120
foydalanayotgan kutubxona fondining harakatda bо‘lishi, ayrim kutubxonalar
doirasi bilan cheklangan fondlar hakida axborot— bularning hammasi xar bir
kutubxonaga о‘rinsiz xarajatlarga yul quymaslik, о‘z fondini vujudga keltirishni,
xizmat qilayotgan tuman (korxona, oliy о‘quv yurti, ilmiy muassasa) ixtisosiga va
ish
rejasiga buysundirish imkonini beradi. Markazlashtirish filial kutubxonalarni bir
qancha vazifalardan (fondni adabiyot bilan tо‘ldirish
hamda ishlov berishdan va
shu kabi boshqa ishlardan) xalos etadi, ularga diqkat-e’tiborini kitobxonlar talabini
birmuncha tо‘liq kondirishga qaratish imkonini yaratadi. Xar bir
markazlashtirilgan
sistemani
vujudga
keltirishdan
oldin
birlashtirilgan
kutubxonalar va kutubxonalar tarmog‘i xususiyatlarini sinchiklab о‘rganish zarur.
Markazlashtirilgan kutubxona sistemalari (MKT) vazifalar va huquqlarni
taqsimlashning bir xil tayyor qolipi asosida yagona umumiy andaza bо‘yicha barpo
etilmaydi. Kutubxona jarayonlarnni markazlashtirish darajasi, shakllari, hajmi va
ularni boshqarish vazifalari bir xil bо‘lmasligi mumkin. Turli MKSlarda
kutubxona
tarmoqlarini tо‘la markazlashtirish ham rо‘y beradi, bunda markaziy
kutubxonaning filiallariga aylanadigan kutubxonalarning xukuqiy axvoli о‘zgaradi,
shuningdek, ayrim kutubxonachilik jarayoilarini qisman markazlashtirish sodir
bо‘ladi, bunda kutubxonalarning tegishli tashkilotlar va muassasalarga ma’muriy
bо‘ysunishi о‘zgarmay koladi. Aralash tipdagi MKTlari ham tashkil qilinishi
mumkin, bunday sistemalarga filiallarga aylantirilgan kutubxonalar xam, qisman
markazlashtirish asosida birlashtirilgan kutubxonalar ham kiradi.
Kutubxona
jarayonlarining birligini, kutubxona sistemasining boshqaruvini ta’minlash va shu
asosda kitobxonlarga kutubxona xizmatini kо‘rsatish va kutubxona fondlaridan
foydalanish samaradorligini oshirish — markazlashtirish darajasinn belgilash
muhim mezondir. Ana shu mezon nuqtai nazaridai kutubxonalar mustaqil ishlashi
yoki filiallar xukuqida bо‘lishidan kat’i nazar, MKTning tarkibiy qismidir. U holda
ham, bu holda ham kutubxonalar asosiy yunalishlarni, birinchi navbatda, kundadik
masalalarni markazlashtirilgan tartibda, belgilangan doiralarda hal kilishda
muayyan mustaqillikka egadirlar. Misol tarikasida Farg‘ona viloyati Quva tumani
MKTning (MK va sistemaning bir filiali) faoliyatini havola qilamiz. Quva MK
1978 yilda qishloq va kolxoz kutubxonalari negizida tashkil topgan.
Kuva tuman
kutubxonasining о‘zi esa 1946 yil iyun oyida Farg‘ona viloyati madaniyat
boshqarmasining farmoniga kо‘ra barpo qilingan. 1991 yilga kelib, sistema
tarkibida MK, 58 filial, 2 bolalar kutubxonasi va 3 jamoa xо‘jaligi kutubxonasi
mavjud bо‘lib namunali kutubxonachilik xizmatini uyushtirmoqdalar. Quva
MKning kitob fondi 1990 yilda 366.688 nusxani tashkil etib, 41916 kitobxonga
883.432 kitob, kutubxona xizmati bilan tuman axolisining 43,3
foizini qamrab
olgan aholini siyosiy va axloqiy jihatdan tarbiyalash hamda ularni umumta’lim,
madaniy va kasbiy bilimlarini oshirishda MKTga qarashli kutubxonalar muxim
ishlarni amalga oshirganlar. Ayniqsa, о‘zbek tiliga davlat makomining berilishi,
О‘zbekistonning mustaqillikka erishishi, 1991 yilda buyuk ma’rifatparvar shoir A.
Navoiy tavalludining 550 yillign munosabati bilan kutubxonalarda turli
121
suhbatlar, kitob kо‘rgazmalari, adabiy-badiiy kechalar, uchrashuvlar о‘tkazilgan,
«Kitob munozarasi», «Sharqlar», «Kitobxon benefisi» kabi yangi kitob targ‘iboti
usullari keng qо‘llanilgan. MKTning Markaziy kutubxonasida jami 25 ta xodim
ishlaydi. Ulardan 16 kishi —
oliy maxsus, 4 — о‘rta maxsus, 2 kishi — tuliqsiz
oliy, 3 kishi — о‘rta ma’lumotga ega. Ular ish stajiga qarab quyidagicha
taqsimlanadi: 6 kishi— 15 yildan kо‘p, 3— 10 yildan 15 yilgacha, 6—5 yildan 10
yilgacha, 10—5 yilgacha ish stajiga ega MKda asosan kitob fondini tо‘ldirish va
unga ishlov berish kitobxonlarga xizmat kо‘rsatish, kutubxona fondini saqlash va
ilmiy bibliografiya bо‘limlari mavjud. Barcha bо‘limlarda malakali hodimlar
faoliyat kо‘r
Dostları ilə paylaş: