Madaniyatshunoslik



Yüklə 3,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/111
tarix08.11.2023
ölçüsü3,52 Mb.
#131275
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111
Majmua Kutubxonashunoslik 1-kurs

Nazorat savollari. 
1.
Kutubxonashunoslikni ilmiy va o‘quv predmeti sifatida paydo bo‘lishi va 
shakllanishi xaqida nimalarni bilasiz?
2.
XIX asrning boshlarida kutubxonashunoslik fanining paydo bo‘lishi xaqida 
nimalarni bilasiz?
3.
XX asrda kutubxonashunoslik fanining shakllanishi va rivojlanishi xaqida 
nimalarni bilasiz?
4.
Kutubxonashunoslik fanining tuzilmasi xaqida nimalarni bilasiz?
4-MAVZU: KUTUBXONASHUNOSLIK FANINING METODOLOGIYASI 
Reja: 
1. Kutubxonashunoslik fanining metodologiyasi.
2. Umumiy va xususiy metodlar. Kutubxonashunoslik fanining metodlari. 
3. Kutubxonashunoslik fani bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlarni tashkil etish. 
 
Tayanch iboralar: 
Kutubxonashunoslik fanining metodologiyasi. Umumiy va xususiy metodlar. 


16 
Kutubxonashunoslik fanining metodlari. Kutubxonashunoslik fani bo‘yicha ilmiy-
tadqiqotlarni tashkil etish. 
 
1. Kutubxonashunoslik fanining metodologiyasi. 
Fan dunyo haqidagi 
nazariy jihatdan tizimlashgan bilimlar yig‘indisi. Fanning asosiy vazifasi o‘zi 
o‘rganayotgan narsa va hodisalarning taraqqiyot qonunlarini ochib berishdan 
iborat. Insoniyat taraqqiyoti jarayonida vujudga keladigan har qanday fan o‘z 
predmeti va tadqiqot usullariga ega. Har bir fan nazariy jihatdan tizimlashgan 
bilimlar yig‘indisi sifatida tadqiqot jarayonida xilma-xil ilmiy usullardan 
foydalanadi.
Kutubxonashunoslik metodologiyasi deganda eng umumiy, boshlang‘ich, 
bilishning asosiy tamoyillari va vositalari, nazariy faoliyatni tashkil etish va 
yaratish, shuningdek ushbu tizim haqidagi bilimlar tushuniladi.
Kutubxonashunoslikning yangi manbalari, metodologik asos sifatida 
quyidagilarni tavsiya etmoqda: 
Bilish jarayonini o‘rganishga yondoshgan dunyo falsafasi; 
Mantiq ilmi; 
Kutubxonashunoslikning xususiy qonunlari va tamoyillari 
Har bir nazariyotchi va amaliyotchi o‘z faoliyatida nafaqat o‘zini kasbiy 
kutubxonachilik bilimlariga suyanishi, shu bilan birga kutubxonashunoslik 
metodologiyasining umumiy va xususiy tomonlaridan xabardor bo‘lishi kerak. 
Kutubxonashunoslikning umumiy metodologiyasida muxim o‘rinni falsafa 
egallaydi. U tabiat, jamiyat va fikrlashning eng umumiy, asosiy qonuniyatlarini 
o‘rganadi. Juda ulkan falsafiy bilimlar ichida kutubxonashunoslik uchun 
metodologik jihatdan eng muxim va ahamiyatlisi bu bilish nazariyasidir ( 
gnoseologiya).Kutubxonashunoslik metodologik nuqtai nazardan, obektiv dunyoni 
“axborot-kutubxona faoliyati” deb nomlanuvchi universal bilish faoliyatining 
nisbatan uncha katta bo‘lmagan bir bo‘lagidir. 
Dialektikaning asosiy qonunlari va tamoyillari, falsafiy kategoriyalari 
kutubxonashunoslik 
uchun 
metodologik 
jixatdan 
asosiy 
negiz 
sifatida 
ahamiyatlidir. Dialektika («tanlayman»— degan yunon so‘zidan olingan) 
a) “Qarama- qarshiliklar birligi va kurashi qonuni” - dialektika qonunlari 
ichida markaziy o‘rinni egallaydi. Bu qonunga muvofik har bir narsa bir-biri bilan 
uzviy aloqada bo‘lgan va biri ikkinchisini istisno etuvchi qarama-qarshi 
tomonlarga, kuchlarga ega. Bu qarama-qarshi tomon va kuchlar o‘rtasidagi kurash 
taraqqiyotning manbaini ifodalab, eskining yo‘qolishi va yangining paydo 
bo‘lishiga olib keladi.
Ma’lumki, narsalar turli-tumandir. Hamma tomonlari bilan aynan o‘xshash bo‘lgan 
ikki narsaning o‘zi yo‘q. Narsalarning tafovut darajasi ham bir xil emas: muhim va 
nomuhim tafovutlar mavjud. 
Narsa va hodisalardagi tafovutlar qarama-qarshiliklar asosini tashkil etadi.
Ushbu qonun axborot-kutubxona faoliyati nazariyasi va amaliyotiga to‘liq 
tadbiq etiladi. Agar axborot-kutubxona faoliyati bo‘lmasa, kutubxonashunoslik 
fani ham bo‘lmaydi, yoki kutubxonashunoslik fanisiz axborot-kutubxona faoliyati 


17 
hozirgi zamonaviy xolatga kela olmas edi. Lekin, ular qandaydir xolatda bir- biriga 
qarama –qarshidir, ya’niy-kutubxonashunoslik- bu mavhum, axborot-kutubxona 
faoliyati-bu moddiy, bor bo‘lgan faoliyatdir. Shu bilan birga ular ular o‘rtasida 
o‘zaro faoliyat yuritadi, bir-birii to‘ldiradi: axborot-kutubxona faoliyati 
kutubxonashunoslik g‘oyalari bilan boyitiladi, kutubxonashunoslik fani esa 
axborot-kutubxona faoliyatining ilg‘or amaliyoti bilan to‘lib boradi.
b) “Miqdor o‘zgarishlarning sifat o‘zgarishlariga o‘tish qonuni” -
dialektikaning asosiy qonunlaridan biridir. Bu qonunning mohiyati shundan 
iboratki, narsa va hodisalardagi sezilarli bo‘lmagan miqdoriy o‘zgarishlar asta-
sekin to‘plana borib, taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida meyorni buzadi va 
sakrash yo‘li bilan tub sifat o‘zgarishlariga olib keladi.. 
Miqdor o‘zgarishlarning sifat o‘zgarishlariga o‘tish qonuni asosida 
kutubxonashunoslik va axborot-kutubxona faoliyatini xarakati va rivojlanishini 
tushuntirish mumkin. Kutubxonashunoslikda, barcha fanlar kabi, sifat o‘zgarishlari 
nisbatan sekinlik bilan, har doim ham sezilarli bo‘lmagan tarzda amalga oshadi. 
Bular miqdor o‘zgarishi natijasida bo‘ladi. Masalan, qadimda kutubxonalar sonini 
oshishi natijasida, kutubxonashunoslik g‘oyalarini paydo bo‘lishiga olib keldi. 
Kutubxonashunoslik g‘oyalari esa asta- sekin yangi sifat o‘zgarishlariga, 
kutubxonashunoslikga o‘tdi. Kutubxonashunoslikning keyingi taraqqiyoti esa shu 
qonun asosida bormoqda.
v) “Dialektikaning inkorni inkor qonunining” qonuniga muvofiq obektiv 
voqelikdagi narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonida eskining yangi 
tomonidan inkor qilinishi ro‘y beradi. Biroq eskilik butunligicha inkor qilinmaydi, 
undagi ijobiy tomonlar saqlanib qoladi. Rivojlanish burama shaklda, ma’lum 
nisbiy takrorlanishlar asosida, oddiydan murakkabga, pastdan yuqoriga qarab 
boradi. 
Kutubxonashunoslikning tarixi, hozirgi xolati va istiqbolini, mashxur 
faylasuf V.F.Gegel tomonidan yaratilgan rivojlanish uchligi:- tezis- antitezis 
(qarshitezis) 
-sintez 
qonun asosida ko‘rishimiz mumkin. Zamonaviy 
kutubxonashunoslik fanimiz- bu taxminan 1917 yildan 1990 yillargacha bo‘lgan 
kutubxonashunoslikning antitezisidir. Ertami, kechmi u sintez bosqichi bilan 
almashadi va axborot-kutubxona faoliyatida chuqur o‘zgarishlarga olib keladi. 
Kelgusidagi rivojlanish bosqichlari hozirgi g‘oyalarni inkor qilish asosida yangi 
g‘oyalarni yaratadi. Lekin bu g‘oyalar, yangi sifat o‘zgarishida namoyon bo‘ladi. 
Shunday qilib, dialektika qonunlari kutubxonashunoslikning nafaqat tarixi, 
hozirgi xolati va istiqbolini tushuntirib beribgina qolmasdan, uni yanada ratsional 
rivojlantirishga undaydi. 
Metodologik 
nuqtai 
nazardan 
kutubxonashunoslik 
uchun 
falsafiy 
kategoriyalar, ham muxim ahamiyatga ega. Falsafiy kategoriyalari — obektiv 
dunyo eng umumiy qonunlar taraqqiyotining in’ikosidir. Barcha falsafiy 
kategoriyalar obektiv dunyo qonunlari in’ikosi bo‘lgani uchun obektiv mazmunga 
egadir; Falsafiy kategoriyalari ilmiy bilishda muxim metodologik vazifani 
bajaradi. Obektiv dunyo hodisalarining eng umumiy qonunlari harakatini o‘rganib, 
bir tomondan, narsalarning mohiyatini chuqurroq va to‘laroq bilishga yordam 


18 
beradi, ikkinchi tomondan, obektiv dunyodagi narsa va hodisalar haqida yangi 
bilimlar olishga va to‘plashga sabab bo‘ladi.
Ba’zi bir falsafiy kategoriyalarga to‘xtalib o‘tamiz: 
Yakkalik — alohida sifat va miqdor aniqligiga ega bo‘lgan narsa, hodisa va 
jarayondir. 
Umumiylik- deganda obektiv reallikning barcha narsa yoki hodisalardagi 
obektiv mavjud bo‘lgan xossalar va belgilarning majmui, ular o‘rtasidagi aloqa 
munosabatlarning o‘xshashligi tushuniladi; 
Xususiylik -shunday narsa yoki hodisalar guruhidirki, ular ma’noda umumiy 
bo‘lsa-da, lekin undan ham umumiyroq ma’noda boshqa bir guruhga kiradi va bu 
guruhda u alohidalik u yakkalikdir, butunning qismidir.
Mohiyat — hodisaning ichida yashiringan moddiy olamning turli-tuman 
hodisalarida yuz beradigan chuqur nisbiy barqaror aloqalarni ifodalaydigan 
voqelikning ichki tomonidir. 
Xodisa - mohiyatning u yoki bu holda uchratilishini ifodalovchi obektiv 
voqelikning o‘zgaruvchan, harakat xususiyatlariga, belgilariga boy bo‘lgan 
tomonidir.Narsalarning 
mohiyatiga 
singib 
borish 
narsa 
va 
hodisalar 
rivojlanishining qonuniyatlarini aniqlashga imkon beradi. 
Kutubxonashunoslikning xususiy metodologiyasi kutubxonashunoslikning 
o‘z tamoyillari va axborot-kutubxona faoliyatini tashkil etish va faoliyat ko‘rsatish 
qonuniyatlarini qayd etib o‘tadi. 
Kutubxonashunoslik tamoyillariga:
Bilimni, axborotni hamma uchun erkinligi;
Foydalanuvchilar qiziqishini ustunligi;
Axborot-kutubxona faoliyatini tizimliligi;
Axborot-kutubxona faoliyatida markazlashtirish va nomarkazlashtirishni 
birgalikda olib borilishi;
Axborot-kutubxona faoliyatini muvofiqlashtirish va kooperatsiyalash;
Axborot-kutubxona faoliyatini davlat-jamoatchilik xarakteri;
Axborot-kutubxona tizimlarini shakllantirish qonuniyatlari; 
Axborot-kutubxona faoliyatini tizimli rivojlantirishning obektiv xarakteri; 
Axborot-kutubxona 
muassasalarini 
birgalikdagi 
faoliyati 
–ularni 
shakllantirish va rivojlantirishni asosi sifatida;
Axborot-kutubxona tizimlarini dinamikligi va boshqalar.
Kutubxonashunoslikda muxim o‘rinni tushunchalar-terminlar egallaydi.

Yüklə 3,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin