129
3.
Respublika davlat kutubxonasi ilmiy –uslubiy markaz sifatida
Respublika bolalar kutubxonasi 1965 yilning yanvar oyida Alisher Navoiy
nomidagi Davlat kutubxonasining “O‘smirlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi fondi”
ning negizida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi qaroriga asosan
viloyatlardagi bolalar kutubxonalari uchun ilmiy-uslubiy markaz sifatida tashkil
etildi.
Kutubxona dastlabki davrda V.Mayakovskiy nomidagi kutubxona bilan bir
binoda joylashtirilgan edi va 1972 yildan esa u o‘z binosiga ega bo‘ldi. Kutubxona
uchun bino tanlashda uni shaharning markazida, qulay joyda joylashishi, maktablar
va bolalar bog‘chalari yaqinligi hisobga olindi.
Respublika bolalar kutubxonasi Davlat muhofazasidan me’morchilik
yodgorligi bo‘lmish qadimiy binoda joylashgan. Binoni 1907 yilda boy savdogar
aka-uka Vodyayevlar o‘zlari uchun qurganlar. Tez
orada bino shahar general-
gubernatori ixtiyoriga o‘tkazilgan. Binoda shahar ulamolarining yig‘ilishlari,
yubiley tantanalari va ballar ham o‘tkazilar edi.
1917 yil oktabr inqilobidan so‘ng bu binoda ishchi va dehqonlarning
qurultoy, sezdlari o‘tkazilgan. Keyinchalik esa O‘zbekiston Oliy Soveti
prezidiumining “Sovetlar uyi” bo‘lgan. Bu yerda O‘zbekiston Oliy Soveti
prezidiumining
raisi
Yo‘ldosh
Oxunboboyev
ishlagan.
Yo‘ldosh
Oxunboboyevning vafotidan so‘ng bu binoda turli
tashkilot va muassasalar
joylashtirildi. Bino kutubxona ixtiyoriga berilmasdan oldin Toshkentdagi
institutlardan birining aspirantlari uchun yotoqxona edi.
1965 yilga qadar Respublikada bolalar kutubxonalari faoliyatini
umumlashtiruvchi, uslubiy yo‘l – yo‘riqlar ko‘rsatadigan tashkilot bo‘lmagan edi.
Shu davrdan boshlab Respublika bolalar kutubxonasi uslubiy markaz vazifasini
bajarishni o‘z zimmasiga oldi.
Kutubxona viloyat bolalar kutubxonalari
faoliyatini boshqarib, ilmiy –
uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatgan.
Respublika bolalar kutubxonasi yiliga 13 mingdan ziyod kitobxonlarga
xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Ko‘p sonli kitobxonlarni bog‘cha bolalaridan boshlab,
to 1-11 sinf o‘quvchilari tashkil etadi. Shuningdek, shahrimizning barcha maktab
o‘quvchilari va bolalar bog‘chalari murabbiylariga,
Uspenskiy nomli Respublika
ixtisoslashgan musiqa akademik litseyi pedagoglari va o‘quvchilariga, hamda
Kamoliddin Bexzod nomli milliy rassomchilik va dizayn instituti professor
o‘qituvchilari talabalariga, ARMlar mutaxassislariga,
kutubxona xizmati
ko‘rsatilmoqda.
Kutubxona har jihatdan qulay va shinam. Kichkintoylardan tortib to
kattalarning ham qiziqishiga javob beradigan kitob zahirasiga ega. Kutubxonaning
asosiy vazifasi kitobni targ‘ibot qilishdan uni keng kitobxon ommasiga
yetkazishdan iboratdir.
Kutubxona fondida 200 mingdan ziyod adabiyotlar va 100 dan ortiq boshqa
nashrlar mavjud. Bular: fanning barcha sohalari bo‘yicha bolalar yoshini hisobga
oluvchi badiiy adabiyotlar, ilmiy –
ommabop nashlar, ijtimoiy – siyosiy kitoblar,
jurnallar, O‘zbekistonda va Rossiyada nashr qilingan bolalar hamda kattalar uchun
130
gazeta va jurnallar, ensiklopediya – lug‘atlar, CD romlar, video –
audio
kassetalardir. Shuningdek, bolalar o‘qishi rahbarlari uchun ilmiy-uslubiy va
bibliografik nashrlar ham o‘z o‘rnini topgan.
Hozirgi kunda kutubxonada 6 ta bo‘lim faoliyat ko‘rsatmoqda:
1.
O‘quvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi:
1.1. Maktab yoshigacha va 1- 4 sinf o‘quvchilariga xizmat ko‘rsatish sho‘ba
1.2. 5 – 11 sinf o‘quvchilariga ta’lim resurslari bo‘yicha axborot xizmat
ko‘rsatish sho‘ba Ma’naviyat, ma’rifat va san’at bo‘yicha media resurs sho‘ba
2. Ma’lumot-bibliografiya va o‘lkashunoslik axborot bo‘limi.
3. Kitob jamlash va yangi adabiyotlarni katalogini yaratish bo‘limi.
4. Adabiyotlarni saqlash bo‘limi.
5. Ilmiy uslubiyot va maktab axborot resurs markazlari mutaxassislar
malakasini oshirish bo‘limi.
6. Jahon axborot resurslari va yangi texnologiya bo‘limi. Internet sinf.
Respublika bolalar kutubxonasi bo‘limlari faoliyati bilan tanishib chiqamiz:
1.
Dostları ilə paylaş: