Madaniyatshunoslik


Kutubxonashunoslik fanining metodlari( ilmiy usullari)



Yüklə 3,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/111
tarix08.11.2023
ölçüsü3,52 Mb.
#131275
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   111
Majmua Kutubxonashunoslik 1-kurs

 
2.Kutubxonashunoslik fanining metodlari( ilmiy usullari) 
Kutubxonashunoslikning ilmiy metodikasi – ushbu fan oldida turgan 
muammolarni o‘rganish uchun foydalaniladigan usullar majmuasidir.
Usul — ilmiy bilishning tarkibii qismi bo‘lib, uning obekti, tahlil mavzui, 
tadqiqot vazifalari, ularni hal etish uchun zarur bo‘lgan vositalarni ifodalaydi.
Ilmiy usul ilmiy bilish jarayonida qo‘llaniladigan mavhum bilish yo‘llari 
hamda vositalarini ifodalaydi. Ilmiy bilish usuli inson amaliy faoliyati negizida 
yuzaga keladi.


19 
Kutubxonashunoslik usullari foydalanilishiga ko‘ra umumiy ilmiy va 
xususiy ilmiy usullarga bo‘linadi. Hozirgi zamon ilmiy bilish jarayonida, shu bilan 
birga kutubxonashunoslikda quyidagi umumilmiy usullar keng qo‘llaniladi:
Kuzatish — voqelikdagi narsa va hodisalarni muayyan maqsadga muvofiq 
qaratilgan hissiy bilish usulidir.
O‘lchash — bilish jarayonida narsaning miqdor tavsifnomasini aniqlash 
usulidir.
Taqqoslash — bir narsa yoki hodisaning ikkinchi bir narsa yoki hodisadan 
farqli va o‘xshash tomonlarini hamda ularning munosabatlarini o‘rganish usuli 
hisoblanadi.
Eksperiment — tajribada sinab ko‘rish orqali fanda hodisalarni bilish 
faoliyatida tadqiq qilish, o‘rganish usuli hisoblanadi.
Biz ko‘rib chiqqan bilish usullari deyarli bilimning empirik dalillarga xos 
bo‘lgan usullardir. Obektni faqat tajribada emas, balki bevosita mavhum tafakkur 
yo‘li bilan ham xosil qilish mumkin: 
Abstraksiya 
(mavhum 
tasavvur)— 
hodisa, 
narsaning 
xossalarini, 
munosabatlarini taraqqiyot bosqichlarini fikran bilish usulidir.
Analizda - o‘rganilayotgan narsa va hodisa, fikr - mayda bo‘laklarga, ya’ni 
elementlarga bo‘linadi va ular o‘rtasidagi bog‘lanishlar, o‘zaro munosabat va ta’sir 
o‘rganiladi.
Sintez - analizning natijalariga suyanib, narsa va hodisalarning bir butun 
sifatini o‘rganadi. Sintez analiz natijasida fikran bo‘lingan elementlarni qaytadan 
tiklash, ularni birlashtirish, ilgarigi yaxlitlikni fikran vujudga keltirish usulidir. 
(masalan axborot-kutubxona faoliyati). 
Induksiya va deduksiya aqliy xulosaning asosiy shakli bo‘lib, bilish 
jarayonida ma’lumdan noma’lumga tomon bo‘lgan fikr harakatini ifodalaydi.
Induksiya- ayrim fikriy bilishdan umumiy, xulosalar chiqarishda 
qo‘llaniladigan muhokama usuli.
Deduksiya- umumiylikdan hususiylikka olib boruvchi mantiqiy usul. 
Modellashtirish - borliqni bilvosita o‘rganishga asoslangan ilmiy usuldir. 
Modellashtirish asosida tadqiq qilinayotgan obekt bilan uning modeli o‘rtasidagi 
o‘xshashlik, muvofiqlik yotadi.
Tizimlash usuli -o‘z ichiga muayyan tarzda o‘zaro bog‘langan va bir qadar 
yaxlitlikni tashkil etagan unsurlar majmuini o‘rganishni oladi.Hozirgi ilmiy bilish 
jarayonida, murakkab obektlarni ilmiy bilishda bu usul keng qo‘llanilmoqda. Bu 
usul asosida o‘rganilayotgan yoki izlanayotgan obektning boshqa obekt bilan 
umumiy bog‘lanishlari, munosabatlari ochiladi.
Aniqlik usuli - tadqiqot obektining xossalari, aloqalari, munosabatlarining 
ko‘p qirrali birligi sifatida nazariy umumlashtirish vositasi hisoblanadi. Bu usul 
aniq hodisalar haqidagi barcha aloq a va munosabatlarni o‘z ichiga olgan voqelik 
haqidagi bilimni yuzaga chiqaradi. 
Mavhumlik usuli - aniq vokelikning mohiyati haqidgi bilish vositasi 
hisoblanadi. Tafakkurning o‘zini tasavvur vositasi bilan voqelikni bilish usuli deb 
qarash mumkin. 


20 
Tasavvur usuli - predmetni bilib olishning eng muhim usulidir.Tasavvur 
vositasi bilan muayyan munosabatdagi muhim xossa va munosabatlar mohiyati 
ochiladi. Tasavvur usuli voqelik hodisalarini chuqurroq, to‘g‘riroq aks ettiradi. Bu 
usul asosida tadqiq qilinayotgan obekt fikran tahlil qilinadi, mavhum ta’riflarga 
bo‘linadi. 
Aksiomatik usul - taqiqotning aksiomalarga asoslanib nazariy xulosalar 
chiqarish usulidir. 
Gipotetik-deduktiv usul - bu usulning asosi aksioma emas, balki tajriba 
ma’lumotlari majmuidir. G i p o t ye z a usuli tajriba orqali ilmiy tadqiqotlarda 
tasdiqlanishi yoki noto‘g‘ri bo‘lib chiqishi mumkin. Gipoteza ilmiy tadqiqot 
jarayonini ma’lum yo‘nalishda yo‘naltiradi, yangi-yangi dalillarni va 
ma’lumotlarni to‘plashga yordam beradi. 
Tarixiylik va mantiqiylik usuli - obektiv dunyo taraqqiyot jarayonini muhim 
xususiyatlarini bilish usulidir. Tarixiylik -narsa va hodisaning ro‘y berish vaqti, 
davri, aniq vujudga kelishi, rivojlanishini bilish usulidir. Har bir xodisa tarixiy 
nuqtai nazardan, aniq tajriba asosiga bog‘lab o‘rganmoq zarur.
Mantiqiy usul- predmetning mazmunini nazariy shaklda tadqiq qilish usuli 
hisoblanadi. Bu usul tadqiqot obektining eng muhim aloqalarini bilib olishga 
imkon beradi. 
Bilish jarayonida hosil bo‘lgan bilimlarimiz aniq mazmunining
Istiqbollashtirish (oldindan ko‘ra bilish,aytib berish )-qandaydir voqea yoki 
xodisalarni turli xil maxsus metodlardan foydalangan xolda miqdoriy baxolash 
yoki ma’lum bir muddatlardagi o‘zgarishlarni ko‘rsatib berish (masalan, 2020 
yilga bo‘lgan axborot-kutubxona faoliyatini rivojlanishi konsepsiyasi) 
Tarkibiy-funksional usul – xodisa va jarayonlarni tizimli tahlil qilish orqali 
butun qismni tarkibiy qismlarga bo‘lib o‘rganishdir. Bunda tarkibning har bir 
qismima’lum bir vazifaga ega bo‘ladi.
Klassifikatsiya – ma’lum bir belgilarga ko‘ra predmetlarni o‘zaro bir-biriga 
bog‘liq bo‘lgan sinflarga ajaratish. Bunda har bir sinf o‘zini ma’lum bir doimiy 
joyiga ega bo‘ladi va o‘z navbatida u ham mayda sinflarga bo‘linadi. 
Klassifikatsiyalash usuliga kutubxonalarni tiplarga bo‘lish, sistematizatsiyalash, 
predmetlashtirish va x.k. misol bo‘ladi.
Kutubxonashunoslikda umumilmiy metodlar bilan birga xususiy metodlar 
ham keng qo‘llaniladi. Ularni bir qanchasi umumilmiy metodlar sifatida potensial 
imkoniyatlarga ega, lekin hozircha keng qo‘llanilmayapti. Boshqalari esa faqat 
ushbu sohadagina qo‘llaniladi. Ularga qisqacha to‘htalib o‘tamiz: 
Sotsiologik tadqiqot usullari. Kutubxonashunoslik tadqiqotlarida hozirda 
keng qo‘llanilmoqda. Unga so‘rovnoma, intervyu kiradi. Sotsiologik tadqiqot 
metodlari yordamida xodisa va jarayonlar bo‘yicha ijtimoiy fikr to‘planadi. 
Kutubxonashunoslik tadqiqotlarida sotsiologik tadqiqot o‘tkazish xajmini tasodifiy 
belgilash metodlari katta ahamiyatga egadir.Ushbu metodlar tadqiqotni 
reprezentativligini, ya’niy qamrab olinishni ta’minlaydi. Respondentlar sonini ( 
tadqiqotda ishtirok etuvchilar soni) optimal xal etilishi matematik formula orqali, 
nomogrammalar va katta sonlar jadvallari yordamida xal etiladi. 


21 
So‘rovnoma. Bu so‘rov o‘tkazuvchilar o‘rtasida obektiv va subektiv faktlar 
bo‘yicha birlamchi axborotlarni to‘plashdir. So‘rovnoma tadqiqotchi uchun zarur 
bo‘lgan aniq faktlar, jarayonlar, xodisalar, shuningdek sabablar, rejalar, va 
xokozolar olish imkonini beradi. So‘rovnoma –“qayta aloqa” ni muxim 
kanalidir.So‘rovnoma natijalarini analiz qilish va ularni bayon etishda tadqiqotchi 
obektiv bo‘lishi muxim shartdir 
Kontent-analiz usuli. Zamonaviy kontent-analiz usuli (mazmunni analiz 
qilish) xabarlarni ( og‘zaki, yozma, elektron), muallif xabariii, auditoriyani 
xabarlarini mazmuni va shakllarini, mazmunni auditoriyaga ta’sir ko‘rsatish 
natijalarini o‘rganadi.(U quyidagi savollarga jabob topishi kerak: Kim gapiryapti? 
Nima gapirayapti? Kimga gapirayapti? Qanday natijalar bilan?) Xabarlarda 
tadqiqotchi nuqtai nazaridan mazmunli birliklar (kuzatish birliklari) aniqlanadi va 
keyin ularni ishlatilishi darajasi belgilanadi. Bunday taxlil asosida tadqiqot 
boshlanishida olib chiqilgan faraz tasdiqlanadi yoki rad etiladi. 
Miqdoriy usullar. Kutubxonashunoslik tadqiqotlarida miqdoriy usullar 
elementlari 
qo‘llanilmoqda. 
Bu 
esa 
kutubxonashunoslik 
faniga 
matematikalashtirish tendensiyalarini kirib kelayotganligidan darak beradi. Shunga 
ko‘ra kutubxonashunoslik sifat jixatidan sifatli-miqdorli fanlarga aylanmoqda, uni 
bilish potensialini orttiradi. 
Statistik jadvallar. Kutubxonashunoslikda statistik jadvallarni qo‘llash 
an’anaga aylangan.Jadvallardagi statistik ma’lumotlar birlamchi tadqiqotlar 
natijalarini aniq va yaqqol ko‘rish imkonini beradi. 
Indeklash usullari. Kutubxonashunoslik tadqiqotlarida indeklash metodlari 
(ko‘rsatkichlar, ro‘yhatlar) ham qo‘llanilmoqda. Ular yordamida dinamik qatorlar 
absolyut raqamlarda, nisbiy va o‘rtacha miqdorlar shaklida berilib, turli xil 
xodisalar va obektlarni (kitob o‘qilish, fondni aylanishi, o‘sish darajasi va x.k.) 
taqqoslanadi. 
Korrelyatsion taxlil usuli. Kutubxonashunoslar tez-tez korrelyatsion taxlil 
metodiga 
murojaat 
qilmoqdalar. 
Agar 
jadvallar, 
grafiklar 
yordamida 
o‘rganilayotgan omillar o‘rtasidagi aloqalar borligi yoki yo‘qligi aniqlansa, 
korrelyatsion taxlilda korrelyatsion bog‘liqlik, ya’niy aloqalarni (axolini bo‘sh 
vaqti miqdori va ularni kutubxona kitoblaridan foydalnishga sarflaydigan vaqt 
miqdori) shakllari va puxtaligi ( zichligi) o‘rganiladi. 
Miqdoriy (matematik) usullar. Kutubxonashunoslik predmetlari va 
xodisalarni bilishning qudratli vositasi xisoblanadi. Lekin uni absolyutlashtirish va 
maqsadga aylantirish kerak emas. 

Yüklə 3,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin