Madaniyatshunoslik



Yüklə 3,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/111
tarix08.11.2023
ölçüsü3,52 Mb.
#131275
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111
Majmua Kutubxonashunoslik 1-kurs

 
 
 
 
Tuzuvchi: 
 
 
O.Topildiyev – 
tarix fanlari nomzodi, dotsent
 
 
Taqrizchi:
Z.Xaydarov – 
tarix fanlari nomzodi, dotsent
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



 

KUTUBXONASHUNOSLIK
” 
FANINING 
QISQACHA TAVSIFI
1-Modul. Kutubxonаshunoslik fanining umumnаzаriy mаsаlаlаri 
 
1-mavzu: Kutubxonashunoslik faniniga kirish, fanning
maqsadi va vazifalari 
Reja: 
1. Kutubxonashunoslik fanning obyekti va predmeti.
2. Kutubxonashunoslik fanning mazmuni va asosiy yo‘nalishlari.
3. Zamonaviy muammolari va rivojlanish tendensiyalari 
 
Tayanch so`z va iboralar 
O`zbekistonda kutubxonachilik ishi tarixi, 
Kutubxonachilik ishi tarixi va 
nazariy asoslarining umumlashtirilishi, 
Kutubxona-axborot faoliyati

 
Kutubxona-axborot faoliyati - kitob boyliklari va boshqa axborot 
manbalaridan jamiyat a’zolarini foydalanishini tashkil etish maqsadida davlat, turli 
jamoat tashkilotlari va xususiy shaxslar tomonidan tashkil etilgan kutubxonalar 
tizimi bo‘lib, ular o‘zida jamiyatimizda, axborot, madaniy-ma’rifiy va ta’lim berish 
vazifalarini bajaruvchi soha xisoblanadi. Axborot-kutubxona faoliyati soxasi, 
boshqa amaliy sohalar kabi o‘zini ilmiy-nazariy asoslariga ega bo‘lishligi talab 
etiladi. Bu vazifani “Kutubxonashunoslik” fani o‘rganadi. 
“Kutubxonashunoslik” 
fanining 
asosiy 
maqsadi 

talabalarga 
kutubxonashunoslik, shu bilan birga axborot-kutubxona faoliyati soxasi uchun 
asosiy ilmiy -nazariy masalalarni, umumiy tamoyillar, qonuniyatlar, metodologik 
asoslarni, sohaning istiqbollarini, jamiyatni axborotlashtirish bilan bog‘langan 
xolda o‘rgatishdir.
 
Fanning vazifasi - talabalarning kasbiy tayyorgarligini tubdan yaxshilash va 
bo‘lg‘usi mutaxassislarga ixtisoslik bo‘yicha malakalarini yanada mustahkamlash 
uchun kutubxonashunoslik uslubiyoti va metodologiyasi, kutubxonashunoslikni 
boshqa fanlar bilan bog‘likligi, respublikamiz kutubxona tarmoqlari va tizimlari va 
ularda mavjud muammolar, istiqbollar hamda axoliga axborot-kutubxona xizmati 
ko‘rsatishning ahvoli va muammolari, AKM, ARM va kutubxonalar faoliyati va 
ularni boshqa tashkilotlar bilan hamkorligi masalalari va boshqalar haqida zaruriy 
bilimlar berish va ma’lum bir ko‘nikmalarni shakllantirish xisoblanadi. 
“Kutubxonashunoslik” fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan 
masalalar doirasida bakalavr: 
- ushbu fanni o‘zlashtirish davomida qo‘yiladigan talablar asosida amaliy va 
tajriba mashg‘ulotlarini bajarishlari,shuningdek fanning maqsadi, vazifasi, 
tamoyillari, qonuniyatlari, metodologiyasini va metodlarini, kutubxonalar 
tipologiyasini bilishi kerak.
- fanni o‘zlashtirish uchun tavsiya etilayotgan adabiyotlarni mustaqil 
o‘rganish, ularni tahlil qilish ko‘nimalariga va malakalarga ega bo‘lishlari kerak.



-egallagan bilimlari asosida mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lishlari va 
ularni amaliy muammolarni hal qilishda qo‘llay olishlari kerak.
-fanni o‘zlashtirish natijasida hosil qilingan bilim va ko‘nikmalaridan ilmiy-
tadqiqot va malakaviy bitiruv ishlarini bajarishda foydalana olishlari zarur.
“Kutubxonashunoslik” fani ixtisoslik fanlardan biri hisoblanadi va bakalavr 
tayyorlash o‘quv rejasidagi “Ijtimoiy-gumanitar” va “Mutaxassislik fanlari” 
yo‘nalishidagi barcha fanlar bilan chambarchas bog‘liq. Fan bo‘yicha o‘quv 
mashg‘ulotlari o‘quv rejasiga ko‘ra o‘quv materialining mazmuni va pedagogik 
maqsadlariga qarab, ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar ko‘rinishida tashkil etiladi. 
Fan bo‘yicha nazariy bilimlarni mustahkamlab borish uchun ma’ruza 
mashg‘ulotlaridan hamda amaliy mashg‘ulotlaridan foydalaniladi. 
“Kutubxonashunoslik” fanini talab darajasida o‘zlashtirish, talabalarda, 
Kutubxonashunoslik fani va axborot-kutubxona faoliyati sohasi bo‘yicha 
fundamental bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilishdan, hamda ularni 
kelgusida axborot-kutubxona muassasalari faoliyatida qo‘llay olishdan iborat
Fanni o‘zlashtirish chog‘ida darslik, o‘quv qo‘llanmalari, ma’ruza matnlari 
va ularning elektron versiyalaridan, shuningdek ma’lumot olishning internet 
tizimidan foydalaniladi. Fanni o‘rganishda mashg‘ulotlarning quyidagi turlaridan 
foydalaniladi: ma’ruza mashg‘ulotlari, amaliy mashg‘ulotlar, fan mazmuniga 
tegishli o‘quv materiallarini mustaqil o‘rganish. 
O‘quv fanini yaxshi o‘zlashtirish uchun uni bayon etish chog‘ida faol 
o‘qitish usullaridan (muammoli holatlar hosil qilish, jamoaviy tafakkur faoliyatini 
tashkil etish, shaxsiy topshiriqlar berish), informatsion texnologiyalardan 
foydalanish ko‘zda tutilgan. Talabalarda amaliy ko‘nikmalarni hosil qilish va 
mustahkamlash uchun amaliy mashg‘ulotlar topshiriqlarini va uy vazifalarini 
bajarish chog‘ida elektron hisoblash texnikasidan keng foydalanishga e’tibor 
beriladi. 
O‘quv fanining talabalar tomonidan o‘zlashtirilishi oraliq nazoratlari (semestr 
davomida ikki marta) va yakuniy nazorat tadbirlarini o‘tkazish orqali amalga 
oshiriladi. Oraliq va yakuniy nazoratlar mos ravishda fanning ayrim bo‘limlari 
yoki barcha bo‘limlari bo‘yicha yozma ish yoki test savollari ko‘rinishida 
o‘tkaziladi.
Kutubxonashunoslik fanida quyidagi asosiy mavzular o‘rganiladi: Fanning 
nazariy va metodologik asoslari. Kutubxonashunoslik fanining hozirgi ahvoli
taraqqiy ettirish yo‘llari va muammolar. Kutubxonashunoslik fanning boshqa 
fanlar bilan bog‘liqligi. Fanning maqsadi va vazifalari. 
Kutubxonashunoslik fanining ilmiy va o‘quv fani sifatida paydo bo‘lishi va 
shakllanishi. Zamonaviy kutubxonashunoslik fanining mazmuni, funksiyalari va 
tarkibi. Kutubxonashunoslik fanining metodologiyasi va ilmiy usullari. 
Kutubxonashunoslik fanini kutubxona-bibliografik va axborot fanlari bilan o‘zaro 
aloqalari 
Zamonaviy axborot-kutubxona muassasalarining O‘zbekistondagi ijtimoiy 
funksiyalari. 
Axborot-kutubxona 
muassasalarining 
tarkibiy-funksional 
xarakteristikasi. Axborot-kutubxona muassasalarining asosiy tiplari va xillari. 



Kutubxonachi kadrlarning tayyorlash va malakasini oshirish. Kutubxonachi 
kasbiga bo‘lgan kasbiy talablar. Axborot-kutubxona muassasalarining tashkiliy 
tuzilmasi. O‘zbekistonning taniqli kutubxonashunoslari. Sohalarga oid baza 
ma’lumotlarini 
yaratuvchi 
kutubxonachining 
faoliyati. 
Kutubxonachi-
katologizatorning faoliyati. Multimediya resurslarini (CD,DVD) saqlash va undan 
foydalanishni tashkil etuvchi kutubxonachining faoliyati. Axborot-kutubxona 
faoliyatini boshqarish tizimi 
Axborot-kutubxona muassasalarida qo‘llanilayotgan axborot texnologiyalari 
jarayonlarining xalqaro tendensiyalari. O‘zbekistonda axborot-kutubxona fanining 
rivojlanishi. 
“Kutubxonashunoslik” 
fanini 
o‘qitish 
jarayonida 
kompyuter 
texnologiyasidan foydalaniladi.Ayrim mavzular bo‘yicha talabalar bilimini 
baholash test asosida va kompyuter yordamida bajariladi. Tarqatma materiallar 
tayyorlanadi, test tizimi hamda tayanch so‘z va iboralar asosida oraliq va yakuniy 
nazoratlar o‘tkaziladi 

Yüklə 3,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin