‘langan.Ushbu kutubxona akademik kutubxonalar tarmog‘ini boshqaradi. Uni
tarkibiga 30 ga yaqin ilmiy-tekshirish institutlarini kutubxonalari kiradi.
Maxsus kutubxonalar ichida asosiy o‘rinlardan biri texnika kutubxonalari
kiradi. Texnika kutubxonalari ichida eng ko‘p tarqalganlari ishlab chiqarish
korxonalari va birlashmalari qoshidagi kutubxonalari xisoblanadi.Ularni fondida
salmoqli o‘rinni jurnallar, texnik xisobotlar, ma’muriy-idoraviy nashrlarning ba’zi
bir xillari, standartlar, chizma-konstruktorli xujjatlar va boshqalar tashkil etadi.
Ular kitobxonlarga zudlik bilan ilmiy-texnika xujjatlari haqida axborot berish
44
imkonini beradi. Texnika kutubxonalarida asosan keyingi yillarda chop etilgan
adabiyotlar bo‘ladi. Chunki texnikaga oid adabiyotlar juda tez eskiradi.
Respublika texnika kutubxonalari ichida yetakchi o‘rinni 1957 yilda tashkil
etilgan, 2 milliondan ortiq kitob fondiga ega bo‘lgan Respublika ilmiy-texnika
kutubxonasi tashkil etgan. Hozirda ushbu kutubxona Alisher Navoiy nomidagi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tarkibiga kirgan.
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash axoliga meditsina xizmati ko‘rsatish tizimida
286 ta maxsus kutubxonalar mavjud bo‘lib, ular tarkibiga 12
ta viloya meditsina
kutubxonalari, meditsina ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy va o‘rta maxsus o‘quv
muassasalari,
davolash-profilaktika
muassasalari,
kasalxonalar
qoshidagi
kutubxonalar kiradi
Respublikada Qishloq xo‘jaligi soxasiga oid maxsus kutubxonalari
kamchilikni tashkil etadi. Ularni jami -27 ta. Ushbu kutubxonalari asosan ilmiy-
tadqiqot institutlari,
tajriba uchastkalari,
Dostları ilə paylaş: