3.Respublikada kutubxonashunoslik fanining rivojlanishi (1975-
1990yillar).
Respublikada kutubxonashunoslik fani rivojining uchinchi boqichida
(1975-1990yillar) soxa bо‘yicha ilmiy tadkikod ishlar darajasi yangi pog‘onaga
kо‘tarildi. Kutubxona tarmoklari va kutubxonashunoslik, kitob tarixi va uning
umumiy muammolari rivoji bо‘yicha 1976-1980, 1981-1990 va 2000 yilgacha
bо‘lgan davrlarga mо‘ljallangan ilmiy takikod ishlarning istikbolli rejalari ishlab
chikildi.
Bu davrda kutubxonashunoslik fani tarkibiy kismlaridan bо‘lgan-
kutubxonachilik ishi tarixi, umumiy kutubxonashunslik, kitobxonlar xizmat
kо‘rsatish, kutubxona ishini tashkil kilish va boshkarish kabi maxsus о‘quv
predmetlarini nazariy va ilmiy jixatidan asoslashga, ularni ukitish uslubiyatlarini
ishlab chikishga muvoffik bulishdi. 80-yillarning 2 yarmidan boshlab, respublika
xususiyatlarini xisobga olgan mustakil darsliklar, kо‘llanmalar ishlab chikildi va
о‘qitila boshlandi.
1975-1990 yillar moboynida respublikada jami 9 kishi (doktorlik va 8
nomzodlik) ilmiy-tadkikod ishlarini nixoyasiga yetkazgan bо‘lsalar, shundan 1 ta
doktorlik va 7ta nomzodlik ishi Toshkent davlat madaniyat instituti
о‘qituvchilariga taaluklidir.
106
Bu davrda professor O.G‘.Qosimovaning «О‘zbekistonda kutubxona ishi
tarixi» darsligi yaratildi va shu institut talabalariga darslik sifatida о‘qitila
boshladi. Darslikda kutubxonalarning jamiyatdagi urni, ulardagi targibot va
tadkikot usullarining madaniy – ma’rifiy faoliyat bilan boglanishi, kutubxonalar
bilan ishlash usuli va shakllarni takomillashtirish masallalari keng yoritilgan.
Respublikada kutubxonachilik ishini tarakkiy ettirishning asosiy yunalishlari
belgilab berilgan.
1982 yilda Uzbekiston FA Tarix insituti koshida, respublikada birinchi
marta kutubxonashunoslik soxasida O.Kosimovaning «О‘zbekiston SSRda
kutubxonachilik ishi rivojlanishi tarixi va uning mexnatkashlarni komunistik ruxda
tarbiyalashdagi roli»(1917-1975 yillar) nomli doktorlik dissertatsiyasi ximoya
kilindi.
Tadkiktning ilmiy axamiyati va fanga kushgan xissasini shundaki, unda
kutubxonachilik ishi birinchi marta maxsus va xar tomonlama yoritilganligi xamda
О‘zbekistonda Sovet xokimiyati ishlarida kutubxonachilik kurilishiga
bagishlangan kopleks tadkikot ekanligidadir.
Bu
davrda
Kutubxonashunoslik
kafedrasi
ukituvchilari
ijodida
kutubxonashunoslikning
umumiy
masalalariga
bagishlangan
muammolar
birmuncha mufassal ishlangan deyish lozim. Respublikada kutubxonashunoslik
fanining umumiy masalalari xamda uning ayrim yunalishlari yanada kengrok
yoritadigan, kafedra ukituvchilari jamoasi tomonidan tayyorlangan muxim tadkikot
1989 yilda nixoyasiga yetkazildi. Umumiy xajmi 12 bosma tabokdan iborat bu
“О‘zbekistonda kutubxonachilik ishi” о‘quv kullanmasini yaratishda kafedrasining
eng tajribali ukituvchilaridan prof. O.Kosimova, dotsent T.X.Kim, katta
о‘qituvchilaridan T.Yesimov, A.P.Kovalenko, T.Shokirov, D.Mamajonovalar
katnashgan.
Tadkik kilinayotgan davrda (1975 – 1990 yillar) kutubxonachiilk ishining
eng muxim masalalaridan biri – kutubxona tarmoklarini markazlashtirish va u
bilan boglik muammolar xisoblanadi. 1979 yilda A.Kodiriy nomidagi Toshkent
Davlat Madaniyat instituti maxsus kafedralari о‘qituvchilarning ilmiy asarlari
tо‘plamini nashrdan chikardi. Tuplamda klub va kutubxonachilik ishining dolzarb
masalalari yoritilgan.
Tо‘plamda e’lon kilingan makolalarda respublikada amalga oshirilayotgan
davlat ommaviy kutubxona tarmoklarini markazlashtirish asosida kayta kurish,
ularning samaradorligini oshirish, ilmiy – texnika kutubxonalari faoliyatini fan –
texnika tarakkiyoti darajasida tashkil kilish, kutubxonachilik axborot xizmatini
takomillashtirish
sharoitida
kutubxonalar
ishini
yaxshilashning
ayrim
tomonlarigina uz aksini topgan edi.
1984 yilda kafedra ukituvchilarini «О‘zbekistonda MKSning faoliyatini
optimallashtirish” nomli maqolalar tо‘plami bosmadan chikadi. Tuplamda birinchi
marta
respublikada
davlat
ommaviy
kutubxona
tarmoklari
tо‘la
markazlashtirishdan sо‘ng erishilgan yutuk va kamchiliklarni, ilg‘or ish usullari
umumlashtirilgan, taxlil qilingan.
Tо‘plamda O.Kosimova, A.P.Kovalenko, D.Mamajonova, T.K.Kim,
107
A.M.Gersenova,
D.N.Mavlonova,T.Yesimov,R.N.Domaratskayaning
ilmiy
maqolalari chop etildi.
1982 yilda «Bolalar adabiyoti va kutubxonachilik ishlari» kafedrasining
katta
о‘qituvchisi
E.Yо‘ldoshev
о‘zining
«О‘zbekistonda
bolalarga
kutubxonachilik xizmatining kо‘rsatilishi: shakllanishi, rivojlanishi, istikbollari»
mavzusida nomzodlik ishini ximoya kiladi.
Professor
E.Yо‘ldoshev
respublikada
birinchi
marta
bolalarga
kutubxonachilik xizmati kо‘rsatilishini maxsus, atroflicha taxlil kilgan va ma’lum
darajada uni nixoyasiga yetkazgan shaxsdir. Muallif institutning maxsus
kafedrasida ishlagan kator yillar davomida bolalalar adabiyoti, kitobxonlar bilan
ishlash, kitobxonlar qiziqishi va ular ruxiyatini о‘rganish masalalari bilan bevosita
shug‘ullangan. Bu uning qator kitoblari va ilmiy maqolalarida о‘z aksini topgan
Maktab kutubxonasining bolalar va yoshlarni tarbiyalashdagi roli va
vazifalari, axamiyati, ularning ishini tashkil kilish, jamg‘armalarini shakllantirish,
kitobxonlar bilan ishlash va ularni о‘qishga raxbarlik kilish muammolari
E.Yо‘ldoshevning
E.T.Islomov
bilan
xamkorlikda
yaratgan
«Maktab
kutubxonasining ishi» nomli qо‘llanmasida о‘z aksini topgan.
80 – yillarda respublika kutubxonashunoslik fanining rivojlanishi
belgilaridan biri sifatida uning lugaviy asoslarining yangi nashr bilan yoritish edi.
Bu davrga kelib, O.Kosimova va YO.R.Kodirovalar tomonidan tuzilgan uzbek
tilidagi birinchi «Kutubxonashunoslik va biliografiyaga oid terminlarning kiskacha
izoxli lugati» nashri xajman juda kichik bо‘lib , (400 terminni uz ichiga olgan edi),
kutubxonashunoslik nazariyasi va kutubxonachilik amaliyotidagi kuplab
uzgarishlarni aks ettira olmas edi.
Mana shu «bо‘shlikni» birmuncha tuldirishda institutning tilshunoslik
kafedrasi olimlari X.Abduraxmonov, N.Maxmudov, R.Shukurovlar tomonidan
tayyorlangan «Madaniy – okartuv xodimlari uchun kiskacha izoxli lugat» ijobiy
urin egallaydi. Lugatda kutubxonashunoslik va biliografiya, kitobshunoslik,
madaniy – okartuv ishlari, musika, xoreografiya, teatr va kino san’atiga oid
terminlar, madaniyat tushuncha ostida birlashtirib, umumiy alifbo tartibida
joylashtirilgan va izoxlangan.
Lugatda jami 1500 dan ortik madaniyat tushunchasi bо‘lsa, shundan 700 ga
yakin kutubxonashunoslik, biliografiyashunoslik va kitobxonlik masalalariga
bagishlangan. Bu terminlar juda kiska va ixcham tarzda izoxlangan. Garchi
mualliflar uzlaridan oldingi lugatlardan foydalanganliklarini kayd kilishgan
bо‘lsada (shu jumladan 1976 yilgi ruscha lugatdan xam) kutubxonashunoslikning
usha davrdagi eng muxim asosiy terminlari nazardan chetda koldirilib, ikkinchi,
uchunchi darajadagi tushunchalar kirib kolgan.
Bu kamchiliklardan kat’iy nazar, tilshunoslar lugatni tuzishda katta
jonbozlik
kо‘rsatishgan,
bu
bilan
kutubxonachilarga,
talabalarga
kutubxonashunoslik terminlarininig moxiyatini tushunib yetishga va ularni amalda
ishlatishga yordam bergan, fan rivojiga xissa kushgan.
Bu davrda kutubxonashunoslik kafedrasi о‘qituvchilari tomonidan
Uzbekiston kutubxonalar ishini tashkil kilish va boshkarish masalalari xam
108
ma’lum darajada о‘rganilgan va ishlab chikilgan. Jumladan, kafedraning katta
ukituvchisi A.P.Kovalenkoning 1984 yilda «UzSSRda kutubxonachilik ishi:
boshkarish va tashkil kilish masalalari» degan ukuv kullanmasi nashrdan chikdi.
Unda kutubxonalarga davlat va uslubiy raxbarlikni tashkil kilish, ilmiy – tadkikot
ishlarining tarakkiyoti xamda kutubxonalarda mexnatni ilmiy asosda tashkil kilish
masalalari bayon kilinadi. Mazkur muammolar Uzbekiston xususiyatlarini xisobga
olgan xolda xamda kutubxonalar tajribalari asosida yoritilganligi bilan
axamiyatlidir.
Sobik
Ittifokda
va
respublikamizda
kutubxonashunoslik
fani
va
kutubxonachilik ishi erishgan yutuklar natijasida 80 – yillarning ikkinchi yarmida
kutubxonachilik kasbiga, kitob va kitobxon urtasidagi vositachi sifatidagi
kutubxonachining shaxsiga e’tiborni karatish, jamiyatda kutubxonachining
nufuzini kutarish, ularni talab darajasida tayyorlash asosida kutubxonashunoslik
tafakkurini rivojlantirish masalasi yetakchi okimlardan biriga aylandi.
Ana shu muammo kutubxonashunoslik kafedrasining katta ukituvchisi, fan
nomzodi I.M.Troitskayaning «Kutubxonachilik kasbi: iste’dod boskichlari» degan
makolasida uz aksini topdi.Muallif kutubxonachilik kasbiga xos bulgan eng
umumiy xususiyatlarni, uning kadimiyligini, insonparvarligini, ayni paytda kup
kirraligini, shuning uchun unga xavas kilishning uzi kamlik kilishini, ishlash uchun
kasbga xakikiy mexr – muxabbat bulish zarurligini jaxondagi mashxur
kutubxonachilar faoliyati, misolida bayon kilib beradi.
1987 yilda I.M.Troitskaya tomonidan tuzilgan «О‘z SSRda kutubxonalar
tipologiyasi» nomli ukuv–uslubiy kullanma e’lon kilindi. Qо‘llanmada
kutubxonashunoslikning eng dolzarb va murakkab xisoblangan muammosi –
kutubxonalar turkumi va turlari muammosini talabalarga ommabop shaklda
tushuntirib berishga xarakat kilgan. 1989 yilda I.M.Troitskaya tanikli
kutubxonashunos va bibliograf, kitobshunos va tarixchi olim YE.K.Betgerning 100
yilligiga bagishlangan A.Navoiy nomidagi Uzbekiston Milliy kutubxonasining
yubiley tuplamida «Yevgeniy Karlovich Betger» va «Turkiston tuplami» degan
ilmiy makola bilan chikdi. Unda XIX asrning ikkinchi yarmidan to oktabr
inkilobigacha bulgan davrda Turkiston va Urta Osiyo tarixini urganish bо‘yicha
bitmas – tugamas manba xisoblangan «Turkiston tuplami»ni ommalashtirishda,
uning moxiyatini tadkikotchilar va kelajak avlodga yetkazishda YE.K.Betgerning
roli xar tamonlama taxlil kilingan.
80-yillar tadkikotchilari faoliyatida kutubxona tarmoklarini markazlashtirish
masalasi asosiy yunalishlardan biri bulgani ma’lumdir. Markazlashtirishgan
kutubxonalar tizimi sharoitida kitobxonalarga xizmat kо‘rsatishga oid bir turkum
ishlar kutubxonashunoslik kafedrasining dotsent, fan nomzodi M.M.Rasulovga
taaluklidir. M.M.Rasulov 1987 yilda «MKSda ommaviy qishloq xо‘jalik kasbi
mexnatkashlariga xizmat kо‘rsatishni takomillashtirish» (Uzbekiston materiallari
asosida) mavzusida nomzodlik ishini ximoya kildi. Muallif Uzbekistondagi eng
ommaviy kasb egalari-brigadirlar, zveno boshliklari, mexanizatorlar, shafyorlar,
dexkonlar, chorvadorlar va boshkalarga kutubxona xizmatini tashkil kilishning
axvoli, xususiyatlari, uni yaxshilash yullari,muommolarini uziga xos tarzda tadkik
109
kilgan.
Urganiliyotgan davrda yana bir muxim muammo-maktab ukituvchilariga
kutubxona xizmatini kо‘rsatish masalalari kafedraning katta о‘kituvchisi
M.X.Maxmudov 1990 yilda Moskva Davlat madaniyat institutida «Umumta’lim
maktablari ukituvchilariga kutubxonachilik xizmatini kо‘rsatish: xozirgi axvoli va
rivojlanish istikboli» (Uzbekiston materiallari asosida) mavzusida nomzodlik ilmiy
ishini ximoya kiladi.
Muallif
uz
tadkikotiga
umumta’lim
maktablari
ukituvchilariga
kutubxonachilik xizmatini kо‘rsatishni takomillashtirish yullarini asoslab berish
maksadida uning asosiy boskichlarini aniklab, ukituvchilarning kitobxon sifatida
ijtimoiy-demografik, ruxiy-pedagogik kizikishlarini shakllanish omillarini,
umumta’lim maktablari pedagoglariga kutubxonachilik xizmatini kо‘rsatishning
bir butun tizimini yaratish va takomillashtirishning tashkiliy – uslubiy shart-
sharoitlarini ochib beradi.
1988 yilda institutning «Kutubxona fondlari va kataloglari» kafedrasining
katta ukituvchisi M.A.Zuparova (xozir Moskva davlat madaniyat va san’at
universitetida ishlamokda) uzining «Milliy – rus ikki tilidagi sharoitida sistematik
katalog: tashkil kilish muammolari va takomillashtirish yullari» mavzusidagi
nomzodlik ishini ximoya kildi. U sobik Ittifokda birinchi marta sistemali katalogni
tashkil kilishda turli tillardagi mazmuni bir xil nashrlarni bir joyda aks ettirish
masalasini nazariy xam amaliy jixatdan asoslab beradi.
Sistemali katalog tuzish nazariyasi va amaliyoti masalalariga bagishlangan
yana bir ish shu kafedraning katta ukituvchisi N.Kattaxujayev tomonidan amalga
oshirilgan. 1990 yilda muallifning «Sovet kutubxonachilik klassifikatsiyasi
bо‘yicha xujjatlarni sistemalashtirish» nomli о‘kuv qullanmasi nashr kilinadi.
Kullanma kataloglashtirish nazariyasi va amaliyotidagi sungi yutuklar xisobga
olingan xolda yaratilgan.
Kutubxonashunoslik kafedrasi dotsenti E.O.Oxunjonovning tadkikot obyekti
kitob va kitobshunoslik masalalaridir. U 1979 yilda Moskva matbaachilik
institutida «UzSSRda kitob nashr kilish ishining shakllanishi va rivojlanishi
(asosiy boskichlar va yetakchi okimlar) mavzuida nomzodlik ishini ximoya kilgan
bо‘lib, undan oldin «О‘zbekistonda kitob va kitob ishi: Uzbekistonning kitob ishi
bо‘yicha adabiyotlar obzori va manbaalar kursatkichi (1875 – 1977 yillar) nomli
risolasini yozgan. Unga muallif respublikada birinchi marta о‘zbek kitobat ishi
bо‘yicha 1875-1977 yillarda rus va uzbek tilida nashr kilingan X-XX asrlar
moboynida paydo bulgan eng muxim bosma asarlarning tankidiy obzorini xamda
uning taxlilini bergan.
1982 yilda Z.I.Yesenbayev va E.Oxunjonovlar xamkorligida yozilgan
«Assalom kitob» nomli monografiya nashrdan chikadi. Unda mualliflar
Turkistonda matbaachilikishining vujudiga kilishi, uning Sovet Uzbekistonida
tarakkiy etish muammolarini katta ijodiy jushkinlik, ilmiy g‘urur bilan xikoya
kiladi. Matbaachilikning yutuk va kamchiliklari, bugungi axvoli va uning istikboli
faktik materiallar asosida yoritiladi.
E.Oxunjonovning «Xat va kitob» nomli risolasi Urta Osiyoda yozuv tarixi
110
va kulyozma kitoblarning paydo bulishi masalasiga bagishlangan. Muallifning
1989 yilda chop etilgan «Qadimgi yozuvlar» risolasida kadimgi Finikiya
yozuvlari,ormiiy, yunon, arab, turk va boshka shu singari yozuvlar tizimi,
tarixi,ularning xususiyatlari,bizning davrimizgacha yetib kelishi masalalari bayon
kilingan. Risolaning о‘zbek tilida nashr kilinishi ayniksa axamiyatlidir.
E.Oxunjonovning 1993 yili chop kilingan “О‘rta Osiyoda kitob tarixi va
kitob ishi bо‘yicha ocherklar” nomli ilmiy asari muallifning kariyib 15 yillik
mexnatini umumlashtiradi. Kadimgi va ilk Urta asrlarda yozuv va kitob ishi tarixi,
Urta Osiyoda kogoz ishlab chikarishnnig vujudga kelishi va rivojlanishi, kulyozma
va toshbosma usulidagi kitoblar, ularni kupaytirish, kutubxonalar va kitobsevarlar,
biliografiyaning paydo bulishi eng muxim biliografik ishlarning taxlili, kitob
savdosi va kitobfurushlar kabi mavzular muallif tadkikotning obyekti xisoblanadi.
Muallif tomonidan yaratilgan bu asarlar Urta Osiyo xalklari ma’naviy
tarixining tarkibiy kismi bulgan «kitobshunoslik» faniga kushilgan katta xissadir.
70 – 80 yillarda institut maxsus kafedralari ukituvchilari faoliyatining
faollashganligini, ularning turli mazmundagi ilmiy – ommabop makolalarining
kutubxonachilik
tuplamlarida,
shuningdek
markaziy
matbuotda
chika
boshlaganligidan xam anglab olish mumkin. 1976 yildan A.Navoiy nomidagi
О‘zbekiston Davlat kutubxonasi tomonidan chikarila boshlangan «О‘zbekiston
kutubxonalari» nomli davomli nashrning roli kattadir. Dastavval ilmiy asarlar
tuplami sifatida chikarilishi muljallangan nashrning birinchi chikarilishidanok
respublika kutubxonalari amaliyotidagi ilgor tajribalar xakidagi xilma – xil
mavzularni targib kiluvchi minbarga aylanadi. Tuplamga materiallarni tanlab olish
prinsipini belgilab olish jarayonida uning nomi «Kutubxonachilik ishi nazariyasi
va amaliyoti» tuplami, 7 – chikarilishidan boshlab esa, «Kutubxonachilik ishi
nazariyasi va amaliyoti bо‘yicha makolalar tuplami» sarlavxasi ostida va nixoyat
xozir esa «О‘zbekiston kutubxonachiligi: Kutubxonachilik ishi nazariyasi va
amaliyoti bо‘yicha makolalar tuplami» nomi bilan chikarilmokda.
Bu boskichning yana bir uziga xos xususiyati shundaki, institut ukituvchilari
respublikada va undan tashkari uyushtirilgan xalkaro anjumanlarda xam ishtirok
etib, uz ma’ruzalari bilan chikdilar. Shunday anjumanlardan biri 1990 yil
Dushanbe shaxrida bо‘lib utgan «Shark xalklari madaniyat tarakiyotida kitob:
tarixi va xozirgi axvoli» nomli xalkaro ilmiy-nazariya anjumandir. Anjuman
E.Oxunjonov, I.A.Zuparov, L.N.Muminxujayeva, M.M.Ne’matova N.Usanov
YO.Rozikova va boshqalar о‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
1975-1990 yillardagi axvolini nazardan kechirar ekanmiz, tadkikotchilar bu
davrda kutubxonashunoslikning asosiy masalasi bulgan kutubxonalarning ijtimoiy
rolini aniklashga xarakat kilganliklarini ta’kidlashi zarur.
Bu boskichda kutubxonachilik ishininig turli yо‘nalishlari bо‘yicha 1
doktorlik, 8 ta nomzodlik ishlarining tayyorlanishi va ximoya kilinishining uzi
respublikada kutubxonashunoslik fanining yangi pog‘onaga kо‘tarilganligidan
dalolat beradi.
Shu narsa dikkatga sazovorki, bu tadkikotlardan «Kutubxona fondlari va
kataloglari» kafedrasining ukituvchilari V.V.Sadurskayaning «Yukori sinf
111
ukituvchilarining bilishga oid faolligini shakllantirishda yoshlar kutubxonasi,
maktab, ishlab chikarish jamoasining о‘zaro xamkorligi» (1984 yil) xamda
M.L.Zuparovaning «Milliy – rus 2 tilligi sharoitida sistematik katalog: tashkil
kilish muammolari va takomillashtirish yullari» (1990 yil) kabi nomzodlik ishlari
nafakat respublikada balki sobik Ittifok axamiyatidagi muammolarni uz ichiga
olganligi va tadkik kilinganligi bilan axamiyatlidir.
Shunday kilib, respublikada kutubxonashunoslik fani rivojlanishining
uchinchi boskichi (1975 – 1990 y.) bо‘yicha xulosa kilar ekanmiz, bu davrda
institut ukituvchilari fan tarakkiyoti uchun ancha ishlarni amalga oshirganliklarini
ta’kidlash zarur. Ular kutubxonashunoslik faning ma’lum bir tarkibiy kismlari
muammolari ustida ilmiy uslubiy xam tadkikiy ishlarni olib bordilar. Endilikda
respublikada
kutubxonachilik
ishi
tarixi
va
uning
nazariy
asoslari
«Kutubxonashunoslik» kafedrasi ukituvchilari va boshka kutubxonashunoslar
tomonidan deyarli tо‘la ishlab chikildi va ishlar olib borilmokda. Tadkikotchilar
respublikada kutubxonalarning ijtimoiy rolini ortib borishi masalasi yuzasidan
uzlarining kat’iy fikrlarini bildirishmagan bо‘lsalarda, kutubxonachilik
amaliyotining nazariy asoslarini ishlab chikishda ma’lum yutuklarga erishdilar.
Dostları ilə paylaş: |