Milliy istiqlol g‘oyasi chuqur pedagogik asoslarga ega. Bunda
bir tomondan, jahon pedagogikasidagi umuminsoniy qadriyatlar,
ikkinchidan, Sharq pedagogikasi va madaniyati, uchinchidan esa,
yurtimizda o‘tgan alloma bobolarimizning pedagogika merosi o‘z
o‘rniga ega.
Ana shu asosda yaratilgan g‘oya
va mafkura shu zaminda
yashayotgan har bir inson, har bir fuqaroning hayotiga, ongiga
singmog‘i, haqiqiy iymonga aylanishi lozim.
Muxtasar
qilib aytganda, milliy mafkuramizning pedagogik
asoslari deganda ajdodlarimizning pedagogik tafakkur tarzi, ama-
liy
faoliyati, bunyodkorlik ishlari, jahon xalqlari pedagogikasi,
urf-odatlari,
qadriyatlari, hozirgi zamondagi pedagogik qarash va
ta’limotlar, Prezident Islom Karimov asarlaridagi fikr va xulosalar
tushuniladi.
Istiqlol mafkurasi — har bir kishining jamiyat hayotidagi fao
liyati, yurti, millati, o‘zi va oilasi oldidagi burch va mas’uliyatini
qay darajada his etayotgani va bajarayotganini belgilaydigan ma’
naviy mezon hamdir (12- chizma).
Dostları ilə paylaş: