Madaniyatshunoslik


 Ilmiy uslubiyot va maktab axborot resurs markazlari mutaxassislari



Yüklə 3,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/111
tarix08.11.2023
ölçüsü3,52 Mb.
#131275
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   111
Majmua Kutubxonashunoslik 1-kurs

7. Ilmiy uslubiyot va maktab axborot resurs markazlari mutaxassislari 
malakasini oshirish bo‘limi 
Ilmiy uslubiyot va maktab axborot resurs markazlari mutaxassislari malakasini 
oshirish bo‘limi kitobxonlarga xizmat ko‘rsatishda yangi shakl va usullarni 
qo‘llanishni yo‘lga qo‘yish, kutubxona xizmatini yangi texnologiyalar asosida olib 
borish bo‘yicha uslubiy yordam ko‘rsatadi.
Bolalar va maktab o‘quvchilarining o‘qishiga raxbarlik qiluvchilar, pedagog 
o‘qituvchilar, maktab kutubxonachilari va ARM mutaxasisslari uchun dolzarb 
mavzular, unutilmas sanalar, yozuvchilarning yubileylariga bag‘ishlangan uslubiy 
qo‘llanmalar tayyorlaydi va viloyat ARMlariga yuboradi. 
Ilmiy uslubiyot bo‘limi xodimlari doimo boshqa kutubxonalarning ilg‘or ish 
tajribalarini, axborot texnalogiyalarni yangi yo‘nalishlarini o‘rganadi va boshqa 
kutubxonalarga tadbiq qiladi. Kutubxonachilarning kasb maxoratini oshirish 
maqsadida axborot resurs markazlari rahbarlari, mutaxasisslari bilan muntazam 
ravishda seminar o‘tkazib boradi.
Malaka oshirish instituti, madaniyat instituti va madaniyat kolleji talabalari 
uchun ilmiy-uslubiy maslaxatlar beriladi va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishni 
tashkil qiladi. 
Bolalar kutubxonalarida yosh kitobxonlar bilan ishlashni yaxshilash, yoshlar 
o‘rtasida kitobga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish maqsadida “Eng faol kitobxon”, 
“Eng yaxshi kitobxon oila” ko‘rik-tanlovlarini tayyorlaydi va o‘tkazib boradi. 
Har yili “XXI – asrda bolalar kitobxonligi” mavzuida ilmiy-amaliy 
konferensiya o‘tkazishni tashkil qiladi. Konfirensiya ma’lumotlarini jamlab 
to‘plam chiqaradi.
Bo‘lim xodimlari shahar va viloyat ARMlari, maktab kutubxonalarini ish 
faoliyatini o‘rganish maqsadida xizmat safarlariga chiqadilar va uslubiy, amaliy 
yordam ko‘rsatadilar. 
8. Jahon axborot resurslari va yangi texnologiya bo‘limi. Internet sinf 
Kutubxona faoliyatiga yangi texnologiyalarni joriy etish va kitobxonlarga 
xizmat ko‘rsatishning yangi usullarini yaratish maqsadida kutubxonada 2001 yilda 
bu bo‘lim tashkil etildi.
2007 yilning aprelida Respublika bolalar kutubxonasiga Yaponiya hukumati 
tomonidan madaniyatni 
rivojlantirish va kelajak avlodni tarbiyalashga 


134 
ko‘maklashashish maqsadida beg‘araz granti asosida 28,6 million iyen hisobida 
audiovizual jihozlar ajratildi. Bu kutubxona ishini yanada rivojlantirishga xizmat 
qilmoqda.
Bu audiovizual jihozlardan ko‘zi ojiz va harakati cheklangan bolalar va 
o‘smirlar xam foydalanishlari mumkin. Shuningdek kutubxonada bu jihozlardan 
lingafon xonasi tashkil etilib: DVD, naushniklar va yassi ekranlar qo‘yilgan. Ular 
yordamida bolalar Jahon klassik va milliy musiqali asarlarlarni eshitishlari yoki 
axborot texnologiyalari yordamida til o‘rganishlari, maktabgacha bo‘lgan bolalar 
o‘qishlarini tashkil etish mumkin. 
Bundan tashqari o‘quv zalida bu texnikaning asosiy qismi joylashtirilgan – bu 
yerda videoproyektor, elektrifitsialangan ekran, DVD, videomagnitafon, 
audiokuchaytirgich va mikrafonlar qo‘yilgan. Bu uskunalar yordamida xalqaro 
konferensiyalar, seminar-treninglar, taqdimotlar, olimlar, yozuvchilar, madaniyat 
xodimlari, san’atkorlar va boshqa insonlar bilan uchrashuvlarni zamonaviy va 
yuksak miqyosda o‘tkazish imkoniyatini beradi. 
Barcha kompyuterlar ADSL texnologiyasi orqali internet tarmog‘iga ulangan. 
Bu kitobxonlar uchun ko‘proq axborotlar olish imkonini bermoqda. Bo‘lim 
xodimlari bolalarga kompyuterdan foydalanish qoidalarini o‘rgatadilar. Bo‘limda 
“Kompyuter kutubxonasi” tashkil qilingan. “Kompyuter kutubxonasi” turli fan 
sohalari bo‘yicha referatlar va tematik uy vazifalarini bajarishga yordam beradi. Bu 
yerda axborot texnologiyalariga oid yuzdan ortiq jurnallar, kompyuter 
savodxonligiga oid ilmiy-ommabop nashrlar darsliklar va qo‘llanmalar jamlangan. 
Axborot texnologiyalari keng rivojlangan hozirgi kunda, internet tarmog‘ida 
Respublika bolalar kutubxonasi jamoasi tomonidan o‘zbek tilidagi Kitob.uz sayti 
tashkil etildi. 
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 20 yilligiga yosh kitobxonlar uchun 

Yüklə 3,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin