Madaniyatshunoslik


- mavzu: О‘zbekistonda kutubxonalarga metodik rahbarlikning



Yüklə 3,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/111
tarix08.11.2023
ölçüsü3,52 Mb.
#131275
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   111
Majmua Kutubxonashunoslik 1-kurs

14
-
mavzu: О‘zbekistonda kutubxonalarga metodik rahbarlikning 
 tashkil etilishi 
Reja: 
1. Respublika kutubxonalariga metodik rahbarlikning shakllanishi va 
rivojlanishi 
2. Kutubxonalarga yagona rahbarlik metodik markazlar faoliyati 
3. Kutubxonalarga metodik rahbarlik qilish tizimi 
О‘zbekistonda kutubxonalarga metodik rahbarlik qilishning shakillanishi va 
uning rivojlanishi Metodik markazlar xisoblangan mamlakatimizdagi yirik 
kutubxonalar ommaviy kutubxonalarni mustahkamlashda, instruksiya berish 
ishida juda kata rol о‘ynashi, ayniqsa Maorif Xalq komissarligi huzuridagi 
“Kutubxona ishi bо‘yicha kengash” kutubxonalar ishini muvofiqlashtirishda, 
ularga tashkiliy-metodik rahbarlikni amalga oshirishda kо‘maklashishi zarur edi. 
Kutubxonalarga tashkiliy-metodik rahbarlikni amalga oshirishning 
asosiy 
prinsiplari
ishlab chiqilgan edi. Ular quyidagilardan iborat edi: 
1.
 
Kutubxona ishiga rahbarlik organlarining muhim vazifalaridan biri 
uni metodik jixatdan tо‘g‘ri boshqarishdir. Ular bu ishni markaziy 
kutubxona-metodik markazlar yordamida amalga oshiradilar. 
2.
 
Markaziy kutubxonalar metodik jixatdangina emas, balki tashkiliy 
rabarlikni ham amalga oshiradilar. 
3.
 
Kutubxonalarga yagona rahbarlik metodik markazlar faoliyatini 
muvofiqlashtirish va kooperasiyalash asosida ta’minlanadi. 
Ana shu prinsiplar О‘zbekistonda kutubxonalarga metodik rahbarlik qilishning 
yagona sistemasini barpo qilishda amaliy ifodasini topadi. 
Kutubxonalarga metodik rahbarlik qilish sistemasi idoraviy va sohaviy-territorial 
prinsiplar boyicha tashkil topgandir. Har bir idora va soha kutubxonalari 
ma’muriy-territorial prinsipga kо‘ra – ittifoq, respublika viloyat, tuman, shaxar 
kutubxonalarini metodik markazlarini tashkil etadi. 
Viloyat kutubxonalari respublikadagi 197 ta Markaziy tuman va shaxar 
kutubxonalariga, ular esa markazlashtirilgan kutubxonala tizimi tarkibiga kirgan 
6154 ta filial va sistemaga kirmagan 75 ta ommaviy davlat kutubxonalariga 
metodik rahbarlikni amalga oshiradi. Huddi shu tariqa boshqa idora va sohalarga 
qarashli kutubxonalarning о‘z metodik rahbarlik sistemasi ish olib boradi. 
О‘zbekistonda Toshkent davlat universitetining ilmiy kutubxonasi – 
respublikamizdagi turli idoralarga qarashli 43 ta oliy о‘quv yurti va 52 ta о‘rta 
maxsus о‘quv yurtlari kutubxonalariga metodik rahbarlikni amalga oshiradi. 
Respublikada ilmiy – texnika kutubxonalari uchun – Respublika ilmiy – texnika 
kutubxonasi (О‘zbekiston ilmiy – texnika axboroti ilmiy-tadqiqot institutiga 
qarashli) ; sog‘liqni saqlash kutubxonalari uchun – О‘zbekiston Respublikasi 
Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika ilmiy – medisina kutubxonasi; 
О‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligining respublika ilmiy-pedagogik kutubxonasi; 
kasaba kutubxonalari uchun – О‘zbekiston respublikas tayanch kutubxonasi 
metodik rahbarlikni amalga oshiradi. Respublikada metodik ishlarni О‘zbekiston 
respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Idoralararo kutubxonachilik davlat 


80 
komissiyasi muvofiqlashtiradi. A.Navoiy nomidagi О‘zbekiston Respublikasi 
Davlat kutubxonasi qoshidagi Idoralararo kutubxonachilik kengashi uning ichiga 
organi hisoblanadi. 
Metodik rahbarlikning maqsadi kutubxonalar ishi darajasini oshirish va barcha 
kutubxonachilik jarayonlariga aktiv ta’sir kо‘rsatib, fan, madaniyat hamda ishlab 
chiqarish zaruriyatini hisobga olgan holda barcha kutubxonachilik resurslaridan 
yanada tо‘laroq va unumliroq foydalanishga yordam berishdir. Shu maqsadda 
metodik rahbarlik quyidagi masalalarni hal etishi lozim:
1)
Kutubxonalarga tashkiliy-metodik yordam kо‘rsatish (aholiga kutubxonachikik 
xizmatini uyushtirish, kitobxonlar bilan ishlash va ularning о‘qishiga rahbarlik 
qilish, kutubxona fondlarini shakillantirish, kutubxonalarda mehnatni ilmiy 
asosda tashkil etish va hakozo);
2)
Ilg‘or kutubxonachilik tajribalarini о‘rganish va tarqatish;
3)
Kutubxonachi kadrlar malakasini oshirish; 
Bu vazifalarni amalga oshirish metodik faoliyatning uch asosiy yо‘nalishini 
belgilab beradi.
Ilmiy – metodik ishlarni kutubxona ishiga raxbarlik qiluvchi organlar va ilmiy-
metodik markaz – A. Navoiy nomidagi О‘zbekiston Davlat kutubxonasidir. Bu 
kutubxona 
respublikada 
kutubxonashunoslik, 
bibliogrqafiyashunoslik 
va 
kitobshunoslik boyicha ilmiy-tadqiqot ishlarining markazi sifatida О‘zbekistondagi 
boshqa tarmoqlar metodik markazlari faoliyatini muvofiqlashtiradi. Mazkur 
kutubxona respublikadagi metodik markazlar faoliyatini mustahkamlash va ularga 
yordam berish ishlarini uyg‘unlashtirish maqsadida ilmiy-amaliy konferensiyalar, 
kengashlar, seminarlar uyushtiradi, kutubxonalar faoliyatini о‘rganish, metodik 
qо‘llanmalar va kо‘rsatmalar sistemasini yaratish, ilg‘or kutubxonachilik 
tajribalarini aniqlash, о‘rganish va joriy etish, kutubxona xodimlari malakasini 
oshirish tadbirlarini amalga oshiradi.Keyingi vaqtlarda idoralararo joylarga borish 
ishini uyushtirish tajriba qilib kо‘rilmoqda. Masalan, Davlat kutubxonasi 
о‘zbekiston kasaba uyushmalari respublika tayanch kutubxonasi va boshqa 
kutubxonalar xodimlari qо‘shilib, viloyat kutubxonalarida kutubxonalararo 
abonament ishini о‘rganish boyicha joylarga boorish ishi uyushtirilmoqda. Mazkur 
tadbir idoralararo о‘zaro yordam va hamjihatlikning samarali usuli bо‘lib, bu 
tegishli masalalarga doir barcha muammolarni о‘sha joyning о‘zida hal etishga, 
tarmoq mutaxassislari bilan yaqindan aloqa о‘rgatishga yordam beradi, о‘rinsiz 
yozishmalarga chek qoyadi.
О‘zbekiston respublikasi Alisher Navoiy nomidagi Davlat kutubxonasi tomonidan 
chiqarilgan “О‘zbekiston respublikasida kutubxona ishiga oid metodik 
qо‘llanmalar sistemasi” – degan rejaga muvofiq metodik markazlarning hilma-hil 
kо‘rsatma materiallarini, respublikaning muhim sanalariga bag‘ishlangan 
qо‘llanmalarni, respublikadagi ilg‘or kutubxonalar ish tajribalari bayoni, о‘zbek va 
klassik adabiyot vakillari asrlarini targ‘ib qilishga oid materialarni, shuningdek 
kutubxona xodimlari turli kategorialari uchun simenar mashg‘ulotlarining 
dasturlarini nashr etib, joylarga tarqatadilar. A. Navoiy nomidagi О‘zbekiston 
milliy kutubxonasining ilmiy metodik va funiksianal bо‘limlari xar yili о‘zbek 


81 
tillarida 30 nomga yaqin metodik qо‘llanmalar nashr etib, joylarga tarqatish uchun 
viloyat kutubxonalarga jо‘natadi. Ilmiy-metodik bо‘lim tomonidan viloyat 
kutubxonalariga tuzgan “Metodik qо‘llanmalar obrazi” ikki yilda bir marta 
tayyorlanadi va unda viloyat kutubxonalari nashrlari tahlil qilinib, ularni 
yaxshilash yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqiladi. 
Metodik markazlarning ilmiy-metodik ishlar sifatini yaxshilash va uni yanada 
takomillashtirishda, ular faoliyatini muvofiqlashtirishda respublika va viloyat 
kutubxonalari direktorlari kengashlarining tashkil etilishi muhim ahamiyatga 
egadir. A.Navoiy nomidagi О‘zbekiston Davlat kutubxonasi huzuridagi idoralararo 
viloyat kutubxonalari direktorlari Kengashi xar hil tarmoqqa qarashli viloyat 
metodik markazlar faoliyatini yagona maqsad yо‘lida muvofiqlashtirishni ta’min 
etsa, viloyat kutubxonalari xuzuridagi tashkil etilgan markazlashtirilgan 
kutubxonalar 
sistemalari 
direktorlari 
Kengashi 
Madaniyat 
ministirligi 
sistemasidagi kutubxonalarning xamjixat ishlashini ta’minlaydi. A.Navoiy 
nomidagi О‘zbekiston Davlat kutubxonasi kutubxona xodimlari malakasini 
oshirish masalasiga kata e’tibor bermoqda. Rejali ravishda tashkil etilayotgan 
respublika, viloyat va rayon miqyosidagi seminarlar, tajriba almashishlari va ilg‘or 
tajriba maktablarida о‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlar malaka oshirishning eng 
ta’sirchan shakillaridir. Bu sohada respublika madaniyat xodimlarining malakasini 
oshirish institute kata ishlar olib borilmoqda. U respublika davlat kutubxonasi 
bilan hamkorlikda barcha markazlashtirilgan sistemalar direktorlarining malakasini 
oshirishga muvaffaq bо‘lmoqda. О‘zbekistonda kutubxona tarmoqlarining 
markazlashtirilishi natijasida metodist kadrlarga bо‘lgan talab ayniqsa ortmoqda. 
Faqat markazlashtirilgan tizimlarda 535 ta metodist ishlayotgan bо‘lib (shu 
jumladan -128 kishi bibliograflardir), ulardan uchdan bir qismi kutubxonachilik 
boyicha oilyma’lumotga, tо‘rtdan bir qismi kutubxonachilik boyicha о‘rta 
ma’lumotga egadir. Andijon, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Farg‘ona oblastlari 
MKTlarida jami metodistlarning yarmi umumiy о‘rta ma’lumotga, Toshkent 
viloyatidagi 20 metodistdan faqat 3 tasi maxsus ma’lumotga ega (1983 yilgi 
ma’lumot).
Respublikadagi kutubxonachi qadrlar malakasini, ularning kasbiy maxoratini 
oshirish tizimiga asosan metodik bо‘limi mudirlari keng jalb qilinadi. Ular 
kо‘pincha,respublika miqyosida uyushtiriladigan seminarlar, kengashlar va ilmiy – 
amaliy konferensiyalarga chaqirilib, davlat kutubxonasi bazasida stajirovkadan 
о‘tadilar. Bunday tadbirlar metodik markazlardagi rahbar qadrlarning bilim 
darajasini davr talabi darajasiga kо‘tarishga va kutubxonalar ishining 
yaxshilanishiga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. О‘zbekistonda davlat kutubxonalariga 
metodik raxbarlik qilish sistemasidagi yana bir muhim bosqich viloyat 
kutubxonalaridir. Viloyat kutubxonasi ilmiy universal kutubxona bо‘lib, tumanda 
ilmiy-metodik ishlarni muvofiqlashtiruvchi markaz, shuningdek, barcha viloyat 
kutubxonalari uchun kutubxonalararo abonament markazi vazifasini о‘taydi. 
Viloyat kutubxonalari butunittifoq va respublika ilmiy-metodik markazlari 
tavsiyalari va boshqa metodik materiallarini о‘z tuman kutubxonalari ishiga joriy 
etishga yordam berishi tumandagi markaziy kutubxonalar ishini tahlil qilishi 


82 
ularning mahalliy va milliy xususiyatlariga bog‘liq bо‘lgan muammolarini ishlab 
chiqish, hamda ilg‘or kutubxonachilik tajribalarini aniqlash, о‘rganish, 
umumlashtirish va ularni tarqatish asosida viloyatdagi barcha kutubxonalar ish 
darajasini kо‘tarishga erishi lozim. Hozirgi vaqtda respublikamizdagi viloyat 
kutubxonalari har yili о‘rta xisobda mingdan ortiq shunday chiqishlar tashkil qilib, 
ulardan deyarli yarmisi davlat kutubxonalarini boshqa idoralarga qarashli 
kutubxonalarni qurish uchun uyishtirilgan bо‘ladi.
Kutubxonalar uchun metodik qо‘llanmalar tayyorlash, nashr etish va ularni 
joylarga tarqatish metodik rahbarlikning muhim yo’nalishidir. Metodik rahbarlik 
ishi umuman kadrlar malakasini oshirishni, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash 
sistemasini takomillashtirishni taqozo etadi. Bu borada ishlayotgan xodimlarga 
Respublika madaniyat xodimlari malakasini oshirish institutida maxsus metodist 
kadrlar uchun kurslar ochish, respublikadagi mavjud kutubxonachi kadrlar 
tayyorlaydigan Toshkent Davlat Madaniyat instituti kutubxonashunoslik 
fakultetida kutubxonachi-metodistlarning maxsus guruhini qо‘shimcha ixtisos 
bilan tayyorlashga о‘tish zarur.
Kutubxonachi kadrlarni, ayniqsa metodistlar mehnatini moddiy va ma’naviy 
rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish, kutubxonachilik ishiga, unga rahbarlik 
qilishga kasaba uyushma vakillarini yanada kо‘proq jalb qilish kutubxonachilik 
ishini, uning samaradorligini va sifatini oshirishning muhim rezervlaridi 

Yüklə 3,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin